So‘nggipaytlardarespublikamizolimlarixalqpedagogikasiningmanbalaridoirasinikengaytirishnitaklifqilishmoqda.“Yevropapedagogikasidatarbiyauchunzarurbo‘lganumuminsoniyxislatlarningmavjudliginitanolganholda,YanAmosKomenskiy,Ushinskiy,Makarenkolarning ilmiy merosiy ahamiyatini e’tibordan chetda qoldirmay, bizda ham boshqaxalqlardabo‘lganikabiBeruniy,Forobiy,Imomal-Buxoriy,At-Termiziy,Navoiy,Avloniy,Behbudiy,Munavvarqorikabimashhurmutaffakkirlarborliginiunutmasligimizlozim.Yoshlarimiz ko‘p yillar mobaynida ulardan, buyuk merosdan bebahra bo‘lishganligi esa achinarliholdir.”.ko‘ribchiqishkerak Shuni ham nazarda tutish kerakki, bu sanab o‘tilgan shaxslarning barchasi Beruniy, Farobiyva Navoiylardan tashqari bevosita islomga aloqador bo‘lishgan. Imom Buhoriy (810-870) islom olamida mashhur hadisshunos olim hisoblanadi. 600000 hadis ichidan 7400 sahih hadisni tanlab olib, u “Al-Jome’ Sahih” kitobini yozgan, bu asar Qur’ondan keyingi o‘rinda turuvchi muqaddas kitob hisoblanadi.
At-Termiziy- eng yirik musulmon olimlaridan biri, 80 tadan ko‘p islom tarixi, ta’limoti, so‘fiylik nazariyasiga bag‘ishlangan asarlar yozgan. Uning “Shamoyili Muhammadiya” (Muhammad hayoti) asari barcha diniy o‘quv yurtlarida darslik hisoblanadi. Gap shundaki, aksariyat voqea-hodisalar islomning paydo bo‘lish davriga tegishli bo‘lsa, ularning katta qismi islomning keyingi rivoji bilan bog‘liq. Hadislarning obro‘si bilan islomda shakllanayotgan yangi
tamoyillar, diniy, huquqiy, maishiy va ma’muriy amaliyotning barcha sohalari yoritilgan. Hadis shaklida islomga madaniy va g‘oyaviy merosning ko‘pgina turlari kirdi. Biroq hadislar Qur’on va islomdan tashqarida mavjud bo‘lmaydi.
Islom monoteistik din, ya’ni uning mazmuni yagona xudo-Allohga iymon keltirishdir.Bu dinning asoschisi payg‘ambar Muhammad s.a.v.(570-632). Musulmonlar o‘limdan keyingi hayotga ishonishadi. Ularning muqaddas kitobi Qur’ondir.
Qur’on matni VII asrda yozilgan. Xalifa Usmon davrida Qur’on yagona kitob shakliga keltirilgan va uning boshqa barcha matnlari yo‘q qilingan. Qur’on 114 suradan iborat. Oddiy musulmon Qur’onning murakkab suralarini faqatgina tafsirlar orqali tushunishi mumkin. Eng mashhur tafsirlar At-Tabariy, Zamahshariy, Baydoviy, Fahriddin, ar-Roziy, al-Qurtubiyga tegishli. Natijada sunna-Qur’onni mazmunini tushunishini boshqarish yaratilgan. Sunna oila a’zolari, qabila a’zolari orasidagi munosabatlarini tartibga keltirgan, yozilmagan axloqiy qoidalar sifatida ham qo‘llanilgan. Sunna hadis shakliga ega. Hadislarni yig‘ish, ularni ajratishga ko‘p olimlar o‘z umrlarini bag‘ishlaganlar. Islomga muvofiq Qur’on barcha musulmonlar bo‘ysunishlari lozim bo‘lgan muqaddas kitobdir.
Muhammad (s.a.v.) va sahobalarning hayotidagi hatto ahamiyatsiz oilaviy sunnalar ham ilohiylashtirilgan va insonlarning eng katta xohishi payg‘ambarga o‘xshashga harakat qilish bulgan. Bu o‘xshashlik nafaqat milliy tamoyillarni qabul qilish balki marosimlar, odatlarni ham qamrab olgan. Qur’on aslida ijtimoiy-huquqiy qoidalar yig‘indisi hisoblanadi. Qur’on nafaqat Sharqda balki Yevropada ham nihoyatda e’zozlanadi.
VII asrning o‘zidayoq islom inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi insonning ijtimoiy huquq va erkinliklarini e’lon qildi.
Shariatning huquqiy qadriyatlari ijtimoiy xarakterga ega va quyidagi tamoyillarga asoslangan odil jamiyatni ifodalaydi:
jamiyatning barcha a’zolarining irqi, tili va diniy mansubligidan qat’iy nazar tengligi;
jamiyat barcha a’zolarining teng mas’uliyatga egaliklari, chunki ular bitta manbadan kelib chiqganligi;
inson hayoti va erkinligi tengligi;
oila jamiyatning asosidir: jamiyat oilani o‘z himoyasiga oladi va unga g‘amxo‘rlik qiladi;
boshqaruvchi va boshqariluvchilarining tengligi;
yagona Alloh barcha narsaning egasi va u tomonidan yaratilgan ne’matlar barcha mavjudot va maxluqotlarga uning hadyasidir. Har bir inson bu hadyadan o‘z bo‘lagini olishga haqli.
xalq va jamiyatga tegishli barcha siyosiy, ijtimoiy va boshqa masalalar xalq bilan maslahatlashib hal qilinishi lozim.
o‘zining dunyoviy ishlari uchun har kishi jamiyat oldida javob beradi. Inson va ma’naviy hayotga tegishli ishlari uchun esa-faqatgina Alloh oldida;
jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lmish inson ma’n etilganlarni sodir etayotgan shaxsga qarshi da’vo qilishi mumkin va sh.k.
Islom hadislarda bayon etilgan eng muhim inson huquqlari sifatida quyidagilarni kafolatlaydi:
yashash huquqi, o‘limdan so‘ng esa janoza o‘qilishiga “Agar birortangiz birodaringizni kafanlasangiz, bu ishni hurmat va mehr bilan qiling”, “o‘liklarni urishmang, ular o‘tmishlarini tugatishdi”;
erkinlik huquqi, “siz qachon odamlarni qulga aylantirdingiz. Axir ular ozod tug‘ilishgan edi-ku?”
tenglik huquqi, “arab boshqalardan, boshqalar esa arabdan ustun emaslar, qora sariqdan, sariq esa qoradan ustun emas. Ustunlikka sazovor bo‘lgan inson ustundur”;
Islom dini besh asosga tayanadi:
Iymon-Allohdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad (sav) uning rasuli.
Solat-musulmon kunida besh mahal bajaradigan ibodat (namoz).
Ro‘za, ramazon musulmonlar uchun muqaddas oy, chunki aynan shu oyda Muhammad (sav) payg‘ambar bo‘lgan.
Haj – har bir imkoni bor musulmon Makkaga haj safari uyushtirishi lozim.
Tarbiyaviy vositaga ega bo‘lgan Qur’on oyatlari muhim ahamiyatga ega. Ularda ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabat haqida bolalarni tarbiyalayotgan ota-ona nimaga intilishi haqida, shuningdek ular yetmoqchi bo‘lgan maqsadlar ham aniq belgilab qo‘yilgan.
Qur’on musulmonlar hayotining mazmuni va maqsadi haqidagi qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatgan va uning g‘oyalari musulmon halqlarining madaniyatidan chuqur joy olganlar hamda xalq pedagogikasi manbalari-maqol, rivoyat, ertaklar va boshqalarga har tomonlama ta’sir ko‘rsatgan.
O‘sib kelayotgan avlodning tarbiyasi va ijtimoiy jarayonlarga moslashuvida bilim, unga munosabat masalasi doimiy muammo hisoblanadi. Bu muammo zamonaviy sharoitda yanada keskin ko‘rinish kasb etmoqda. Bir tomondan iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan jarayonlar shunga olib keldiki, bilimsiz odamlar katta pul topadigan bo‘lishdi. Ularning topganlari bilan ziyolilarning maoshini tenglashtirib bo‘lmaydi. Buning hammasi yoshlarda bilim olishga qiziqish pasayishiga sabab bo‘ldi. Ularga bilim olish moddiy va ma’naviy muvaffaqiyat garovi bo‘lib tuyulmayapti. Boshqa tomondan esa bozor munosabatlari va unga bog‘liq bo‘lgan texnikaning doimiy
yangilanishi, korxonalar orasidagi raqobat, ishsizlik yoshlardan faqat chuqur bilimlar, balki ularning doimiy yangilanishini ham talab qiladi.
Yoshlarning bilim olishida Qur’on tayanch bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, Qur’onda “ilm” so‘zi 750 marta uchraydi. Agar Qur’on 780000 so‘zdan iboratligini inobatga olsak, “ilm” so‘zi muqaddas kitobning ma’lum qismini tashkil qilishi ma’lum bo‘ladi.
Qur’on inson bilimlarini ikkiga ajratadi- diniy va dunyoviy. Diniy bilimlar-dunyo asoslarini, dunyo yaratilishini bilish. Bilimning bu turi inson yetishishi mumkin bo‘lgan eng oliy cho‘qqidir. Bu masalaga qisqa to‘xtalib o‘tsak.
Qur’onda inson ega bo‘lgan dunyoviy bilim haqidagi oyatlarni uchratamiz. U badanning uch a’zosi-ko‘z, quloq va yurak bilan qo‘lga kiritildi.
Bilimning holatlaridan tashqari Qur’on uning rivojlanishining dialektik, dinamik jarayonini va inson tomonidan o‘zlashtirilishini ham qayd etadi. Buning hammasi Muhammad
bu fenomenga qanchalik e’tibor berganligidan dalolat beradi. Endi esa Qur’on qoidalari hadislarida o‘z rivojini topishini ko‘rib chiqamiz. F.Rouzental to‘liq hajmda Imom Buxoriyning “as-Sahih” asarini tahlil qilib chiqqan va ularda bilim bilan bog‘liq quyidagi g‘oyalarni ko‘rsatib o‘tgan:
bilim talab qilish jannatga yo‘l ochadi;
bilim faqatgina o‘qish orqali qo‘lga kiritiladi;
inson rahbar bo‘lishidan oldin bilimli bo‘lishi kerak;
ayollarni o‘qitishga ruxsat berilgan;
ilm va olimlarning yo‘qolishi dunyoning oxiriga yetganini bildiradi.
Boshqa mashhur hadislarda ham islom nuqtai nazaridan bilim va fanlar naqadar qadrli ekanligini bildiruvchi g‘oyalar uchraydi:
to‘lin oy qancha yulduzlardan ustun bo‘lsa, olimlar mo‘minlardan shunchalik ustundirlar.
olimlar o‘zlaridan keyin pul emas, bilim qoldiruvchi vorislardir.
Har bir alohida shaxsning ijtimoiylashtirish munosabati bilan Qur’onning hayot va inson mehnatiga nisbatan bo‘lgan munosabati haqidagi g‘oyalarining ahamiyati katta. Islomshunoslarning tadqiqotlarida islomning inson hayoti va mehnatga nisbatan munosabati borasida izlanishlar olib boriladi. Qur’on boyliklarni qoralaydi, biroq u barcha boylikni emas, balki Xudo qismatni musulmonning farzlarini unutishga chorlovchi boylikni qoralaydi. Agar boylik din nuqtai nazaridan halol topilgan bo‘lsa va zakoti berilsa, uni islom qonuniy hisoblaydi. Qur’on harakatsizlikni ham qoralaydi. U ham dunyoviy, ham diniy ishlardagi faol kishilarni yoqlab chiqadi.
Bu borada tarbiya tizimiga hadislarni qo‘shish nihoyatda maqbul hisoblanadi. Chunki ularda payg‘ambarning hayoti va faoliyatidan turli hikoyalar va uning axloqiy pandlari mavjud.
Hadislarda islom asoslarining sharhlari berilgan, mehribonlik, muqaddas dargoh, tozalik, halol- harom, ayyorlik kabi tushunchalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yaxshilik, yomonlik, axloq to‘g‘risida o‘gitlar berilgan.
Hadislarning pedagogik tahlili ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan eng muhim mazmuniy yo‘nalishlarini aniqlash imkonini berdi:
“go‘zal xulq sohibi” – u insonlarning bir-biriga ishonchini paydo qiladi;
o‘z xatolarining tan olinishi xalqning buyukligidan dalolat beradi;
o‘z fikrini bildirish – inson kuchining ifodasidir. O‘z fikrini bildirmaslik esa shariat va sog‘lom fikrlashga nisbatan norozilik alomati;
o‘z farzini tushunish va uni ixtiyoriy bajarish insonda yaxshi xislatlar paydo bo‘lishiga olib keladi; insonning o‘z Vatani, do‘stlari, xalqi oldida majburiyatini bajarishi-inson tarbiyalanganligining ko‘rsatkichi;
hayotda vaqtning qadriga yetish-insonning va jamiyatning rivojlanishining asosiy shartidir;
sabr qilish baxtsizlik, yetishmovchilik, kasalliklarni yengishga yordam beruvchi xislatlar. Muvaffaqiyatga erishish uchun aqldan tashqari sabr ham talab qilinadi;
insonni farishta darajasiga ko‘taruvchi, bu - hislatdir. Undan mahrum bo‘lgan kishida asl sevgi bo‘lishi mumkin emas. Ichkilikbozlik, fahsh, zino-buning hammasi irodasizlikdir. Bunday insonlar atrofdagilarga, o‘z xalqiga zarar keltiradi;
chuqur fikr yuritish-insonning aqliy voyaga yetganlik alomatidir;
kim o‘z o‘tmishini yo‘qotsa-uning kelajagi yo‘qdir. Qariyalarning hikmatlarini unutgan yosh avlod iymonni ham unutadi va shunda yovuzlik yaxshilik ustidan g‘alaba qozonadi