Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


Atmosferadagi suv va uning rejimi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə26/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76
BT GO`M 22

Atmosferadagi suv va uning rejimi. Bug`lanish. Atmosferaning quyi qismida 12000 kub km suv bugi bolib bu planetamizdagi suv miqdorining tahminan 0,001 % ini tashkil etadi.
Bulut havoning vertikal harakati natijasida hosil boladi. Bulutlar balandligiga tashqi korinishiga va boshqa hususiyatlariga kora xalqaro kelishuvga muvofiq quyidagi 4 yarusga bolinadi:

  1. 6000 m dan yuqorida bolgan baland bulutlar;

  2. 2000–6000 m balandlikda bolgan orta yarusli bulutlar;

  3. 2000 m dan pastda bolgan past bulutlar;

  4. 2000–3000 m balandda ornashgan vertikal tarqalgan bulutlar.

Bu bulutlar tashqi korinishi (shakli) jihatidan yana 10 turga bolinadi.
Havoning bulutlilik holati 10 balli shkala yordamida ifodalanadi. Bunda havo tiniq ochiq bolsa bulutlilik 0 ball, osmon gumbazining 10 dan bir qismi bulutli bolsa 1 ball, osmon gumbazining yarmi bulutli bolsa 5 ball, hammasi bulut bilan qoplanib olingan bolsa 10 ball boladi.
Bulutlar sovuq mintaqada va ekvator ustida eng kop aksincha qurgoqchil chollarda esa kam boladi. Dunyoda bulut eng kam joy Afrikaning shimoliy qismida Asvon shahri bolib bu yerda bulutlilik 0,5, da esa O`zbekistondagi Termiz shahridir; bu yerda bulutlilik 1,6 ga teng.
Ob – havo va havo massalari. Biron joyda malum vaqtda atmosferaning quyi qismida yuz beradigan xodisalar (tempratura bosim havoning absolyut va nisbiy namligi yomgir tuman bulut shamol momaqaldiroq chaqmoq va boshqalar) yigindisiga ob – havo deyiladi. Siz turgan joyda (masalan Toshkentda) ob – havo bir necha bor ozgarib turishi mumkin; ertalab havo ochiq bolsa abedda bulut kelib yomgir kechqurun esa qor yogishi mumkin va hokozo.
Planetamizning turli yerlarida bir vaqtning ozida ob havo turlicha bolishi mumkin. Masalan, orta osiyoda xavo isib ketib bosim pasayadi natijada bu yerga shimoldan shimoli garbdan salkinroq havo massalari kirib keladi va teritoriyaning tempraturasini bir oz pasaytiradi.
Ob – havo ozgarishi natijasida havo massalari almashinadi. Yer sharini quyosh bir hilda isitmaydi va bir hil yoritmaydi shunga kora havoning holati hamma yerda bir hil emas. Planetamizning shimoliy yarim sharida tortta yirik havo massasi bor:

  1. Arktika havosi;

  2. Qutbiy yoki motadil havo;

  3. 3) Tropik (dengiz va kontinental) havo;

  4. 4) Ekvatorial havo.

  1. Arktika havosi. Arktikaning sovuq yuzasida (shimoliy muz okeanida) vujudga keladi. Masalan, Arktika havo massasi O`rta Osiyoga G`arbiy sibir tekisligi orqali 3 – 5 kunda yetib keladi va tempraturani qishda pasaytirib yuboradi, bahor va kuzda esa bunday havoda ekinlarni va darahtlarni sovuq urishi mumkin.

  2. Qutbiy havo ortacha kengliklar havosidir. Paydo boladigan joyi hususiyatlariga qarab ikkiga – dengiz qutbiy havosiga va quruqlik qutbiy havosiga bolinadi.

Dengiz qutbiy havosi ortacha mintaqa okeanlari ustida paydo bolib teritoriyasiga garb tomondan yani Atlantika okeanidan keladi. Bu havo Yevropa qismiga yetib kelib, yozda tez tez yomgir qishda esa juda kop qor olib keladi.
Quruqlik qutbiy xavosi o‘rtacha mintaqadagi materiklar ustidan vujudaga keladi.Shu sababli,u qishda juda sovub ketib,ayozli kunlar vujudga keladi.Bu havo ba’zan shimoli sharqdan O‘rta –Osiyoga yetib kelib,qishda ob-havoni juda sovutib yuboradi.

  1. Tropik havo.Subtropik kengliklarda vujudga keladigan havo massalari tropik havosi deyiladi.U dengiz tropik havosi hamda kontinental tropik havosiga bo‘linadi.Dengiz tropik havosi Atlantika okeanidagi Azor orollari atroflarida paydo bo‘lib, so‘ngra ga keladi. Bu havo Yevropaga yozda ham, qishda ham issiq hamda ko‘plab nam olib keladi. Kontinental tropik havosi Afrikaning shimoliy qismida, Kichik Osiyoda, yozda esa O‘rta osiyoda,Yevropaning janubida,Qozog‘iston tarritoryasida vujudga keladi va issiq quruq va chang to‘zonli bo‘ladi.Tropik havosi o‘rtacha kengliklarga va shuningdek, passat shamollari tarzida ekvator tomonga yetib boradi.

  2. Ekvator havosi. Ekvator zonasi ustida vujudga keladi.Bu havo issiq va sernam bo‘ladi. Lekin ekvator havosining ta’siri territoryasiga yetib kelmaydi.

Troposfera-atmosferaning eng pastki, quyi qismi; uning balandligi qutbiy kengliklarda 8-10 km, o‘rtacha kengliklar ustida 11-12 km, ekvator ustida xatto 16-18 km.
Butun atmosfera massasining 80% qismi troposferada joylashgan. Atmosferadagi suv bug‘larining deyarli hammasi shu sferadadir. Troposferada havo zich bo‘lib, bulutlar, yog‘inlar, shamollar vujudga keladi va shu jihatdan u yer yuzasi uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Troposferada havo temperaturasi har 100m yuqoriga ko‘tarilgan sari o‘rta hisobda 0,6 sovib boradi. Natijada tropoferaning yuqorgi chegarasida temperatura ekvator ustida-65, shimoliy qutb ustida-45,-50 sovuq bo‘ladi. Ob-havo o‘zgarishlari, asosan, troposferada ro‘y beradi.
Ttopopauza troposfera bilan stratosfera orasidagi zonz bo‘lib, ko‘p xususiyati jihatidan troposferaga o‘xshaydi, lekin eng yuqori qismida suv bug‘lari kamayib, gazlar siyraklasha boradi, temperatura past bo‘lib, 72єC ga yetadi.
Stratosfera atmosferanung 50-60 km balandlikkacha bo‘lgan qismini o‘z ichiga oladi,butun atmosfera massasining 10% qismi shu sferada.Stratosferada havo siyrak.Bu sferada xavo, asosan, traposferadagi gazlardan iborat bo‘lsada,lekin unda ozon gazining miqdori ko‘proq. Stratosferaning quyi qismida temperatura yozda ekvator ustida-70єC, qutblar ustida-56єC ga pasayadi; lekin 35-55km balandlikda temperatura ko‘tariladi va +10 -35єC ga yetadi. Bunung sababi shundaki, bu yerda ozonning ko‘p bo‘lganidan quyosh nuri, ayniqsa ul’trabinafsha nur ko‘plab yutiladi Stratosferada tezligi soatiga 340km ga yetadigan kuchli shamollar ham bo‘lib turadi.
Strapouza stratosfera bilan mezosfera orasidagi o‘tkinchi qatlam bo‘lib, bu yerda havo ancha siyrak, temperatura esa ko‘tarilib 0 єC atrofida bo‘ladi.
Mezosfera atmosferaning 50-60 km dan 80-85km gacha bo‘lgan qismini oladi.Bu qatlamda otmosfera bosimi kam,havo yer yuzasidagiga nisbatan 200 marta siyrak, temperatura esa yana past:-60, -80єC. Atmoferaning bu qismida tabiati yaxshi o‘rganilmagan kumush rang bulutlar juda mayda muz kristallaridan iborat bo‘lsa kerak,deb taxmin qilsalar, ba’zi olimlar esa juda mayda kosmos changlari to‘planishidan vujudga kelgan deb o‘ylaydilar.
Mezopauza-mezosfera bilan termosfera orasidagi qatlamdir.
Termosfera (ionosfera) atmosferaning 80-85 km dan 900km gacha bo‘lgan yuqori qismidir.Termosfera ham, atmosferaning quyi qatlamidek, asosan, molekula holatidagi azot va kisloroddan iborat. Lekin termosferada Quyosh radiatsiyasining qisqa(0,3 mikrondan ham kalta) to‘lqinli nurlari va kosmik nurlar ta’sirida kislorod va azot molekulalari atomlarga ajraladi va elektr bilan zaryadlanib, ionlashgan bo‘ladi. Ionlashgan bu qatlamning ahamiyati shundaki, u radio to‘lqinlarini radio to‘lqinlarini yerga bir nacha bor qaytaradi va radio to‘lqinlarining yer sharini aylanib chiqishiga hamda bu to‘lqinlarni 50-100km masofadan nariga tarqalmas edi.
Termosferda ion ko‘p bo‘lganligi uchun uni ionosfera dab ham yuritiladi. Ionosferada balandlashgan sari havo siyraklashib, tempetarura esa ko‘tarila boradi. Agar 90km balandlikda temperatura -90 єC bo‘lsa, 400km da temperatura (maksimal quyosh aktivligi yillarida kunduzi 2000 єC, kechasi esa 1500-1900 єC, minimal aktivlik yillarida esa harorat kunduzi 1200-1400 єC, kechasi 750-1000 єC bo‘ladi. 400km dan yuqorida temperatura deyarli o‘zgarmaydi.
Termopouza-bu atmosfera bilan ekzosfera orasidagi o‘tkinchi zonadir. Ekzosfera atmosferaning 900km dan 2000-3000km gacha bo‘lgan eng yuqori qismi.Ekzosfera hali yaxshi o‘rganilgan emas. Uchirilgan raketalar, yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, ekzosferada temperaturada 2000єga yetsa kerak , deb faraz qilmoqdalar Bunday balandlikda gazlar (asosan geliy va vodorod) juda ham tez –sekundiga 11,2 km gacha harakat qiladi va natijada ba’zi zarrachalar (vodorod atomlar). Yerning tortishish kuchini yengib,dunyo bo‘shlig‘iga ham chiqib ketadi. Yer tortishini yengib chiqib ketgan vodorod atomlari Yer atrofida toj hosil qiladi.Yerning toji 20000km gacha tarqaladi. Yer toji tarqalgan qismida gaz juda ham siyrak bolsa-da ,lekin planetalar orasidagi bo‘shliqlardagidan ko‘ra 10 marta zichdir.
Atmosfera Quyoshning ul’trabinafsha va qisqa to‘lqinli radiatsiyalarini yutib turishdan tashqari,Yer sharining iqlimini vujudga keltiruvchi omildir.
Quyosh radiatsiyasi issiqlik va yorug‘lik planetamizning geografik qobig‘i uchun muhim faktordir. Yer yuzasidagi issiqlik va yorug‘likning asosiy manbai-Quyosh. Yerning ichki issiqligi esa Quyosh issiqligidan 5ming marta kam.Demak Yer yuzasining issiqlik balansida Quyosh hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi. Yer yuzasi Quyoshdan bir ylda 1,37 єC 10j energiya oladi. Quyoshning nur sochishini Quyosh radiatsiyasi deymiz. Quyosh radiatsiyasi atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosferani ustkin qismida bo‘ladigan hamma protsesslarning energiya manbai hisoblanadi.
Atmosferaning yuqori qismida Quyosh nurlari perpendikulyar tushganda bir minut ichida har 1kv sm maydon quyoshdan 2kal, issiqlik oladi va bu Quyosh doimiyligi deyiladi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin