3.1. Qishloq va shahar aholisining kunlik ovqatining kimyoviy tarkibi
Ma'lumki, kunlik ratsion bilan qabul qilingan oziq moddalarning kimyoviy tarkibi
bo‘yicha xulosa qilish uchun iste'mol qilingan ovqatdagi mahsulotlarni hisoblab chiqish
lozim. Shu nuqtai-nazardan biz o‘tkazgan kuzatuvlarda iste'mol taomlaridagi oziq
moddalarning turlari aniqlanib, bir tekshiriluvchi soniga o‘rtacha chiqarildi. Olingan natijalar
30-39 yoshdagilar uchun me'yor qilib olingan mahsulotlarning miqdoriga solishtirildi. Bu
borada O‘zRSSV sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tekshirish instituti xodimlari
tomonidan ishlab chiqilgan “Нормы физиологических потребностей в пищевых
веществах и энергии для различных групп населения Узбекистан ” nomli hujjatdan
foydalanildi (22).
Shundan so‘ng, iste'mol qilingan ovqat ratsionidagi o‘rganilgan mikronutrientlarning
miqdori yuqorida nomi keltirilgan ya'ni, oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi nomli
maxsus jadvallardan foydalanib aniqlanildi.
3.2. Qishloq va shahar aholisining kunlik ovqatidagi mikronutrientlar.
Ma'lumki, kishilarning ovqat ratsionida asosiy oziq moddalar (essensial oziq
moddalar), ya'ni, oqsillar, yog‘lar va uglevodlardan tashqari organizmda kechadigan qator
metabolitik jarayonlar uchun qo‘shimcha oziq moddalar, ya'ni vitaminlar va mineral
moddalarning ham ma'lum miqdorda hamda nisbatda bo‘lishi muhim. Aqliy mehnat bilan
shug‘ullanuvchi kishilar tomonidan aqliy jihatdan ko‘p yuklamalar bajarilishi inobatga
olinsa, essensial oziq moddalar hamda mikronutrientlarning iste'mol taomlari tarkibida yetarli
miqdorda bo‘lishi juda muhimdir.
Mikronutrientlarga bo‘lgan me'yoriy talab asosiy oziq moddalarnikiga nisbatan kam
miqdorda bo‘lsada, ularning kunlik ovqat bilan doimiy iste'mol qilib turilishini, birinchidan,
ularning organizmda mustaqil holda sintez qilinmasligi (vitamin D bundan mustasno),
ikkinchidan, hozirgi paytda mavjud bo‘lgan ekologik disbalans tufayli vitaminlar va mineral
moddalarga bo‘lgan me'yoriy talablarning o‘zgarib turishi bilan tushuntirish mumkin.
Quyida Kasbi tumanidagi Novqat qishlog‘idagi va Qarshi shahridagi Beklar
mahallasida istiqomat qiluvchi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi 30-39 yoshli aholi
41
guruhiing ovqat ratsionidagi ayrim vitaminlar va ma'danli moddalar bilan ta'minlanishi
borasidagi ma'lumotlarni keltiramiz .