Qarshi davlat universiteti qo’lyozma huquqida



Yüklə 307,58 Kb.
səhifə25/26
tarix21.12.2023
ölçüsü307,58 Kb.
#187744
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Qo’lyozma huquqida-www.fayllar.org

4-rasm 

Qarshi 

shahri 

Beklar 

mahallasidagi 

aqliy 

mehnat 

bilan 

shug‘ullanuvchilarning ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar miqdorining 

foizlarda ifodalanishi. 



50


YAKUNIY QISM (xotima o‘rnida) 
Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining o‘rganilgan 
vitamin va ma'danli moddalarga bo‘lgan talabini solishtirib, tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi
ko‘rinishda ega ekanligini guvohi bo‘lamiz. 
Agar qishloq tekshiriluvchilarining kunlik ratsionidagi o‘rganilgan vitamin (A, D, C, 

B
12


) lar me'yorga nisbatan erkaklarda mos ravishda 26,4%, 28,0%, 40,0%, 23,3% larda kam 

bo‘lgan bo‘lsa, shahar aholisining ushbu mikronutrientlarga bo‘lgan talabi ularga nisbatan


me'yorga bir oz yaqinligi namoyon bo‘ldi, ya'ni tegishli ravishda 7,5%, 16,0%, 17,2%, 20,0% 
larni tashkil etdi. Xuddi shunday holatni qishloq va shahar aholisining ayollar kontingentida
ham kuzatildi. Chunonchi, qishloq ayollarining ayni vitaminlarga bo‘lgan talabi mos ravishda 
64,0%, 64,0%, 54,3%, 63,3% larga qondirilgan bo‘lsa, shahar ayollariniki bir muncha yuqori
ekanligi ko‘rindi, ya'ni ularning A, D, C, B
12
larga bo‘lgan talabi 85,9%, 76,0%, 75,7%, 

73,3% larga qondirilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, shahar aholisining ushbu ingredientlarga


bo‘lgan talabi, qishloq aholisinikiga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekan. 
Tekshiriluvchilarning ovqat ratsionidagi A vitaminning kamligini ular tomonidan
ushbu vitaminga serob bo‘lgan baliq va baliq mahsulotlarining kam iste'mol qilinganligi bilan
tushuntirish mumkin. Shuningdek, jigar hamda hayvon yog‘larining nihoyatda kam yeyilishi
bilan izohlash mumkin. Tekshiriluvchilarning ovqat ratsionidagi A vitamin asosan o‘simlik 
mahsulotlaridagi karatinoidlar, ya'ni sabzavotlar sifatida ko‘p iste'mol qilinish bilan biroz
qondirilgan. 
O‘rganilgan D, C, B
12
, xususan C vitaminining me'yoridan ancha kamligi qayd qilindi. 

Bu esa tekshiriluvchilar tomonidan meva va sabzavotlar, ko‘katlar va boshqa vitamin C ga


boy oziq-ovqat mahsulotlarini kam iste'mol qilganligini ko‘rsatadi. Qator vitaminlar, shu 
jumladan, vitamin C ga bo‘lgan ehtiyojning qoniqtirilmasligi nafaqat qishloqlarda, balki
markaziy shaharlarda (Moskva, Novomoskovsk, Novokuznetsk, Toshkent va boshqalar) ya'ni, 
oziq-ovqat ta'minoti nuqtai nazardan yuqori o‘rinda turadigan joylarda ham kuzatiladi va
bunday tanqislik oqibatida organizmda moddalar va energiya almashinuviga, biologik faol 
moddalarning o‘z vaqtida va yetarli miqdorda sintezlanishida salbiy holatlarga olib keladi.
Shuning uchun kundalik taomlarni essensial oziq moddalardan tashqari vitaminlar va 
ma’danli moddalar bilan boyitish muhim masalalardan biridir(2, 9, 10, 12, 14, 32).
Shahar kishilarning kalsiy va fosfor bilan ta'minlanishi qishloq aholisiga nisbatan biroz 
ko‘proq iste'mol qilinganligi namoyon bo‘ldi. Agar qishloq aholisi yuqorida
ta'kidlaganimizdek, kalsiyga bo‘lgan talab erkaklarda 69,4 foizga, ayollarda 72,2 foizga 


