Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə94/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

5-reja bayoni. Missionerlik va prozelitizmning ma`naviy barqarorlikka tahdidi hamda uni oldini olishning mexanizmlari.
Bugungi kunda missionerlik va prozelitizm gʻoyasi tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglikka bevosita tahdid koʻrsatayotgan xatarli gʻoyalardan biriga aylanmoqda. Din, eʼtiqod masalasi insoniyat hayotida doimiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo undagi muammo shundan iboratki, din targʻiboti ijobiy yoki salbiy maqsadlarga qaratilib, maʼlum bir dinning yoyilishi, insonlarning ongiga singdirilishida missionerlar alohida oʻrin tutishi mumkin. 
Hozirgi kunda missionerlik harakati fuqarolar oʻrtasida ijtimoiy munosabatlarning keskinlashuviga olib kelib, ular oʻz tashkiliy asoslarini yaratishda asosan nashriyotlar, xayriya, tibbiy yordam koʻrsatish va nodavlat, notijorat tashkilotlari maqomidan foydalanib, baʼzi tashkilotlar tibbiy uyushmalar niqobi ostida faoliyat yuritmoqda va odatdagidek missionerlar qarorgohi hududida cherkov, kichik butxona yoki masjid, missioner-monaxlar yotoqxonasi joylashgan boʻlib chiqmoqda. 
Missionerlarning koʻzlagan maqsadlari faqat siyosiy boʻlib, bugunda demokratiyaga oid oddiy bir misol boʻlib koʻrinayotgan harakatlarining tagida ertangi kunga moʻljallangan, juda katta siyosiy nayranglar yotibdi va bu nayranglar quyidagi yovuz maqsadlarda yashiringandir. Birinchidan, anʼanaviy musulmon boʻlib kelgan, mafkurasi, urf-odati, butun boshli maʼnaviy tarixiy ildizi bir xil boʻlgan (aslida, mamlakatimizni kuch-qudrati ham shunda!) xalqimizning yuragini parchalab zaiflashtirish va parokanda qilish hamda turli-tuman siyosiy va iqtisodiy bosimlar bilan oʻz holimizcha yashashga yoʻl qoʻymaslik.
Ikkinchidan, yurtimizni doimiy nizo maydoniga aylantirib, uni hal qilishda oʻzlariga muhtoj qilib qoʻyish. Uchinchidan, iloji boricha, baʼzi hududlarga alohida ahamiyat berib, u yerlarda oʻzlariga ergashganlar sonini koʻpaytirib, kelajakda goʻyo ularning xohish-irodasi va kayfiyatlari sifatida boʻlinish (separatistik) gʻalayonlarni chiqarish va oqibatda mamlakatni parchalab tashlash. Toʻrtinchidan, “Inson huquqlarini himoya qilish”, “Vijdon erkinligini taʼminlash” kabi sirtdan chiroyli shiorlar niqobi ostida oddiy sud-prokuratura organlaridan tortib to davlat rahbari ishlarigacha aralashish va mustaqil davlat boshqaruviga yoʻl qoʻymaslik. Beshinchidan,jamiyatni doimiy bezovta qilib turish orqali boshqaruvda asabiy bir vaziyatni vujudga keltirish; turli-tuman matbuot organlari va nodavlat tashkilotlar vositasida tashviqot yuritib, oʻzlarini goʻyo xalqning himoyachisi qilib koʻrsatish va xalq “dardi”ni aytib, davlatga qarshi gij-gijlash, davlatni esa bu qutqularni bostirish uchun keskin choralar koʻrishga majburlash va mana shu yoʻl bilan xalq va davlat orasiga oʻzaro ishonchsizlik ruhini singdirish. 
Koʻrib turibmizki, missionerlar amalga oshirayotgan ishlar dinga, diniy daʼvatga hech qanday aloqasi boʻlmay, balki bir mamlakatni oʻzlarining siyosiy tizginlariga solib olish uchun rejalashtirilgan nayrang uslublaridir. 
Muammo nafaqat diniy, balki siyosiy kuchsizlantirishga qaratilganligi bilan xavfli va tashvishlidir. Chunki natija bevosita mamlakat xavfsizligiga daxldor boʻlib, ularning qilmishlari shu nuqtai nazardan baholanishi va chora-tadbirlar ham shunga koʻra belgilanishi lozim. Aks holda, biz kelajak avlod uchun kuchli, ozod va obod Vatanni emas, balki xalqining ruhi-dili bir-biriga begona va shu bois qator muammolar girdobiga gʻarq boʻlib, parokandalik, maʼnaviy ziddiyatlar avj olgan, zaif va qaram bir oʻlkani taqdim etishimiz ehtimoldan xoli emas! 
Missionerlik va prozelitizm globallashuv jarayonida maʼnaviy-mafkuraviy tahdid vositasi boʻlib, avvalo, jahondagi muayyan kuchlarning geopolitik maqsad va manfaatlariga yoʻnaltirilgan holda olib borilmoqda. Ikkinchi tomondan, xalqning milliy maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, milliy mentaliteti diniy taʼlimot sifatida shakllangan boʻlib, missionerlik va prozelitizm xalning milliy oʻzligidan begonalashuviga, manqurtlashuviga, davlatning ichki hayotida milliy, diniy, ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuviga sababchi boʻladi. Shuning uchun ham bugungi kunda Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati qurish jarayonlarida milliy istiqlol mafkurasining asosiy gʻoyalarini fuqarolar ongi – tafakkuriga singdirishga, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga muhim eʼtibor berilmoqda.
Xususan, bugungi kunda yoshlarimiz ongi va qalbiga buyuk ma’naviyatimizni singdirish orqali sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish orqali chetdan juda katta ma’naviy xuruj sifatida namoyon bo‘layotgan missionerlik ta’sirlariga ham qarshi tura oladigan barkamol insonlar sifatida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyoda keskin g‘oyaviy kurashlar, turli mafkuralar to‘qnashuvlari jarayonida demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar shiorlarini o‘zida namoyon etuvchi yovuz g‘oyalarni singdirishga bo‘lgan intilish tobora kuchayib bormoqda. Zero, missionerlik tarafdorlari tomonidan ilgari surilayotgan demokratiya niqobidagi balandparvoz targ‘ibot va tashviqotlar bizning milliy mentalitetimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini bemalol aytishga to‘la haqlimiz. Missionerlik tarafdorlarining asosiy maqsadi yoshlarimizni milliy zamindan, azaliy qadriyat – ma’naviyatimizdan judo qilish orqali manqurtga aylantirish kabi illatlarini maqsad qilayotganligi tashvishlidir. Shuni e’tiborga olgan holda xalqimiz, millatimizni turli soxta va zararli g‘oyalar ta’siridan asrashda eng avallo, o‘z qadriyatlarimizni e’zozlash orqali belgilangan maqsad va vazifalarimizga eri shamiz. Yuqorida bildirib o‘tgan fi krlardan xulosa qilib aytsak, missionerlikning taqiqlanishi ham siyosiy, ham ma’naviy, ham ijtimoiy sabab hamda omillarga asoslangan bo‘lib, maqsadimiz yurtimizda hukm surayotgan barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash orqali Yurtimiz mustaqilligini mustahkamlashdir. O‘z navbatida, missionerlik tahdidini bartaraf etishda eng avvalo, hukumatimiz tomonidan missionerlikka oid ilmiy-ma’rifi y manbalar hamda muammoning amaliyotdagi holatini o‘rganish orqali ilmiy tajribalar asosida aholining keng qatlamlari ma’naviy-ma’rifi y qadriyatlarini shakllantirishning nazariy-amaliy asoslarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Missionerlik tahdidlaridan doimo ogoh bo‘lish, mazkur harhkatlarni o‘z vaqtida anglash va ularni bartaraf etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bunday keng ko‘lamli o‘ta muhim masalalarni hal qilishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilayotgan tajribalari asosida missionerlik harakatini bartaraf etishda, avvalo, oila, ta’lim sohasi va jamoat tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifi y qadriyatlarini shakllantirish mamlakatimizda jamiyatimizning barcha qatlamlarini missionerlik tahdidiga qarshi g‘oyaviy-mafkuraviy qurollantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda jahonda keng quloch yozgan va inson ma’naviyatini buzishga qaratilgan tahdid bu Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishida kirib kelayotgan turli tahdidlar, giyohvandlik, diniy ekstremizm, missionerlik kabi balo-qazolardan yoshlarimizni asrash, ularning ta’lim-tarbiyasiga har birimiz mas’ul ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak” (Mirziyoyev, 2017). Zero, yosh mamlakatimizda missionerlik tahdidlarining oldini olish, uni bartaraf etish orqali tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, totuvlik, millatlararo hamjihatlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini har bir vatandoshimiz anglashi lozim.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin