48
Qarshi shahridagi Beklar mahallasida istiqomat qiluvchi aqliy mehnat bilan
shug‘ullanuvchi 30-39 yoshli aholi guruhiing ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar
bilan ta'minlanganligi 4-jadval va 4-rasmda keltirilgan.
4-jadval
Qarshi shahri Beklar mahallasidagi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning
ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar miqdori.
Vitaminlar
30-39 yoshli
Erkaklar
Ayollar
Ca, mg
614,7
639,5
Me'yor, mg
800
800
Qondirilishi, %
76,8
79,9
P, mg
1112
1055
Me'yor, mg
1200
1200
Qondirilishi, %
92,7
87,9
Fe, mg
11,5
14,3
Me'yor, mg
10
18
Qondirilishi, %
115
79,4
J, mg
0,13
0,8
Me'yor, mg
0,15
0,15
Qondirilishi, %
86,7
53,3
Jadvalda ko‘ringanidek, shahar aholisining kalsiy bo‘lgan talabi, 76,8 (erkaklarda) va
79,9 (ayollarda) foizlarga qondirilgan, bu degani ularning kunlik iste'mol taomlaridagi kalsiy
miqdori me'yorga nisbatan mos ravishda 23,2 va 20,1 foiz kam ekanligidan dalolat beradi.
Biroq, ushbu kontingent aholisining fosforga bo‘lgan talabi biroz bo‘lsa-da qondirilgan. Ya'ni,
ularning iste'mol taomlaridagi fosfor miqdori me'yordagi 1200 mg o‘rniga tegishli ravishda
1112 va 1055 mg ni tashkil etdi.
Shahar aholisining kunlik ovqat ratsionidagi temir miqdori haqida shu narsani aytish
mumkinki, ularning kundalik ratsionidagi temir erkaklarda me'yordan ortiq, ayollarda esa
me'yoridan kam ekanligi kuzatildi. Chunonchi, 30-39 yoshli erkak va ayollarning ovqatidagi
temir miqdori 11,5 va 14,3 mg ni tashkil etib (me'yor mos ravishda 10 va 18 mg), u me'yorga
nisbatan erkaklarda 15 foiz ko‘p, ayollarda 20,6 foiz kamligi kuzatildi. Shahar aholisining
yodga bo‘lgan taqchilligi ko‘proq ayol kishilarda kuzatildi. Ya'ni me'yor hisoblangan 0,15 mg
o‘rniga, olingan natija 0,8 mg ni tashkil etdi. Bu me'yorga nisbatan 46,7 foiz kam ekanligidan
dalolat beradi. Erkaklarda esa ushbu mikroelementga bo‘lgan talab 86,7 foizga qondirilgan,
ya'ni me'yordagi 0,15 mg o‘rniga, 0,13 mg dan iboratligi aniqlandi.