3-Mavzu: Geografiya metodikasi ta’limotining shakllanishi va rivojlanishi REJA Geografiyani faning rivojlanish bosqichlari
XX asrda Geografiya darslarini maktab dasturida tutgan o‘rni.
Xozirgi kunda umumta’lim maktablarida Geografiyani o‘qitilishi.
O‘zbekistonda tabiiy fanlarni o‘qitilishi.
Tabatshunoslik fanni qadimgi fanlardan bo‘lib, tabiat haqidagi fanlar tizimi, tabiiy fanlar majmui tabiatning inson ongida aksi bo‘lgan Geografiya jamiyatning rivojlanishi bilan mukammallashadi. Geografiyaning maqsadi tabiat hodisalarning mohiyatini aniqlash, tabiat qonuniyatllarni bilish hamda ulardan amalda foydalanish imkoniyatlarni ochib berishdan iborat bo‘lib uning rivojlanish bosqichlari barcha fanlar kabi «Geografiya» fanining rivojlanish jarayoni 6 bosqichga bo‘linadi.
1-bosqich. Eramizgacha bo‘lgan V–I asrlarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, «Geografiya» fani yoki dunyoviy fanlar haqidagi ilmiy tasavvur va kuzatishlar Gretsiyada rivojlandi. Grek olimlari «Geografiya» faniga ilmiy asos soldilar. Eramizgacha bo‘lgan IV asrda Aristotel, Platon yevdoks, Knidskiy, Ptolomey dunyoning geomarkazini tuzdilar, Empedokl, sababsiz hech narcha hosil bo‘lmasligini va hech narsa izsiz yo‘qolib ketmasligini aytdi.
Levkin Demokrit, Epikur dunyoning atomlardan tuzilganligi haqida farazni bildirishdi. Pifagor dunyoning sharsimon ekanligini, Eratosfen esa yerning radiusini aniqladi, Giparx yerdan Oygacha bo‘lgan masofani o‘lchadi. Aristarx Samosskiy, Eratosfen, Gipparx, Arximed va Ptolomeylar birinchi bo‘lib yulduzlar bizdan juda olisda ekanligini ma’lum qilishdi, yerdan yulduzlargacha, yerdan qo‘yoshgacha bo‘lgan masofalarni o‘lchashdi.
Ptolomey yerning dumaloqligini isbotlaydigan geografik karta tuzdi, Aristotel esa anatomiya, botanika, sistematika va hayvonlar embriologiyasini ilmiy asosladi.
Galen va Gippokrat kasalliklarning kelib chiqishini o‘rgandi va kasalni emas, balki kasallikning kelib chiqishini davolash kerak, degan so‘zni aytdi.
Dunyoda «Geografiya» fanining rivojlanishiga turtki bo‘lgan asarlar jumlasiga Yevklidning «Boshlanish»i va Ptolomeyning «Buyuk qurilish» kabilar kiradi.
Bu davrdagi olimlar Geografiya sohasida katta tajribalar olib borishmagan bo‘lishsada, kuzatish va fikrlash asosida uni rivoj-lantirdilar.
Qadimgi Gretsiya insoniyatga ilm va fanning buyuk darg‘alarini yetkazib berdi. Ularning kuzatishlar natijasida yozib qoldirgan ayrim durdona fikrlar hozirgacha ahamiyatini yo‘qotgan emas. Oradan ming yillar o‘tganiga qaramasdan ularning fikrlari odamlarning dunyoga bo‘lgan munosabatida, ma’naviyat va madaniyatida alohida o‘rin egalaydi. Geografiyaka u davrlarda kam e’tibor berilgan bo‘lsa, hozir taraqqiyotni, tabiatni, odamlarni va jamiyatning quvvatini belgilaydigan kuchga aylandi.