Geografiyani o‘qitish metodikasi Geografiyani o‘qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir.
Geografiyani o‘qitish metodikasi qo‘yidagi qismlarni o‘z ichiga oladi: 1. Predmet mazmuni; 2. o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini; 3. predmetning o‘zini; 4. o‘qitish va o‘qishni; 5. bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni egallab olishni.
Geografiya metodikasining vazifalari qatoriga kiradiganlar: 1, o‘quv predmeti sifatida Geografiya mazmunini aniqlash, 2. o‘qiitishning metod va uslublarini tadqiq qilish. 3. Zarur o‘quv jihozlarini ishlab chiqish.
Geografiya metodikasi ishlab chiqadigan masalalar doirasiga qo‘yidagilar kiradi: 1. o‘quv predmeti sifatida Geografiyaning talim va tarbiyaviy ahamiyati; 2.Uning tarbiya sistemasidagi o‘rni; 3. o‘quv materialining mazmuni va uni taqsimlanish sistemasi; 4. o‘qitish metodlari va o‘quvchilarni tashkil etish shakllari; 5. o‘quv materialini, o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayoni va o‘qitish natijalarini xisobga olish; 6. Jihozlash va o‘quv qurollaridan foydalanish: 7. Darsdan va sinfdan tashqari ishlar; 8. o‘qitishning moddiy bazasi.
Geografiya metodikasi pedagogikada qo‘llanadigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi-metodist maktabda Geografiyani o‘qitish jarayonini kuzatadi. Kuzatilgan faktilarni taxlil qiladi va taqqoslaydi, xodisalar o‘rtasidagi qonuniy boglanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to‘g‘riligini amalda tekshiradi endi buning natijasida Geografiyani o‘qitish tamoyilarini belgilaydi.
Geografiyani o’qitish metodikasi tabiat hodisalarini o’zaro bog’lanishda varivojlanishini o’rganishga imkon beradi. Geografiya metodikasi pedagogikada qo’llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi-metodist maktabda Geografiyani o’qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan jarayonlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o’rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to’g’riligini amalda tekshiradi va buning natijasida Geografiyani o’qitish usul va uslublarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba Geografiyani o’qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir. Nazorat savollar Geografiya o‘qitish metodikasining fanlararo bogliqligi.
Geografiyani o‘qitish metodikasi qanday qismlarni o‘zichiga oladi?
Geografiya metodikasi ishlab chiqadigan masalalar doirasiga nimalar kiradi?
O‘zbekiston maktablarida Geografiyani o‘qitish qanday yo‘lga qo‘yilgan?
Geografiyani o’qitish metokasi nimani o’rgatadi?
Geografiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifasi nimalardan iborat?
Geografiyani o’qitishning tadqiqot metodlariga nimalar kiradi?
Geografiyani o’qitish metodikasi qanday fanlar bilan bog’lanadi?
Geografiyani o’qitishda tabiatni muhofaza qilish masalalari qanday yoritilgan?