Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Eksiztensial bosim mexanizmi



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə21/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Eksiztensial bosim mexanizmi — tilni o‘zlashtirish va o‘zaro munosabatga kirishganda kerak bo‘ladigan ijtimoiy xulq- atvor meyorlariga anglamagan holda ega bo‘lish.
Taqlid — biror-bir “namuna”ga o‘xshash uchun harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba tuplashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo‘llaridan biridir.
Refleksiya mexanizmi — ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro‘-e’tiborli Shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “Men” obrazlari orasidagi real va xayoliy Shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro‘y beradi. Bundan tashqari, ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogic mexanizmlariga an’anaviy va institutsional mexanizmlari I ham kiritsa buladi:
An’anaviy mexanizm inson tomonidan oila, atrof-mu\it,qo‘shnilar, o‘rtok^ariga xos meyor, qarash steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zlashtirish ongsiz ravishda amalga oshirilib, taassurotlar yordamida sodir buladi.
Institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni tuplashi mumkin. Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, Yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabat jarayonida yuzaga keladi.
Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Hozircha ularning hammasi ham anik^anmagan bo‘lib, ular haqidagi bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo‘linadi: tashqi va ichki.

Tashqi omillarga quyidagilar kiradi:


Megaomillar (mega — eng katta) — kosmos, yer shari va planetar jarayonlar.
Makroomillarga (makro — katta) — davlat, xalq, jamiyat, shuningdek, bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barcha aqolisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan omillar kiritiladi.
Mezoomillar (mezo — o‘rta) — hudud va yashash joyidagi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvining shart- sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga hamda shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi.
Mikroomillar, ya’ni muayyan Shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar bulib, bunga oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guru>ugari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi.
Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadi gan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi.
Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari, ichki biologic omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Shu sababli zamonaviy ilmiy nazariyalarda Shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar, ularning o‘zaro munosabati kuzatiladi.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin