Marganets har bir hujayraning shakllanishi va rivojlanishi uchun kerak, yana u temir,
mis kabi elementlarning yaxshi o‘zlashtirilishini ta'minlaydi. B
1
vitaminning ham faoliyati
marganetsga bog‘liq, u tanada kam bo‘lsa, bu vitamin hech bir ta'sir kuchiga ega emas.
Marganets ko‘pgina zaharli moddalarning neytrallash xususiyatiga ega. Shuning uchun ham
ovqatdan zaharlanish holatlari bo‘lganida oshqozon-ichak yuvilgandan keyin marganetsning
kaliyli tuzidan (margansovka) tayyorlangan kuchsiz eritmasi ichish tavsiya qilinadi.
Marganets uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, jinsiy rivojlanish va ko‘payishga ma'lum
darajada ta'sir ko‘rsatadi.
Marganets organizmning hamma to‘qimalari, ayniqsa suyak tarkibida ko‘p bo‘ladi. U
oksidlovchi fermentlarning asosiy qismini tashkil etib, yog‘larning organizmda
parchalanishini kuchaytiradi. Marganetsning biologik roli organizmning o‘sishiga, qon
yaratish va ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga hamda suyaklanish jarayoniga yaxshi ta'sir
ko‘rsatishda ko‘zga tashlanadi. Marganets, shuningdek organizmda vitamin C hosil bo‘lishiga
yordam beradi. U barcha organizmlar uchun kam miqdorda bo‘lsa ham zarur. Marganetsning
asosiy qismi bo‘yrak va jigarda to‘planadi (100 g.to‘qima 90-170 mkg ), qonda uning miqdori
100 ml.da 4-20 mkg.ga teng. Qonda marganets miqdori kamayib ketganda, jo‘jalarda qon va
suyak fosfatazasi pasayishi kuzatilgan. Ushbu element peptidazalar, fosfatazalar, arginazalar,
karboksilaza, xolenesteraza kabi fermentlarni faollashda qatnashadi. Marganets asosan ahlat
bilan tashqariga chiqariladi. Odamlar, ayniqsa, yosh bolalar uchun kundalik ovqatda tananing
bir kg og‘irligiga 20-30 mg marganets kiritilishi optimal hisoblanadi.
Marganets qon hosil bo‘lishida, karbonsuvlar va yog‘ almashinuvida ma'lum
ahamiyatga ega. Agar u organizmda tanqis bo‘lsa, odam orriqlab ketadi, doim chanqaydi, tez-
tez qo‘sadi. Bundan tashqari marganets yetishmasligidan jigarda xolesterin sintezi kamayib
ketadi. Bu holat o‘z navbatida jinsiy gormonlar miqdorini kamaytirib yuboradi. U ko‘pgina
fermentlar tarkibiga kirib (piruvatkinaza, fosfatransferaza, arginaza, nukleaza, DNK-
polimerazalar) hujayra hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.
31
Marganets katta kishilar organizmida 12-20 mg bo‘ladi. U miyada, jigarda, bo‘yrak va
oshkozon osti bezida ko‘p uchraydi. 37-63 % marganets ovqatdan so‘riladi. U yetishmasligi
tufayli dermatit, ko‘ngil aynish, oriqlash, qo‘sish ro‘y beradi. Marganets yong‘oqda, dukkakli
ekinlarda, rezavorlarda, qora non, bug‘doy non, grechka yormasi kofe va choyda ko‘p (1
piyola choyda 1,3 mg marganets bor). Unga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 5-7 mg atrofida bo‘ladi.
Yod ichki sekretsiya bezlaridan qalqonsimon bezning faoliyatiga bevosita ta'sir
ko‘rsatuvchi element hisoblanib, u tufayli qalqonsimon bezda tiroksin, diyodtirozin va
triyodtirozin kabi gormonlar hosil bo‘ladi. Bu gormonlar moddalar va energiya almashinuvida
ancha faol bo‘lib, organizmdagi ko‘pgina metabolitik jarayonlarda ishtirok etadi. Ta'kidlangan
gormonlarning tarkibiy qismida yodni bo‘lishi bejiz emas, chunki yod yetishmay qolganida
ushbu gormonlar yetarlicha hosil bo‘lmay bez to‘qimasi kattalashib ketadi va oqibatda
endemik bo‘qoq kasalligi kelib chiqishiga olib keladi. Natijada kishi organizmida salbiy
o‘zgarishlar yuzaga kelib, moddalar almashinuvining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
xastaliklarni keltirib chiqaradi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uchinchi ming yillik arafasida yod tanqisligi sababli
kelib chiqadigan xastaliklarni tobora ko‘payib borayotgan yurak-tomir, onkologik kasalliklar
bilan bir qatorga qo‘yib, global muammolar darajasiga ko‘tardi. Dunyo bo‘yicha bunday
kasallikka 200 million kishi chalingan va yana qariyb milliard kishining shunday kasallikka
chalinish xavfi bor. 5 million ortiq kishida kretinizm (qomatning buzilishi, tana
mutanosibligining izdan chiqishi, yuzning salqishi, ruhiy rivojlanishdan orta qolib, ba'zan
aqliy zaiflik bilan ifodalanuvchi) kasalligi mavjud. Shu munosabat bilan BMT bolalar
jamg‘armasi (YuNISEF) mutaxassislari:”Yod yetishmovchiligini shunchalik oson bartaraf
etish mumkinki, hatto yod tanqisligi tufayli biron bolaning aqli zaif tug‘ilishi-borib turgan
jinoyat sanaladi” degan fikrni bildirgan.
Dunyo bo‘yicha 740 million kishida yod yetishmasligi sababli qalqonsimon bez
kattalashgan, 40 million kishining esa ayni sababga ko‘ra aqli o‘ta zaif bo‘lib qolgan. Jahon
miqyosidagi mazkur global muammo 153 ta mamlakatni tashvishga solmoqda. Sayyoramiz
aholisining 1,5 milliarddan ziyodi organizmida yod yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Shu
jumladan mamlakatimiz aholisining muayyan qismi organizmida yod yetishmasligini salbiy
oqibatlariga uchragan bo‘lib, ko‘pincha buni hayollariga ham keltirishmaydi. Odam uchun
sutkasida 100-200 mkg yod talab qilinadi va uning 90 % o‘simlik mahsulotlari bilan qabul
qilinadi (absolyut raqamlarda esa bu ko‘rsatgich quyidagicha taqsimlanadi: 70 mkg
o‘simliklardan, 40 mkg go‘sht va go‘sht mahsulotlaridan, 5 mkg havodan, 5 mkg suvdan).
Yodga boy mahsulotlarga dengiz baliqlari, tuxum, go‘sht, dengiz o‘simliklari, sholg‘om,
32
sarimsoq, qovun, sabzi, karam, kartoshka, piyoz, pomidor, loviya, uzum, shovul va boshqa
ko‘katlar kiradi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, oziq-ovqatlarni pishirish, qaynatish natijasida ularning
tarkibidagi yod ancha kamayib ketadi. Masalan, go‘sht qovurilganida undagi yodning 64,5 %,
qaynatilganida 48,3 %, kartoshka qaynatilganida 37-40 %, non pishirilganida 38,7-84,0 %
gacha yod yo‘qotiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq vaqt saqlashda tegishli qoidalarga
rioya qilinmasa, ulardagi yodning 35,5 % yo‘qolishi mumkin( 58).
Yodga bo‘lgan taqchillikning oldini olish uchun osh tuzi kaliy yod bilan yoki natriy
yod bilan boyitiladi. Buning uchun aytilgan yod birikmasidan har 100 kg osh tuziga 1,0 -1,5
g qo‘shiladi. Yodning spirtdagi eritmasi yoki suvdagi aralashmasi dezinfeksiyalovchi,
zararsizlantiruvchi, kuydiruvchi modda sifatida tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladi
(operatsiya yuzasini, qo‘lni dezinfeksiyalash, yaralar va jarohatlarga surtish va boshqalar).
Ovqatlanishda kon tuzidan foydalanish kishining yodga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim
ahamiyat kasb etadi, chunki kon tuzi tarkibida boshqa mikroelementlar bilan bir qatorda yod
ham mavjuddir.
Rux odam organizmida karbonangidraza (yoki karbonat angidraza) fermenti tarkibiga
kiradi. Bu ferment organizmda karbonat kislotani karbonat angidrid gazi va suvga
parchalaydi. Ruxning ko‘p qismi eritrotsitlar tarkibida bo‘ladi. Shu tufayli ham tarkibida kam
rux tutgan ovqat maqsulotlarini surunkasiga iste'mol qilinganda, kamqonlik kasalligiga olib
kelishi mumkin. Rux bundan tashqari, yog‘lar almashinuvini normal izga solib turadi, oqsillar
almashinuvini yaxshilaydi, triptofan, lizin va metionin kabi aminokislotalar sintezini
kuchaytiradi. Rux fermentlar tarkibiga kirish bilan bir qatorda ichki sekretsiya bezlaridan
gipofiz, oshkozon osti bezi va urug‘donlarning faoliyatida ham muhim o‘rin tutadi. Bu
elementning foydaliligini insoniyat ancha ilgari sezgan, masalan, qadimgi arablar tanadagi
jarohatlarning ruxli aralashma yordamida tezroq tuzalishini aniqlashgan. Keyinchalik XX
asrning boshlarida, kalamushlardagi teri kuyishi va badandagi har xil jarohatlar, agar ular
ovqatdagi ruxli mahsulotlar yetarli bo‘lsa, tezroq yaxshi bo‘lishi tajribalarda tasdiqlangan.
Odam qonida rux miqdorini aniqlashda shu narsa qayd qilinganki, davomli suratda va
ko‘p miqdorda shirinlik hamda tuzli mahsulotlar iste'mol qilinsa, turli xil kasalliklarni
davolashda kortizon ko‘p ishlatilsa va homilador bo‘lishning oldini olish uchun maxsus dori-
darmonlardan ko‘proq foydalanilsa, bu elementga nisbatan taqchillik yuzaga kelar ekan.
Ruxning tanada kamayib ketishi dastlab suyaklarning g‘alvirsimon bo‘lib qolishiga olib
keladi. Bu jarayonda albatta, kalsiy, fosfor, magniy, ftor va kremniylarning ham taqchilligi
33
o‘rin tutadi. Bolalarda ruxning taqchilligi tufayli ularning bo‘yi o‘smay qoladi, jinsiy
rivojlanish juda sekin bo‘ladi, tana terisi quruqlashadi, ishtaha kuchsiz bo‘lib jigar va taloq
ancha kattalashgan bo‘ladi. Yana rux yetishmasligi tufayli sodir bo‘ladigan salbiy belgilardan
biri bu ich ketishidir. Bunday odamlarda harakat koordinatsiyasi buzilib, barmoqlar qaltiraydi,
qo‘zg‘aluvchanlik kuchayib ketadi. Unga bo‘lgan sutkalik talab 10-15 mg. Rux katta
yoshdagi kishilar organizmida 2-3 gram bo‘ladi. U terida va suyakda bo‘lib, spermada va
bezlarda ko‘proq uchraydi. Rux insulin tarkibida ham topilgan, shu sifatda u karbon suvlar
almashinuvida ham qatnashadi.
Organizmda rux yetishmasligi ancha-muncha ruhiy tushkunliklarga olib keladi, kishi
tez achchiqlanadigan bo‘lib qoladi, barmoqlari qaltiraydi. Yosh bolalarda o‘sish sekinlashadi,
jinsiy yetilish kechikadi. Rux bo‘yning o‘sishi, jinsiy balog‘atga yetishda, qon hosil bo‘lishida
zaruriy moddadir. Rux yetishmasa odam organizmining o‘sishi sekinlashadi va juda kichik
bo‘lishi mumkin, jinsiy rivojlanish ham sekinlashadi. Rux yetishmasa ishtah yo‘qolishi, hid
bilish, ta'm bilish susayishi mumkin, yaralar tez bitmaydi. Katta kishi bir kecha-kunduzda 10-
22 mg. Homiladorlar 10-30 mg , emizikli ayollar 13-54 mg ruxni ovqat bilan iste'mol qilishi
kerak. Rux parranda go‘shtida, pishloqda, dukkakli o‘simliklarda ko‘pdir.Qonda va qon
zardobida (70-120 mkg/100mg) , sochda (125-225mkg/g) , siydikda (0,1-0,7 mg/sutkada).
Rux bilan zaharlanish sho‘r mahsulotlarni ruxlangan idishda saqlash va iste'mol qilish tufayli
sodir bo‘lishi mumkin. (3, 4, 7, 13, 23, 24, 37, 43, 44, 46, 49, 51,52, 53, 54, 55, 56).
|