Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə6/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
BT GO`M 22

4-bosqich. XV va XVIII asrlarda Kopernik, Jordano Bruno, G.Galiley, I.Nyuton, I.V.Lomonosov, P.S. Pallas, A.G.Verner, S.Geyls, CH.Darvin, K.Volf, J.Lamark va boshqalar tomonidan Geografiyani o‘rganish borasida inqilob yoki buyuk kashfiyotlar qilindi: ilmiy tarjribalar boshlandi, muomalaga «tabiatni o‘rganuvchilar» atamasi kirib keldi. Bu olimlar tomonidan tabiiy fanlardan–kimyo, biologiya, fizika, geologiyaning birinchi tabiiy-ilmiy poydevoriga asos solindi. Tabiat haqidagi fanlarning empirik qonuniyatlari aniqlandi.
XVIII asrlarda Yevropa mamlakatlarida birinchi akademiyalar va keng qamrovda bilim beradigan universitetlar ochildi. Tabiiy fanlarga qiziqish doirasi juda kengaydi. Fan jamiyat rivojida o‘ziga xos o‘rin egalladi. Ammo texnik fanlarning rivojlanishi hali juda sust edi.
Bu davrlarda yevropada tabiiy fanlar haqida dastlabki to‘g‘ri fikrlarni aytgan olimlar inkivizatorlar qahriga uchrab, ilmiy ishlari uchun joni bilan to‘lov to‘ladilar.
Tabiiy fanlar asrdan-asrga shu tarzda rivojlanib bordi.
5-bosqich. XIX asrga kelib, tabiiy fanlar har tomonlama taraqqiy etdi, endi yerda hayotning paydo bo‘lishi, turlar, tabiiy tanlanish, o‘simliklar sistematikasi haqida ilmiy asarlar yozildi, hujayra kashf qilindi, makon va zamon haqida klassik mexanikaga asoslanib asosiy fikrlar ishlab chiqildi. Ko‘pgina ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib borilib, muayyan xulosalar olindi, olimlar ayrim kashfiyotlarni ikki mamlakatda bir-biridan bexabar tarzda kashf etdilar (Masalan, Mendel va Morgan).
Tabiiy fanlarga qiziqish sekin-asta nihoyatda kuchayib bordi, barcha fanlar bo‘yicha tabiiy fanlar bilan bog‘liq holda izlanishlar olib borildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida dunyo mamlakatlaridagi fan namoyondalari bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanishib, o‘z kashfiyotlarini o‘rgana boshladilar. Shu tariqa o‘zaro hamkorlik boshlandi. Halqaro kongresslar o‘tkazilib, olamshumul nazariya va xulosalar birgalikda muhokama qilindi.
Bu davrdagi birinchi halqaro kongresslar kimyo fani bo‘yicha 1860-yili Karlsrueda, geografiya bo‘yicha 1871-yili Antverpenda, geologiya bo‘yicha 1878-yilda Parijda o‘tkazildi. CH.Darvinning buyuk kashfiyotlariga ona bo‘lgan XIX asr «Darvin asri» deb ham nomlanadi.
Fandagi samarali natijalar xalq xo‘jaligining hamma sohalarida qo‘llanilaboshladi. Endi nazariyalardan amaliy tajribalarga tayangan holda xulosalar chiqarishga o‘tildi. Bu borada kuzatishar olib boriladigan, laboratoriyalarga ega, texnik, biologik yo‘nalishdagi universitetlar tashkil etildi. Hotin-qiz olimalarga ham amaliy fanlar bilan shug‘ullanishlari uchun qator tajribalardan so‘ng imkoniyat yaratildi (Sofiya Kovalevskaya, Mariya Kyuri).
XIX asr tabiatshunosligida termodinamika va elektrodinamika, energiyaning saqlanish va aylanish qonuni, turlararo tabiiy tanla-nish qonuni, fotosintez, elektron va kvant nurlanishlar, galaktika va undagi yulduzlar, Neptun planetasi, tirikdan tirik paydo bo‘lishi kabi nazariyalar kashf etildi.
Elektrlarning davriy tuzilishi, atom va molekula, moddalar tuzilishining kimyoviy nazariyasi asoslari, fizik-kimyo, organik va anorganik moddalarning asosi birligi aniqlandi.
Bu asrda dunyoning hozirgi ko‘rinishiga to‘liq ta’rif berildi, geoxronologik shkala ishlab chiqildi, tuproqshunoslik fan sifatida dunyoga keldi, dunyo tuproqlarining to‘liq ta’rifi o‘rganib chiqildi.
Hujayra kashf etildi va hujayrashunoslik fan sifatida yuzaga keldi, genetika fanining ilmiy asosi shakllandi, tashqi muhit va unda yashovchi tirik organizmlarning birligi asoslandi, asab tizimining butun organizmni boshqarishi isbotlandi. Seleksiya, fiziologiya, o‘simlikshunoslik, mikrobiologiya va boshqalar rivoj-lanib, fan sifatida to‘liq shakllandi.
XIX asr boshlarida birinchi avtomobil yaratildi, parovoz, paroxod yaratildi, temir yo‘llar, shu asrning ikkinchi yarmida, hatto, metroyo‘llari qurilib ishga tushirildi. Insoniyat uchun eng zarur bo‘lgan elektr toki ham birinchi yozuv mashinkasi, telegraf orqali uzatish, telyefon va boshqalar ham shu asr olimlarining izlanishlari mahsulidir.
XIX asrni Geografiya rivojlanishida burilish yasalgan asr deb atash mumkin.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin