11
filloxinonga boy mahsulotlardan ko‘proq qo‘shilgan ovqat yedirish lozim. Odamda
uchraydigan vitamin K taqchilligiga ingichka ichakdan aynan shu vitaminning qonga
so‘rilishi sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunday holat enterit, interokolit kabi ingichka
ichak kasalliklari tufayli, serroz, o‘t yo‘lining qiyshayib o‘n ikki barmoq ichakka o‘t
suyuqligining kam chiqib qolishi xastaliklari oqibatida yuzaga keladi. Katta yoshdagi kishida
vitamin K bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 0,2-0,3 mg, homiladorlikda 2-5 mg, go‘daklarda 0,001-
0,012 mg (13, 26, 28, 33, 45, 47).
12
1.1.1.2.Suvda eriydigan vitaminlar
Suvda eriydigan vitaminlarga B guruh vitaminlar, biotin, xolin, P, C vitamin va
boshqalar kiradi.Ularning tarkibi, tuzilishi va ta'sir etishi yog‘da eriydigan vitaminlarnikiga
nisbatan ancha yaxshi o‘rganilgan(45).