siankobalamin deb ham ataladi. U qizil rangli kristall modda, hidsiz, mazasiz, suvda va spirda
sintezlanadi. Bu vitamin kam qonlilikni davolovchi, ya'ni antianemik xususiyatga ega bo‘lib,
16
aksariyat holda hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, qora mollar va jo‘jalarning jigarida ko‘p
bo‘ladi. Shuning uchun ayrim xalqlar qadim zamonlardan beri kamqonlilikni davolashda
jigardan muvaffaqiyatli ravishda foydalanib kelishgan. U yana tuxum sarig‘ida, buyraklarda
ko‘p uchrab, qatiq, suzmada maxsus mikroflora faoliyatidan hosil bo‘lib turadi. Amerikalik
olim V.B.Kastl odamlarda kam qonlilikni davolab ushbu kasallikning kelib chiqishi ikkita
omilga, ya'ni «ichki» va «tashqi» omillarga bog‘liq degan muhim xulosaga keldi. Ichki omil
shundayki, agar odam oshqozon shirasida xlorid kislota miqdori kamayib ketsa, B
12
vitaminning ichak devorlaridan qonga o‘tishini ta'minlaydigan maxsus tashuvchi oqsil modda
hosil bo‘lmas ekan. Tashqi omil esa iste'mol taomlarida vitamin B
12
mavjud oziqlarning
bo‘lmasligi yoki juda kamligi bilan xarakterlanadi. Bunday holat ko‘pincha faqat o‘simlik
mahsulotlari bilan taomlanadigan odamlarda (vegetarianetslarda) uchraydi. Kobalaminning
taqchilligi, birinchi navbatda, iliklarning qon ishlab chiqarishiga salbiy ta'sir qiladi. Mana shu
har ikkala omil tufayli yuzaga keladigan kamqonlilik ancha xavfli. Bunday odamlarda asab
tizimi faoliyati buzilib, u tez achchiqlanadigan, jahldor, tez charchaydigan bo‘lib qoladi. Bu
vitaminga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 3-4 mkg bo‘lib, oqilona ovqatlanish qoidalariga rioya qilib
yurilsa, uning avitaminozi juda kam hollardagina sodir bo‘lishi mumkin. Aytib o‘tish joizki,
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xotin-qizlar, ayniqsa homilador va sut emizuvchi
onalar orasida bu kasallikka chalinganlar ko‘p bo‘ladi. Aynan shu guruhga kiruvchilarda
oqilona ovqatlanish turli sabablarga ko‘ra buziladi. Ko‘pincha qishloq sharoitida ma'lum
iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli kamqonlilikning yuzaga kelishida ham ichki va tashqi omillar
o‘rin egallagan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan B
12
vitaminning nimada ko‘pligini va bu
mahsulotlar qanday iste'mol qilishda tarkibidagi foydali moddalar to‘liq saqlanib qolishini
tasavvur qilaolmaydiganlar ham oramizda ko‘p. Haftasida bir yoki imkon borida ikki marta
mol va tovuq jigarini turli xil ko‘katlar bilan iste'mol qilish bu vitamin yetishmasligini oldini
olishda, kamqonlilik xavfidan qutilishda muhim ahamiyat kasb etaldi.
Dostları ilə paylaş: