6-bosqich. Fan va texnika eng rivojlangan bu asrda tabiiy fanlar soni ko‘paydi, dunyo haqidagi fikrlarimiz o‘zgarib, oydinlashdi. Eng muhim mavzu– dunyoning paydo bo‘lishi haqida butun yer yuzi olimlari ma’lum bir fikrga keldilar. O‘simliklar va hayvonlarning kelib chiqish markazlari aniqlandi, biotexnologiya, sinergitika, kibernetika fan sifatida shakllandi. Tabiatdagi voqealarning yo‘nalishsiz va aniq qonunlarsiz o‘z holigacha rivojla-nishi, dunyoning paydo bo‘lishidagi global evolyusiyaning aniqla-nishi kabi qonuniyatlar ilmiy jihatdan amaliy fanlarda aksini topdi.
XX asrni to‘liq ishonch bilan fan va texnika asri, deb atay olamiz. Bu asrda fan va texnika yo‘nalishlarida birgalikda kashfiyotlar qilindi, izlanishlar olib borildi. Geografiya fanlari qator texnik asbob-uskunalar yordamida aniq natijalarga erishdi. Tabiiy fanlar laboratoriyasi radioteleskop, kompyuter texnikasi, elektron mikrokoplar va eng aniq asboblar bilan jihozlandi. Bularning hamasi tabiiy fanlarni zamon talabiga mos ravishda ravojlanishiga yordam beradi.
Savollari Geografiyani o‘qitish metodikasining maqsadi.
Atrofimizdagi olam va Geografiya kurslarini farqi nimada?