Abu Nasr Farobiy o’zining “Baxt saodatga erishuv” nomli asarida ta’lim-tarbiya berish usulini ikki turga bo’ladi: rag’batlantirish va jazolash (majbur qilish). U mazkur usullarni izohlar ekan, o’qituvchining pedagogik mahoratiga ham to’xtalib o’tadi: “Bolalar ustida turgan odam esa muallim bo’lib, u tarbiya berishda turli tarbiya usulidan foydalanadi. Mana shundan ma’lum bo’ladiki, hukumat va muallim har ikkovi o’z yo’lida, bolalar yoki xalqqa tarbiya beruvchilar, ustod va muallimlardir, Ulardan biri bolalarga mehribonlik va yaxshi so’zlar bilan tarbiya bersa, ikkinchisi majburiy ravishda tarbiyalaydi”
PEDAGOGIK TEXNIKA –bu o’qituvchining va o’quvchilar faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat etishga doir usullari va maxsus ko’nikalari majmuidir.
rsatishpedagogik texnika shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisidirki, u o‘qituvchining pedagogik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘– yoshlarga ta’sir ko‘, tashkil qilish va boshqarishda asosiy omil quvchibo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon pedagogika fani pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning roli beqiyos deb qayd etadi. Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilish (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olish, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallash va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ishlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntirishda dasturamal bo‘lib xizmat ko‘rsatadi.
“O‘qituvchining pedagogik texnikasi – bu shunday bir malakalar yig‘indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko‘rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o‘z fikrlari va qalbini etkazish imkonini beradi”
N.N. Tarasevich esa o‘zining “Pedagogicheskaya texnika – kak element» nomli risolasida pedagogik texnika to‘g‘risida fikr yuritar ekan, shunday deydi: O‘qituvchi faoliyatining ichki va tashqi ko‘rinishlarini izohlaydigan usullar, hissiyotlar, psixik holatlar yig‘indisidan iborat mahorat –pedagogik texnikadir”.
Pedagogik texnikaning tarkibi:
- Tashqi qiyofa: kiyim, pardoz, gavda holati, mimika va pantomimika;
- Nutq texnikasi: nafas texnikasi, ovoz texnikasi;
Dostları ilə paylaş: |