14
Odamda pantotenat kislotasining taqchilligi oyoq barmoqlarning tez-tez uvishib qolishiga,
keyinchalik oyoq kafti va barmoqlarda kuchli kuyishgan og‘riq paydo bo‘lishiga olib keladi.
Bunday o‘zgarishlar moddalar almashinuvi jarayonida karbonsuvlar va yog‘larning bir-biriga
aylanishi holatining buzilishidan kelib chiqadi. Chunki, vitamin B
3
bu holatni boshqarib
boradigan fermentlar tarkibiga kiradi.
Bu vitaminni ba'zan umr uzaytiruvchi vitamin ham deyiladi, chunki u yetishmasa
sochlar oqarib, terilar bujmayib odam qarigandek bo‘lib qoladi. Pantotenat kislota quyosh
nuriga ancha chidamli bo‘lsa-da, ishqorli va kislotali muhitda darhol parchalanib ketadi.
Mol jigari, go‘shti, baliq, tuxum, xar xil donlar, dukkaklilar, rangli karam bu
vitaminga ancha boy, u qisman yo‘g‘on ichak mikroflorasi tomonidan ham sintez qilinadi.
B
6
vitamin (piridoksin yoki adermin) hidsiz, nordon mazali, kristall modda. B guruhi
vitaminlarga kiruvchi piridoksin oziq ovqat mahsulotlarida ko‘p uchraydi, shuning uchun
odamda bu vitamin taqchilligi kam uchraydi. U sholi kepagida, no‘xat va loviyada,
kartoshkada, karam, sabzi, har xil achitqilarda, hayvonlarning jigari, go‘shti va buyraklarida,
tuxum sarig‘ida serob bo‘lib, bu mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlar iste'mol qilish bilan
odamda unga bo‘lgan ehtiyoj (2,0-3,0 mg) to‘liq qonadi. Lekin, mehnat faoliyati og‘ir
jismoniy ish bilan bog‘liq kishilarda, ruhiy, hissiy zo‘riqishlarda, kasalliklar tufayli ko‘plab
antibiotiklar qabul qilinganida piridoksinga bo‘lgan talab bir muncha oshadi. Vitamin B
6
aminokislotalar o‘zlashtirilishini ta'minlaydigan ferment tarkibiga kiradi, u yetishmasligidan
tanada oqsillar hosil bo‘lishi pasayib ketadi. Piridoksin ishtirokida aminokislotalarning bir
turdan ikkinchisiga aylanishi organizm uchun juda muhim, chunki bu holat tanada tegishli
oqsillar sintez bo‘lishi uchun aminokislotalar fondini yaratadi. Shuning uchun ham bu vitamin
yetishmaganida zarur oqsillar taqchilligi tufayli u yoki bu kasalliklar kelib chiqadi. B
6
vitaminning avitaminozi kalamushlarda teri kasalligi dermatitini chiqaradi. Bu kasallik tiamin
va riboflavin qabul qilish bilan tuzalmaydi. Qachonki bunday bemor kalamushlar ovqatiga
jigar, achitqi, sholi kepagi qo‘shib berilganida ular yaxshi bo‘lishgan. Keyinchalik bu
mahsulotlarda dermatitni davolaydigan modda ajratib olinib (1938 y) unga vitamin B
6
yoki
piridoksin-adermin degan nom berilgan.
Piridoksin oshqozon-ichak tizimida sintezlanishi
ham mumkin, degan fikr bor, chunki organizmdan ajralgan piridoksin parchalanishining
mahsulotlari, uning ovqat bilan qabul qilinganiga qaraganda biroz ko‘p bo‘lar ekan.
Dostları ilə paylaş: