Yog‘da eriydigan vitaminlarga A, D, E, K vitaminlar guruhi kiradi. Bu guruh
Bulardan tashqari A vitamin yetishmasligidan jinsiy bezlar o‘z funksiyasini to‘liq
karotindan ham hosil bo‘ladi. A vitaminning ikki vitameri-A
barcha hayvonlar, dengiz hamda chuchuk suv baliqlari jigarida va ichki a'zolarida bo‘ladi.
bo‘lgan kunlik ehtiyoji keyingi hisob-kitoblarga qaraganda o‘rtacha 5000 XB (Halqaro birlik),
8
iborat bo‘lgani maqsadga muvofiq ekan. Lekin, kishi og‘ir jismoniy ish bajarganida, sport
bilan shug‘ullanganida yoki boshqa kuchli stress omil (ruhiy, hissiy iztirobga tushishi, kuchli
og‘riq, yuqori yoki past atmosfera bosimi sharoitida ishlash va hokazo) ta'siriga uchraganida
uning retinolga bo‘lgan talabi bir necha marta oshib ketar ekan. Bunday paytlari vitamin A-ga
boy mahsulotlarni kundalik iste'molda ko‘paytirish kerak. Ushbu vitaminga eng boy
mahsulotlar bu qora mol jigari, sabzi, chetan (ryabina), chakanda (oblepixa), petrushka va shu
kabi mahsulotlar ekan. A vitaminining yetishmasligidan yuzaga keladigan asosiy
kasalliklardan biri bu qorako‘rlik yoki shapko‘rlikdir. Bunday odam qorong‘i tushishi bilan
tevarak-atrofni ko‘rmay qoladi. Shapko‘rlik o‘z vaqtida bartaraf qilinmasa, yosh chiqaruvchi
bezlarning atrofiyalanishi va ko‘z shoh qavatining qurib qolishi natijasida odam butunlay
ko‘rmay qolishi, kseroftalmiya kabi og‘ir xastalikka mubtalo bo‘lishi mumkin.
A vitamin tanada to‘qima va hujayralarning yangilanishi, yangidan hosil bo‘lishida
ham faol qatnashadi. Shu sababli yosh bolalarning o‘z me'yorida o‘sishi uchun uning yetarli
bo‘lishi muhim. Chunki oldin aytib o‘tganimizdek, tabiiy mahsulotlarda bir nechta vitaminlar
va ma'danli moddalar kompleks holda bo‘lib, bunday yetishmagan vitaminning organizm
tomonidan o‘zlashtirib olinishini yaxshilaydi. Bu borada sabzi suvini alohida ta'kidlash lozim,
undan har kuni 100 g ichib tursangiz ko‘pgina vitaminlar, jumladan A vitaminga bo‘lgan
ehtiyojingiz to‘la qonadi. Bitta olingan vitaminning tanaga singishi esa juda qiyin.
Dorixonalardagi mavjud vitamin preparatlaridan boshqa iloji bo‘lmaganida, masalan kasallik
avjiga chiqqanida tegishli mahsulotlar muhayyo bo‘lmaganida va boshqa holatlarda
foydalaniladi. Tayyor vitamin preparatlarini me'yoridan oshiqcha qabul qilishning xavfli
tomoni ham bor. Buni gipervitaminoz A deyiladi. Agar tanaga undan 15 mg yuborilsa,
zaharlanish sodir bo‘lib, bosh og‘rishi, qayt qilish, soch tushib ketishi, epiteliy
deskvamatsiyasi kabi holatlar ro‘y beradi. Bu vitaminni uning tabiiy manbalari hisobiga
me'yoridan ko‘p iste'mol qilgan bilan yuqoridagidek zaharlanish holati ro‘y bermaydi.
Chunki, birinchidan, yegulik mahsulotlaridan shuncha birlikdagi vitamin bor ovqat
yeyilmaydi va qayd qilinganidek, hyech qanday tabiiy manbada faqat sof vitamin A mavjud
bo‘lmaydi (13, 26, 28, 33, 45, 47).
Dostları ilə paylaş: