Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə9/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76
BT GO`M 22

Sinov savollari:

  1. Geografiyafanining ta‘lim-tarbiyaviy vazifalari nimalardan iborat?

  2. O’quvchilarda moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish qanday ahamiyatga ega?

  3. Geografiya darslarida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash qanday o’rin tutadi?

  4. Ta‘lim jarayonida estetik tarbiya berishning mohiyati nimada?

  5. O’quvchilarga ekologik tarbiya berishning xususiyatlari nimadan iborat?

  6. Tabitashunoslik darslarida axloqiy tarbiya qanday o’rin tutadi?

  7. O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlashda Geografiya darslarining ahamiyati qanday?

5-Mavzu: Quyosh sistemasi


REJA


1. Quyoshning tuzilishi va evolyusiyasi.
2.Sayyoralar va ularning harakati
3.Asteroidlar, kometalar va meteor modda.


Quyoshning tuzilishi va evolyusiyasi. Quyosh-quyosh sistemasi markazida joylashgan, Yerga eng yaqin yulduz. Quyosh og‘irligi Yerdan 330 ming, diamyetri bo‘yicha 109 barobar katta. Quyosh ichiga Yerday sharlarning milliondan ortig‘i sig‘adi.
Quyosh o‘z o‘qi atrofida sekin-asta muntazam sharqdan g‘arbga tomon aylanadi. Aylanish tezligi quyosh ekvatorida 2 km/sek. bo‘lib, qutblari tomon kamayib boradi. Ekvatorda aylanish davri - 25, qutblari yaqinda esa - 31 sutkaga teng. Shunday qilib, Quyosh o‘z o‘qi atrofida o‘rtacha xisobda 27,27 sutkada bir marta aylanadi.Quyosh , Galaktika markazi atrofida 200 mln. yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh sekundiga 20 km tezlik bilan xarakat qiladi.Quyoshni o‘zi yasagan teleskop yordamida G. Galiley1611 yili kuzatgan va undagi dog‘larni, o‘z o‘qi atrofida aylanish davrini aniqlagan. Nemis olimi G. Shvabye1843 yilda Quyosh dog‘larining soni, uning faolligi davriy o‘zgarishini topdi. Hozirgi davrda eng yaxshi ishlab chiqilgan gipoteza, rus akademigi O.Yu. Shmidt (1891-1956) ning o‘tgan asrning o‘rtalaridagi ishlariga asoslangan gipotezasi hisoblanadi. Shmidt gipotezasiga muvofiq, planetalar o‘zi endigina shakllangan quyosh atrofida zarralari turli-tuman orbitalar bo‘ylab aylanib yurgan juda katta va sovuq gaz-chang buluti moddalaridan paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan bu bulutning shakli o‘zgarib borgan, zarralarning to‘qnashishlari va ularning o‘zaro energiya almashinishi shunga olib kelgan-ki, bunda bulut asta-sekin yassilana borgan, zarralarning orbitalari esa aylanalarga yaqinlashib borgan. Yirik zarralar o‘zlariga maydalarini qo‘shib olgan. Bir tomonga yo‘nalgan harakat ko‘payib borgan. Moddaning quyuqlashgan bo‘laklari hosil bo‘lib, ular qalinligi diametriga qaraganda minglab marta kichik bo‘lgan disk shaklida taqsimlangan. Eng yirik quyuqlashgan bo‘laklarning massasi tez ortib borgan. Keyin moddaning har xil kattalikdagi hosil bo‘lgan dastlabki «po‘k» guvalaklarning ko‘pchiligidan bir necha yirik jismlar-planetalar paydo bo‘lgan. Hisob-kitoblar, Yer o‘zining hozirgi massasiga bir necha yuz million yilda Erishganligini ko‘rsatdi. Sirti sovuq bo‘lgan Yerning ichki qismi radioktiv elementlar hisobiga qiziy boshlagan. Bu, Yerning ichidagi moddalarni erishiga olib kelgan. Og‘ir elementlar cho‘kib yadroni vujudga keltirganda, yengil elementlar sirtga chiqib Yer qobig‘ini vujudga keltirgan. Bo‘lajak planetalarni o‘rab olgan zarralar to‘plamida ularning bir-birlariga yopishish jarayoni yuz bergan va oqibatda planetalarning yo‘ldoshlari paydo bo‘lgan. 1913 - yilda amerika astronomi J. Xeyel Quyosh dog‘lari, Quyosh sirtining sovigan qismlari ekanligini va sirtida kuchli magnit maydonlari borligini kashf etdi. 1940 yil boshida Quyosh radioto‘lqinlar manbai ekanligi, keyinchalik Quyosh toji spektorida bir necha chiziqlarni, ko‘p marta ionlangan kimyoviy elementli chiziqlar ekanligi hamda Quyosh tojining yuqori haroratga egaligi kashf etildi.Quyosh asosan vodorod va geliydan tashkil topgan. Uning yuzasidagi harorat 6000O ga yaqin. Quyoshdan chiqadigan energiya termoyadro reaksiyasi jarayonida vodorodning geliyga aylanishidan hosil bo‘ladi. Quyoshda 69 kimyoviy element borligi olimlar tomonidan aniqlangan.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin