4-reja bayoni.O‘zbekistonda faoliyati kuzatilgan missionerlik harakatlari va ular faoliyatining oqibatlari. Globallashuv sharoitida mafkura poligonlarida inson qalbi va ongini zabt etishga bo`lgan harakatlar tobora kuchaymoqda. Zero, global miqyosda g`oyaviy - mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo`layotgan missionerlikning kuchayishi dunyo jamoatchiligi ongi, ruhiyati va ma`naviyatiga jiddiy ta`sir o`tkazmoqda. Bu haqda fikr yuritganda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Barchamizga yaxshi ma`lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o`zgarmoqda. Insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda”,-deya ta`kidlagani bejiz emas. Zero, bugungi kunda missionerlik zamirida taraqqiyot sari intilayotgan mamlakatlarning davlat suvereniteti, konstitusion tuzumga qilinayotgan tajovuzlarni mafkuraviy qo`llab quvvatlash, mafkura poligonlarida olib borilayotgan kurash uchun juda katta sarmoyalarni safarbar etishayotganligi kuzatish mumkin.
O‘zbekiston hududida missionerlik harakati qonunan ta’qiqlangan. Chunki bu harakat, asosiy aholisi musulmon bo‘lgan xalqimizning parokandaligiga va yurtimizda nizolar chiqishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘pgina ogohlantirish va ma’muriy choralar ko‘rilishiga qaramasdan, ular yurtimizda o‘zlarining missionerlik faoliyatlarini olib borishga intilishmoqda.
“Yakshanba kunlari o‘zbek tilida ma’ruzalar o‘qish, qo‘shimcha “Bibliya” o‘qish darslari tashkil qilish, “xosil yig‘ish kuni” deb ataladigan va har bir a’zo cherkovga yangi odam olib kelishini rag‘batlantirishga qaratilgan amaliyotlar” shular jumlasidandir.
Missionerlar kishilarni o‘z saflariga jalb qilish uslublari, ular avvalo vaziyatni, kishilarni va ularning ko‘ngliga yo‘l topishni yaxshilab o‘rganadilar. Keyin esa asta-sekin insoniy yordam, tibbiy xizmat, xayru ehsonga o‘xshash narsalardan gap ochadilar. Qo‘lidan ish keladiganlarga “sovg‘alar” uyushtiradilar.
Asta-sekin u yer-bu yerdan odamlarni to‘plash boshlanadi, oddiy suhbat, choy ichish, videofilm ko‘rish, kichkinagina sovg‘a va sovg‘aga qo‘shib, suhbatdoshning ona tilidagi missionerning dini haqidagi kitob beriladi.
Kitobning so‘ngida albatta, tushunmay qolganda so‘rab-surishtirish uchun telefon raqami yoki manzil ko‘rsatilgan bo‘ladi.[3] Yangi a’zolarga “do‘stona maslahat”lar ham beriladi: “Yangi dinga yangi a’zo bo‘lgan kishi ko‘proq savob topishi kerak, – buning eng oson yo‘li – oila a’zolaringni, yaqin kishilaringni dinimizga chaqirishing”, “Agar har hafta bittadan yangi odam olib kelsang, savobning tagida qolasan. Ko‘chada yurganingda ham bekor yurma, o‘zing bilan mana bu kitobchalardan olib yur”, “Odamlar gavjum bo‘ladigan do‘kon, bekatga o‘xshash joylarga bitta-bitta tashlab qo‘y. Odamlarning ulariga – ostonasidan ichkariga tashlab qo‘ysang, yana ham yaxshi bo‘ladi”.
Natija esa, ayon. O‘zimizdan chiqqan iymonfurushlar o‘z xalqini buzishga, Ona Vatanini zaiflashtirishga va unda yangi front ochishga jon-jahdi bilan harakat qiladi.
Missionerlik faoliyati mafkuramiz uchun shunchaki yot unsur bo‘lib qolmay, balki ma’naviyatimiz rivoji uchun ham katta to‘siq sanaladi.
Ularning maqsadlari — o‘z safdoshlarini ko‘paytirish orqali, qabih rejalarini amalga oshirish. Bu esa o‘z o‘rnida jamiyat hayotida notinchlik, beqarorlik va parokandalikni keltirib chiqaradi.
Bundan esa mana shu zaminda yashayotgan har bir fuqoro, u kim bo‘lishidan yoki qanday dinga e’tiqod qilishidan qat’iy nazar ogoh bo‘lishi va bunga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Chunki buning zamirida barchamiz uchun birdek muhim bo‘lgan “tinchlik” masalasi turadi.
Yuqoridagi mulohazalar zamonaviy missionerlik geosiyosiy maqsadlarga erishish, u yoki bu mintaqaga ta’sir o‘tkazishning o‘ziga xos vositasi va nihoyat, serdaromad sohaga aylanib qolgani haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Jamiyat taraqqiy etib, yuksalib borgan sari missionerlik ham unga mos ravishda zamonaviy fan-texnika va texnologiyalardan ustalik bilan foydalangan holda o‘z uslub va vositalarini takomillashtirib bormoqda.