Qarshi davlat universiteti qo’lyozma huquqida



Yüklə 307,58 Kb.
səhifə10/26
tarix21.12.2023
ölçüsü307,58 Kb.
#187744
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Qo’lyozma huquqida-www.fayllar.org

B



vitamin (riboflavin) ilk bor sutda topilgan, shuning uchun ham uni laktoflavin ham
deb atashadi. U organizmda doimiy suratda sodir bo‘lib turadigan oksidlanish va qaytarilish 
reaksiyalarini tezlashtiruvchi (katalizlovchi) fermentlarning kofermenti hisoblanadi. Vitamin
B
2

ning yetishmasligi natijasida bo‘y o‘sishdan qoladi, shuning uchun ham uni o‘sish vitamini


deyiladi. Yana xarakterli tomoni shundaki, tanada u kam bo‘lsa, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq 
qavati yallig‘lanadi. Ayniqsa, og‘izning ikki burchagida teri yorilib uzoq vaqt tuzalmaydi. Til
terisi, ko‘z shilliq qavati ham yallig‘lanishi mumkin, rangli ko‘rish zaiflashadi. Bundan 
tashqari riboflavin taqchilligi kamqonlilikka, sochlarning tushib ketishi, teri yuzasining
buzilishiga olib keladi. Uni ba'zan teri vitamini ham deyishadi, chunki bu vitamin yetarli 
bo‘lsa, teri silliq, yumshoq, yosh ko‘rinadi.
Riboflavinning avitaminozi sut, qatiq mahsulotlarini kam iste'mol qiladigan Afrika
Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlari orasida tez-tez uchrab turadi.
Agar bir kunda odam bir stakan sut, oz muncha suzma iste'mol qilib tursa, bu 
vitaminga bo‘lgan ehtiyoj qonadi. Issiq sharoitda jismoniy ish qiladigan va shu bois ko‘p
terlaydigan, mehnat qilish jarayonida ko‘rish a'zolariga katta yuklama tushadigan 
odamlarning bu vitaminga bo‘lgan talabi ancha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham bizning
serquyosh o‘lkamizda ko‘pincha mehnat faoliyati ko‘p miqdorda ter suyuqligi ajralishini 
taqozo qiladigan kishilar iste'mol qiladigan oziq moddalarda riboflavin belgilangan me'yor
darajasidan biroz yuqori bo‘lishi kerak.
Riboflavin sut, pishloq, tuxum, jigar, buyraklar, dukkaklilar, grechixa tarkibida mo‘l
bo‘lib, yorug‘likka juda chidamsiz, shuning uchun bu mahsulotlarni quyosh nurida 
qoldirmaslik yoki qorong‘i joyda saqlash ma'qul.


Yüklə 307,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin