Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə4/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

2-reja bayoni. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod, aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati.
Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din vositasida insonning biologik tabiati, hayvonot olami bilan umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.
Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.
DIN- Arab tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din so‘zi دان“ ” (“dâna”) fe’lidan yasalgan bo‘lib, “kimgadir bo‘ysunmoq, bo‘yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo‘lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq”; “diynun” so‘zi esa, “din, imon, ajr–mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq” kabi ma’nolarni bildiradi.
O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi.
Islomdan avval turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda “drm”, “darm”, “nom” va “den” kabi so‘zlarni ishlatganlari ma’lum. Ulardan “drm”, “darm” din, aqida ma’nosida sanskritcha (qadim hind tili) “dharma”dan (Pali tilida dhamma); “nom” din ishonch, qonun ma’nosida sug‘d tilidan kirib kelganligi aytiladi.
O‘zbek tilidagi “din” ma’nosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud. Jumladan, zardushtiylarning manbasi “Avesto”da “din” sifatida “daena”, qadimgi fors pahlaviy tilida “den”, “din”, “dena”, “daena” so‘zi ishlatilib, «yo‘l», «mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. Ibroniy tilida istifoda qilinadigan «dath» so‘zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy termin bo‘lib, «hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan.
Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» so‘zining kelib chiqishi borasida lug‘atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o‘tilgan. Ulardan ba’zilariga ko‘ra mazkur atama lotincha «religio» so‘zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo‘ylik, mo‘minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodat–topinish–sig‘inish va u bilan bog‘liq diniy marosimlar» degan ma’nolarni anglatadi.
Ikkinchi guruh tilshunoslar «religio» so‘zi semantik, ma’no va morfologik jihatdan «relegere» so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, «yangidan to‘plamoq, yangidan tanlashga kirishmoq, qayta ishlab chiqish uchun oldingi sintezga qaytish» kabi ma’nolarni anglatadi, deb ta’kidlaydilar.
Olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan:

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin