Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida va shakllanishi jarayonida u bilan bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutadilar. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda “ijtimoiylashuv agentlari’1 deb hrm nomlanadi. Turli Yosh davrlarida agentlarning tarkibi turlicha buladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga turmush o‘rtog‘I va hamkasblari ham qushilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rniga, inson uchun ahamiyatiga qarab agentlar faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan agentlarga farqlanadi.
Ijtimoiylashuvmexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard, amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlaridan V. S. Muxina va A. V. Petrovskiylarning tadqiqotlarida ijtimoiylashuv mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltiriladi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko‘rsatish imkonini beradi:
P. Podlasiy tasnifi bo‘yicha, ijtimoiylashuv mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Bostirish mexanizmi. Uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmningtashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga bulinadi.
G‘ayriixtiyoriy mexanizm unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning kengtarqalgan usulidir.
Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson uzi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish mexanizmi, odatda, nizolarni hal qilishda kuzatiladi.
O‘z-o‘zini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuk^ari do‘stlarinikidan ko‘ra ahamiyatsizroqtuyulsa, uning uziga nisbatan hurmati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. Bu esa uning o‘z “Men”ini cheklab qo‘yishi va qiyinchiliklar oldida ojiz qolishi, demakdir. Ba’zi hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi mumkin. Biroquzoq muddatli o‘z-o‘zini cheklash o‘z-o‘ziga baho berishning pasayishiga olib keladi.
Oqibatda bola o‘z salohiyatini bilmay turib, ilk muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan ishini tashlab qo‘yib, oqimga qarab suza boshlaydi;