Har bir fanni shu fanning o’rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida aks etadi. Tushuncha - real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o’zgaruvchanligi va ko’p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan xarakterga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog’liq ravishda o’zgaradi. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo’llaniladigan yanada kattaroq, amaliy tushunchalardir. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalariga olimlar “ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya”ni kiritishadi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta‟lim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqida ko’p bilimlarni o’zlashtiradi. U shuningdek, uning jamiyatga ko’nikishiga yordam beruvchi turli ko’nikma va malakalarni ham o’zlashtiradi. Bu jarayon ayniqsa bolalikda juda jadal amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh Yoshgacha uning keyingi hayotida o’z aksini topuvchi nihoyatda ko’p bilimlarni oladi. Bolalar ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati shuki, bola jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. U bularni faqat o’zlashtirib boradi. Shuning uchun bolalarning ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagoglar, “agent”lar) ta’siri katta bo’lib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o’zlashtirishlari, ularni hayotda qo’llashga intilishlari aynan ularga bog’liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog’liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida ma’lumki bola avvalo akademik bilimlarni o’zlashtiradi. Biroq shu bilan bir paytda u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko’nikma va malakalarni qo’lga kiritadi. Bu bilim, ko’nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak bo’lganda juda zarur bo’ladi Ijtimoiylashuv tushunchasi. "Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy iqxisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy iqtisodiyotda yer va ishlab chiqarish vositalarining umumlashuvi ma’nosini anglatgan.