51


qondirilgan bo‘lsa, shahar aholisida bir muncha ko‘proq, ya'ni mos ravishda 76,8 va 79,9 (7,4
va 7,7 % ko‘p) ta'minlanganligi aniqlanildi. Xuddi shuningdek, bunday farqlanish fosfor 
elementi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat
kishilarining fosforga bo‘lgan talabi me'yorga biroz yaqin bo‘lsa, qishloq aholisiniki esa 
ushbu makroelementga bo‘lgan talabi sezilarli darajada pastligi kuzatildi. Chunonchi,
tekshiriluvchi shahar aholisining fosforga bo‘lgan talabi ham erkaklarda, ham ayollarda mos 
ravishda 1112 va 1055 mg bo‘lsa, qishloq aholisida bu ko‘rsatkich 975 va 1018 mg ni tashkil
etdi. Ovqat ratsionida ushbu makroelementlarning kam bo‘lishi yoki taqchilligi, ularning 
tayanch-harakat, nerv-endokrin tizimlarining faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi.
Qishloq aholisining kunlik ovqat ratsionidagi temir ham erkaklarda, ham ayollarda 
o‘rtacha 70 foizga qondirilgan bo‘lsa, shahar aholisining erkaklarida me'yordan ortiq ekanligi
namoyon bo‘ldi. Shahar ayollarida esa temir me'yordan 21,6 foizga kamligi kuzatildi. 
Ma'lumki, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida temir ikki xil shaklda bo‘lib, go‘sht va go‘sht
mahsulotlari orqali qabul qilingan temir organizmda yaxshi so‘riladi. O‘simlik mahsulotlari 
tarkibida esa temir ko‘p miqdorda uchrasada, ular oshqozon-ichak yo‘lida nisbatan yaxshi
so‘rilmaydi. Biz kuzatuv olib borgan tekshiriluvchilarning kunlik ratsionidagi temir asosan 
o‘simlik mahsulotlari hisobidan ekanligini qayd qilish zarur.
Qishloq va shahar aholisining yodga bo‘lgan talabi sezilarli darajada kamligi kuzatildi, 
faqatgina shahar erkaklarining ushbu mikroelementga bo‘lgan talabi me'yorga biroz yaqinligi
ya'ni, 86,7 foizga qondirilganligi aniqlandi. Bunday taqchillik albatta tekshiriluvchilarning 
endokrin tizimlarining shakllanishida, aqliy va jismoniy taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi
mumkin.

Shunday qilib, biz olib borgan kuzatuvlarning natijalariga tayangan holda shuni aytish


joizki, qishloq va shahar sharoitida istiqomat qiluvchi aqliy mehnat kishilarining oqilona 
ovqatlanishini tashkil qilish, bu borada jamoatchilik orasida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha keng
miqyosda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, ularda ovqatlanish madaniyatiga oid 
tushunchalarini shakllantirish ularning sihat-salomatligini saqlash va muhofaza qilish borasida
ijobiy natijalarga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 


52


XULOSA 
Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining kunlik ovqat 
ratsionidagi ayrim mikronutrientlarning 30-39 yosh uchun belgilangan kunlik fiziologik
me'yorlarga nisbatan solishtirib va amaldagi ovqatlanishni o‘rganish bo‘yicha mavjud 
adabiyotlardagi ma'lumotlarni to‘plab, olingan natijalarni tahlil qilib qo‘yidagi xulosalarga
keldik.

1. Qishloq va shahar aholisining ovqat ratsionidagi vitaminlar miqdori me'yor


darajasidan kamligi aniqlandi.
2. Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining ovqat ratsionida
biz o‘rgangan ma'danli moddalardan Ca, P, Fe, J larning miqdori me'yor darajasidan kamligi 
aniqlandi. Faqatgina shahar erkaklarining temirga bo‘lgan talabi me'yordan ortiq ekanligi
kuzatildi. 
3. Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining o‘rganilgan
vitamin va ma'danli moddalarga bo‘lgan talabini solishtirilganda shahar aholisining 
noessensial oziq moddalarni iste'mol qilishi, qishloq aholisiga nisbatan bir muncha ko‘pligi
aniqlandi. 
4. Tekshiriluvchilarning vitamin va ma'danli moddalarga bo‘lgan bunday taqchilligi
birinchidan, ularning ovqat ratsionida ushbu mikronutrientlarga boy bo‘lgan mahsulotlarni 
kam iste'mol qilinganligi bilan izohlansa, ikkinchidan dekabr oylarida oziq-ovqatlar
tarkibidagi ularning miqdorining kam bo‘lishi bilan tushuntirish mumkin. 
5. Shahar aholisining erkaklarida temir elementining me'yoridan oshiqcha bo‘lishi,
qo‘yidagicha izohlandi, ya'ni oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida temir ikki xil shaklda bo‘lib, 
go‘sht va go‘sht mahsulotlari orqali qabul qilingan temir organizmda yaxshi so‘riladi.
O‘simlik mahsulotlari tarkibida esa temir ko‘p miqdorda uchrasada, ular oshqozon-ichak 
yo‘lida nisbatan yaxshi so‘rilmaydi. Biz kuzatuv olib borgan tekshiriluvchilarning kunlik
ratsionidagi temir asosan o‘simlik mahsulotlari hisobidan ekanligi aniqlandi. 



Yüklə 307,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin