Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə20/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Loyihalash mexanizmining mohiyatini o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli, deb hisoblash tashkil qiladi. O‘ziga yoki boshqalarga qarshi krratilgan salbiy hissiyotlar yordamida inson o‘ziga bo‘lgan hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson boshqalardan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin deb hisoblaydi.
Identifikatsiyalash ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi xayolan o‘zini o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya obyekti
nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. Identifikatsiyaning to‘liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud.
Identifikatsiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bog‘liq. Bunda boshqalarning xislatlari, go‘yoki “ketma- ket terilganday” maxsus o‘zgartirilmagan holda bola ongida o‘zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsada, uning natijalarini anglab olish unchalik murakkab emas.
Empatiya mexanizmi boshqa odamning hissiy qolatiga hamdard bo‘lish. Bu mexanizm hissiyotga boy Shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega.
Intellektuallashuv mexanizmida katta Yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o‘tish, institutga kirish) duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi.
Harakatlarii bekor qilish mexanizmi fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so‘raganida, uning xatolarining kechirilishi va sof vijdon bilan faoliyatini davom ettirishiga ishonadi.
Ko‘pchilik shu tarzda komillikka erishadi.

  1. V. Mudrikning fikricha, psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

Imprinting (xotirada saqlab qolish) — insonning unga ta’sir qiladigan hayotiy muhim obyektlarni eslab qolishi. Bu
mexanizm, odatda, go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi. Biroqkeyingi Yosh davrlarida ham imprintingni kuzatish im iz mumkin.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin