Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə66/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o’z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar kiradi: irsiy xususiyatlar; aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko’rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi va boshqalar; organizmga psixofiziologik zo’r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog’liq bo’lgan psixofiziologik xususiyatlar.

  • Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining aktsetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g’ayriadekvant reaktsiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo’ladi. Yorqin namoyon bo’lgan psixopatiyaga (tentaklik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlar. Ruhiy me’yorning eng keskin varianti hisoblanmish aktsentuatsiyaga ega bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiy-tibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va xarakterning ba’zi ruhiy hislatlari shakllanadi. O’smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: yoki u yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki ko’nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda uning himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaktsiyalar, atrofdagilar bilna munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik, psixik rivojlanishning to’xtab qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon bo’ladi. O’smirlarga xos bo’lga rad etish, qarshi chiqish kabi hislatlar odatda birbiriga emotsional bog’liq bo’lgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi. O’smir axloqiy qadriyatlari tizimining shakllanmaganligi holatida uning qiziqishlari g’arazli xarakter kasb eta boshlaydi. Bunaqa o’smirlarga infantilizm, ko’ngilochar hikoyalar xosdir.


  • Yüklə 4,45 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   187




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin