E vitamin ko‘payish vitamini ham deb yuritiladi, chunki uning tanada yetarli bo‘lishi
erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining faoliyat ko‘rsatishida ijobiy ahamiyat kasb etadi. E
vitamin faqat o‘simliklarda uchraydi, hayvon tanasida u sintezlanmaydi. Hayvonlarni sintetik
yo‘l bilan tayyorlangan oziq moddalari bilan boqish natijasida ular o‘sib rivojlansa-da, nasl
qoldirish xususiyatini yo‘qotadi. Ulardagi bu nuqsonni yo‘qotish uchun ishlatiladigan maxsus
omil yashil yaproqlar, ayniqsa, don murtagi hamda yong‘oqlardan ajratib olingan va vitamin
E nomini olgan.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sun'iy dieta (kazein,
kraxmal yoki
saxaroza, lyard, tuzlar, baliq moyi va achitqi aralashmasi) bilan boqilgan kalamushlar
ko‘payish qobiliyatini yo‘qotib, nasl bermaydigan bo‘lib qolishgan. Kalamushlarning
ovqatiga tabiiy
mahsulotlar-donlarning murtagi, yashil yaproqlar, dukkaklilar, yong‘oq va
ayniqsa donlar murtagining moyi oz miqdorda qo‘shilganda, bunday
salbiy holat bartaraf
etilgan. Ana shu tabiiy mahsulotlardagi ko‘payish uchun zarur bo‘lgan omil ye vitamin yoki
antisteril nomini oldi.
10
E vitamin pushtsizlik yoki bola bo‘lmaslik holatlarini tuzatishda ancha foydali
darmondori, shuning uchun ham uni uzoq vaqtlar faqat insonning ko‘payish bilan bog‘liq
xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi degan fikr hukm surib kelgan. Hozirgi kunda ham xalq
orasida E vitamin deganda jinsiy imkoniyatlarni kuchaytiruvchi vosita degan tushuncha keng
tarqalgan. Bu fikrning albatta asosi bor, lekin tokoferol aytilgan
funksiyadan tashqari
organizmning yana boshqa faoliyatlarida ham ishtirok etadi. Masalan bu vitamin qon
tomirlarini tromblardan (ivigan qon birikmalaridan) tozalaydi, yurak
muskullari faoliyatini
yaxshilaydi, damqisma va qandli diabet kasalligidan qutulishda yordam qiladi, hujayra
membranasining turg‘unligini ta'minlaydi, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarining oldini oladi va
hokazo. E vitamin yordamida yurak-qon tomirlari kasalligini
davolashni kanadalik olim
Vilfred Shute o‘zi ustida olib borgan kuzatuvlarida isbotladi. Kundalik ovqatida tokoferollik
mahsulotlardan ko‘p ishlatgani uchun 80 yoshida ham 50 yoshli odamdek ko‘rinishga va
hatti-harakatga ega bo‘lgan. E vitaminning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ular
o‘simlik yog‘larida mavjud bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan oksidlanib o‘zlaridan erkin radikallar
ajratib chiqaradigan yog‘ kislotalarining antioksidlovchisi bo‘lib xizmat qiladi. Erkin
radikallar hujayra membranasi orqali o‘tib uning ichiga shiddat
bilan kiradi va u yerdagi
me'yoriy biokimyoviy jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Bu holat organizm uchun bir
qator xavfli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Organizmda tokoferolning yetarli
bo‘lishi ana shu radikallarning hujayra membranasi orqali ichkariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymayd .
(13, 26, 28, 33, 45, 47).