Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


-Mavzu:Boshlang‘ich maktab Geografiya fanining ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə8/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76
BT GO`M 22

4-Mavzu:Boshlang‘ich maktab Geografiya fanining ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari


REJA

  1. Boshlang‘ich sinflarda ekologik tarbiya.

  2. Atrofimizdagi olam darslarida axloqiy tarbiyaning turlari.

  3. O‘quvchilarni tabiat go‘zalligini ko‘ra bilish faoliyatini rivojlantirish, tabiatga muhabbat uyg‘otish.

  4. Geografiya darslarida vatanparvarlik tarbiya.

  5. Boshlang‘ich sinflarda baynalminal tarbiyaning axamiyati.

  6. Ekskursiyada va sinfda sanitar gigiyenik tarbiya.



Asosiy tushunchalar. Geografiyani o’quv predmetini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; tabiat jism va moddalarining kuzatish, ularni tahlil qilish asnosida bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish; o’quvchilarni es­tetik didlarini oshirish; odobiy va ekologik tarbiya berish; vatan­parvarlik tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash; jismoniy va mehnat tarbiyasini amalga oshirish; o’quvchilarning amaliy faoliyatta tay­yorlash kabi tushunchalar mazmuni yoritiladi.


Geografiya buyicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini aks ettiradi. Sanitar-gigiyenik tarbiya maktabda 1-sinfdan boshlanadi. “Bizninguy” mavzusini o‘rganishda o‘qituvchi bolalarni kun tartibi, shaxsiy gigiyena qoidalari, yeyish tartibi, uy va xona tozaligi xaqida suhbat olib boradi. 2-sinfda bu bilimlar kengayib, chuqurlashadi. 3-sinfda o‘quvchilar tana qismlarini va sog‘liqni saqlash bilan tanishadilar. 4-sinfda bolalar sog‘liqni muhofaza qilish bilan “Odam va tabiat”, “Tabiatni turli xilligi” mavzular orqali tanishadilar.
Geografiyani o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik, munosabatini, vatanparvarlikni va go‘zallikni tushunishini tarbiyalash kerak.
O‘lkatabiati, daryolar, o‘rmon massivlari to‘g‘risidagi matnlarni o‘rgata borib o‘qituvchi jumxuriyatning xalq xo‘jaligi uchun ularning axamiyatini ta’kidlab o‘tadi. Buvatanparvarlik hissini tarbiyalaydi.
Shuning bilan birgalikda Geografiya darslari-mexnat tarbiyasi maktabi xamdir. Odam mexnati-uning jismoniy va ma’naviy sixatligining manbai ekanligiga ishontirib, o‘qituvchi mexnatiga muxabbatni, astoydil mehnat qilishi istagini, mehnat axliga xurmatini tarbiyalaydi.
Geografiyani o‘qitish o‘qituvchiga o‘quvchilar tafakkurini, ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi.
Insoniyat yaralibdiki, ularning hayoti hamma vaqt tabiat bilan bog’langan. Ta’lim jarayonida shaxsni tarbiyalash maorif oldidagi markaziy o’rnida turuvchi vazifalardan biridir. Shunday ekan, «Ta’­limning insonparvarlashuvi, ta’limning ijtimoiylashuvi, milliy yo’naltirilishi» masalalari “Kadrlash tayyorlash millii dasturi” da izchil yoritilgan.
Ta’limning insonparvarlashuvi, inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo’lgan turli tuman ehtiyojlarining qondirilishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi.Ta’limning ijtimoiylashuvi - ta’lim oluvchilar estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash shakllantirish» lozimligi qayd etilgan.
Mazkur vazifalarni hal etilishida Geografiya ta’limining ham o’ziga xos ulushi bor.Kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat to’g’risida, o’zi yashab turgan joyi, tabiat boyliklari haqida yaxshi tasavvurga ega bo’lishi kerak. Tabiatni o’zgartirish kishilarning mehnat faoliyati bilan bog’liq ekanligini ilk yoshlardan boshlab, ular ongiga singdirishni talab etadi. Shunga ko’ra:

  • Jonli va jonsiz tabiat to’g’risida aniq bilimlar berish, ularning o’zaro bog’liqligini ochish:

  • Odam organizmi va uning salomatligini saqlash haqida ma’lumot berish:

  • Bolalarni tabiatda kuzatishlar o’tkazish o’quv va ko’nikmalari bilan qurollantirish:

  • Tabiatdan oqilona foydalanish va uni boyligini ko’paytirishga qaratilgan inson mehnati bilan tanishtirish:

  • Jonajon tabiatta muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash.

Geografiyani o’qitish jarayonida dunyoni ilmiy materialistik tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatta insonparvarlik munosabati, vatanparvarlik go’zallikni tushunishni tarbiya­lash kerak.
Ta’limning tarbiyalovchi xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shu bois Geografiya o’qituvchiga o’quvchilar tafakkurini rivojlantirish uchun ijodiy bilim faoliyatini rivojlantirish uchun boy material beradi. Darsli barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini o’z ichiga oladi. O’quvchilarni odam mehnati - uning jismoniy, ma’naviy sog’ligini manbaa ekanligiga ishontirib, o’qituvchi mehnatta muhabbatni, mehnat ahlini hurmat qilish ruhida tarbiyalaydi.
Geografiya darslari asosida o’quvchilar berilgan bilimlarni faqat esda qolish emas, balki ishonchga aylantiriladi. Ishonch, e’tiqod esa hayotiy ishlarning amalga oshirilishining asosiy shartidir.
Belgilangan vazifalarni hal bo’lishida mashg’ulotlar jarayonida ko’rgazmali vositalardan, ekran qo’llanmalari, matbuot materiallaridan foydalaniladi, mehnat vatanparvari, paxtakor, chorvadorlarga (oid) mehnat natijalariga va statistik ma’lumotlarga doir stendlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Tabiatga oid tushunchalarni shakllanishi murakkab fikrlash jarayoni natijasidir. Bu jarayonni boshqara turib o’qituvchi o’quvchilarga tabiat sirlarini yorqin misollar bilan ochib beradi. Moddiy dunyoqarash asoslarini singdiradi. Moddalarning (qum, loy, foydali qazilmalar, suv) xususiyatlari bilan tanishtirilib, amaliy mashg’ulot o’tkazish orqali insonning tabiatni o’zgartirishga qaratilgan faoliyati tushuntirib boriladi.
Shuningdek, dunyodagi borliq, biologik hodisalar orasida bog’la­nishlar mavjudligini yorqin misollar orqali oddiy tushunchalar hosil qilinishi lozim. Natijada o’quvchilar tabiat - bir butun jism va hodisalar bir-biri bilan uzviy aloqada bir-biriga bog’liq, borliq doimo harakatda, ular o’z qonuniyatlari asosida rivojlanadi degan tushunchalar mohiyatini ochib berish lozim.
Bolalar uchun eng aniq aloqalar tushunarli bo’ladi. Masalan, 1-2 sinf o’quvchilari tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatib, kuz va qishdagi hodisalar sovush, bahordagilar esa ob-havoning ilishi bi­lan bog’liqligini payqaydilar. 3-4 sinf o’quvchilari esa kuzatib, tabiatning ayrim elementlari orasida bog’lanishlar borligini payqaydilar: ular havo haroratini nima uchun o’zgarishini, nima uchun kun bilan tun, yil fasllarining almashinishini va boshqalarini bilib oladilar. Inson mehnat, xo’jalik faoliyati, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi bilan tanishish bolalarda (katta) qiziqarli manzaralarni ochib beradi.
Geografiyani o’rganish jarayonida o’quvchilarda o’simlik va hayvonot dunyosi to’g’risida moddiy tushunchalarni shakllantirib borishga, amaliy ishlarni bajarish, tajriba, kuzatishlar, sayyohatlar o’tkazish jarayonida ularni yana ham oydinlashtirishga erishiladi.
«Tabiatda suv» mavzusi orqali, o’quvchilar suvning bir holatidan ikkinchi holatta o’tishini, bu haroratning ta’siri ekanligini aks ettiruvchi tajriba orqali tabiat uzluksiz harakat va o’zgarishda, yangilanishda ekanligiga ishonch hosil qiladilar.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin