Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


UCHINCHIDAN, din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish (regulyativlik)



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə8/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

UCHINCHIDAN, din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish (regulyativlik) funksiyasini ham bajaradi. Har qanday dinlarning muayyan urf-odat, marosim va bayramlari bo'lib, ularni o'z vaqtida, diniy ta'lim va talab asosida bajarilishi shart qilib qo'yiladi.
TO`RTINCHIDAN, din dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o'zaro aloqasini ta'minlovchi xususiyat – aloqa bog'lashlik (kommnikativ) vazifasiga ham egadir. Bunda konkret bir dinga e'tiqod qiluvchi kishi shu dindagi boshqa kishilar bilan bog'liq bo'lishi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo'lib ado etish ko'zda tutiladi. Cherkov, masjid va diniy tashkilotlar dinning bu funksiyasini amalga oshirishga ko'maklashadi, ayni paytda, bu holatni nazorat qiladi.
BESHINCHIDAN, har qanday din ijtimoiy tizim sifatida muayyan cheklovlarsiz bо‘la olmaydi. Shuning uchun u qonun darajasiga kо‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqadi. Bu bilan u legitimlovchilik-qonunlashtiruvchilik funksiyasini bajaradi
Har qanday dinning muayyan tarixiy sharoitda bajaradigan funksiyalari yig'indisi uning ijtimoiy rolini belgilaydi. Dinning ijtimoiy hayotga ta'siri hamma vaqt ham bir hil bo`lgan emas. U vaqtga, sharoitga qarab sezilarli darajada o'zgarib boradi.
Din tarixida dinshunoslar dinning paydo bulishini turlicha izohlab kelganlar. Uning paydo bo'lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan, binobarin, unga javob topishga harakat qilishgan. Xitoy, Hindiston va xususan, qadimgi grek faylasuflari borliq to'risidagi fikr yuritganlarida din, uning kelib chiqishi va mohiyati to'g'risida ham ayrim g'oyalarini olg'a surganlar.
Dinning paydo bulishi va rivojlanishini ilmiy asoslarda o'rganish quyidagi: a) ob'yektivlik; b) muayyan tarixiy sharoitni hisobga olish; v) ilmiylik; g) qiyosiylik; d) umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'liqlik; e) din mavjudligini, umuman gnoseologik, ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik sabablarni hisobga olishni taqozo etadi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqotchini jamiyatga xos bulgan asosiy hodisalar xususiyatlarini, ularning paydo bulishi, o'zgarishi va rivojlanishini aniqlashga undaydi va anglashga yordam beradi. Tarixiy, ijtimoiy usul deb atalmish bunday yondashuv tarixiy etnografik tadqiqotlarni olib borishda va ularning natijalaridan talabalarni xabardor qilishda ayniqsa yaxshi samara beradi. U yosh avlodda, jumladan talabalarda diniy e'tiqod va an'analarning saqlanishi va takrorlanishiga sabab bo'ladigan ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq etishda to'g'ri yo'nalishni belgilab olish imkonini beradi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganideq ijtimoiy-psixologik hodisalarning xususiyatlarini hisobga olmay turib dinni tushunish, izohlash, tavsiflash mumkin emas. Din ma'naviy, aniqrog'i, g'oyaviy-madaniy omil bo'libgina qolmay, ayni vaqtda, ko'pgina jihatlardan ijtimoiy-ruhiy hodisa hamdir.
Din ijtimoiy birliklar va guruhlar mafkurasi va psixologiyasining tarkibiy qismi, bayram, urf-odat va marosimlarning manbai bo'lib, jamoa va guruhlar fikrini shakllantiradi, shaxs va ijtimoiy guruhlarning dasturlarini, qadriyat yo'nalishlarini belgilaydi. Shu bilan birga, dinning paydo bo'lishi va evolyusiyasi, muayyan jamiyatdagi shart-sharoitni va uning dastlabki shakllari – totemizm, fetishizm, animizm, sehrgarliq zardushtiyliklarni o'rganish turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda dinning paydo bulish, mavjud bo'lib turish sabablari va ildizlarini o'rganishni ham taqozo etadi.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin