Qarshi davlat universiteti qo’lyozma huquqida



Yüklə 307,58 Kb.
səhifə9/26
tarix21.12.2023
ölçüsü307,58 Kb.
#187744
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Qo’lyozma huquqida-www.fayllar.org

B

1

vitamin (tiamin) tarkibida oltingugurt elementi (yunoncha tion-oltingugurt)
mavjudligi bois u tiamin deb aytiladi. U avvalambor nerv tizimining me'yoriy faoliyati uchun 
zarur. Shuning uchun ham tiamin taqchilligida polinevrit (beri-beri) kasalligi kelib chiqadi.
Yana u oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar va suv almashinuvida qatnashuvchi fermentlar 
tarkibiga kiradi. Vitamin B
1
donlarning murtagi va kepagida ko‘p bo‘ladi, kepagi to‘liq 

ajratilgan yuqori navli unlardan tayyorlangan mahsulotlarda (non, makaron, har xil pishiriqlar


va boshqalar) tiamin umuman uchramaydi desa ham bo‘ladi. Tanada tiamin yetishmasligi 
dastlab xotiraning pasayishi, serjahllilik, asabiylashish, uyquning buzilishi, ish qobiliyatining
pasayib ketishiga olib keladi. Agar uning oldi o‘z vaqtida olinmasa, oyoqlar qaqshab og‘riydi, 
kishi yurganda tez charchab qoladi, kichik va katta boldir muskullarda og‘riq paydo bo‘ladi,
yurak-qon tomirlari hamda oshqozon-ichaklarda me'yoriy faoliyat buziladi. Tiamin ishqoriy 
sharoitda juda tez parchalanib, kislotalik muhitga barqaror. Balki yegan taomlaringizda
vitamin B
1
yetarli bo‘la turib, ovqat ishqorli xususiyatga ega bo‘lsa, yegan taomlaringizda u 

allaqachon parchalanib ketgan bo‘ladi. Shu narsa aniqlanganki, bu vitamin qahva ta'sirida tez


parchalanib ketar ekan. Agar odam ovqatida karbonsuvlar, ayniqsa, shirinliklar ko‘p bo‘lsa
vitamin B

1
ga ehtiyoj ancha oshib ketadi. Qahva ichishni xush ko‘rgan ovqat o‘rniga turli xil 


shirinliklar yeb yuradigan yoshlarning (ayniqsa qizlarning) oyoq og‘rig‘i, parishonxotirlik,
asabiylashish, kayfiyat buzilishi kabi holatlarga shikoyat qilish ko‘pincha shu sabablidir. 
Tiamin yana yong‘oq, dukkaklilar (no‘xat, loviya) hamda cho‘chqaning jigar, buyraklarida,
xamir va pivo achitqisida ko‘p bo‘ladi. 
Bizning sharoitimizda yashaydigan mahalliy aholi ovqatida karbonsuvlar ob'ektiv va 

sub'ektiv sabablarga ko‘ra boshqalarnikidan ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun alohida qayd


qilmoqchimizki, asosan non va un mahsulotlari bilan taomlanadigan aholi vakillarida 
tiaminga bo‘lgan talab ma'lumotnomalarda keltiriladigan me'yoriy ko‘rsatgichlardan ancha
yuqori bo‘ladi. Gap shundaki, karbonsuvlar ko‘plab yeyilganidan keyin qonda pirouzum va 
sut kislotasining miqdori oshib ketadi, natijada ularning oksidlanish jarayoni buziladi va ular
organizmga zahar sifatida ta'sir qiladi. Oqibatda yuqorida aytib o‘tilgan noxushliklar yuzaga 


13


keladi. Bunday holatlarning oldi olinishida vitamin B
1
tengi yo‘q darmondoridir. Shuning 

uchun ham kundalik ovqatda vitamin B


1
ko‘proq bo‘lishiga erishmoq qishloq joylarida 

yashovchilarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lmog‘i kerak. Aks holda katta-kichik, ayolu-


erkaklar asabiylashgan bo‘lib, ishtahasi, ish qobiliyati past, xotirasi kuchsiz bo‘lib qolaveradi 
(14, 29, 30, 44).


Yüklə 307,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin