Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Tarbiya oilaviy, diniy, ijtimoiy turlarga ajraladi, ularning o’rni, ahamiyati va o’zaro munosabati o’zgarmay qoladi



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə3/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Tarbiya oilaviy, diniy, ijtimoiy turlarga ajraladi, ularning o’rni, ahamiyati va o’zaro munosabati o’zgarmay qoladi.


  • Tarbiya jamiyatdagi katta avloddan yosh avlodga qarab yo’naladi va borgan sari ko’proq yosh guruhlarini qamrab oladi.
  • Ijtimoiy tarbiya jarayonida uning tarkibiy qismlari sifatida ta’lim olishni, keyinchalik ma’lumotli bo’lishni ajratsak bo’ladi.


  • Korreksion tarbiya paydo bo’ladi.
  • Totalitar, siyosiy va jinoyatga moyil jamiyatlarda g’ayri-ijtimoiy tarbiya amalga oshiriladi.


  • Tarbiyaning vazifa, shakl, usul va vositalari o’zgaradi.
  • Tarbiyaning ahamiyati ortadi.


    U jamiyat va davlatning alohida funksiyasi bo’lib qoladi va ijtimoiy institutga aylanadi. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: oilaviy, diniy, ijtimoiy, korreksion tarbiyalar majmuasi; ijtimoiy rollar yig’indisi; tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar, oila a’zolari, din arboblari, mintaqaviy, hududiy tarbiya tashkilotlari rahbarlari, jinoiy va totalitar guruhlar yetakchilari; turli xildagi tarbiya muassasalari; ijobiy va salbiy sanktsiyalar yig’indisi; tarbiyachilarning ta’lim va professional tayyorgarligi darajasi. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida ijtimoiy hayotda muayyan vazifalarga ega.
    Tarbiyaning eng umumiy vazifalari quyidagilar:

    • Jamiyat a’zolarida bir maqsad sari qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish va ular tomonidan tarbiya jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan bir qator ehtiyojlarning qondirilishi uchun sharoitlar yaratish. Jamiyatda faoliyat yuritish va uni rivojlantirishga qodir bo’lgan kadrlarni tayyorlash. Ijtimoiy hayot barqarorligini madaniyatni avlodlarga meros qoldirish orqali ta’minlash. O’zgaruvchan ijtimoiy holatlarga jamiyat a’zolarini moslashishini ta’minlash. Jamiyat a’zolarining intilishlari, maqsadlarining birlashishini va ijtimoiy, kasbiy, etnokonfessial guruhlar manfaatlarining uyg’unlashuvini ta’minlash. Ijtimoiy pedagogning bu yo’nalishlarga bog’liq asosiy faoliyati zamonaviy tarbiya tamoyillari asosida quriladi. \

    Tarbiya tamoyillari. Tarbiya tamoyillari - tarbiyani amalga oshirish qoidalari bo’lib, ular asosida nazariyalar ishlab chiqiladi va tarbiyaning metod, shakl va vositalari amalga oshiriladi. Tarbiyaning insonparvarlik tamoyili. Tarbiyani insonparvarlashtirish zarurati haqidagi g’oya dastlab chex pedagogi Yan Amos Kamenskiyning asarlarida yaqqol ifodasini topgan. XVIII asrdan boshlab u turli davlatlar pedagoglarining tadqiqot ob’ektiga aylangan. Bu g’oya XVIII asrda frantsuz mutafakkiri Jan Jak Russo va rus pedagogi L.Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida, XX asrda insonparvarlik psixologiyasida va insonparvarlik pedagogikasida o’z aksini topgan. Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan insonparvarlashuv tamoyili pedagogning o’z tarbiyalanuvchisiga, uning rivojlanish jarayonida mas’uliyatli va mustaqil sub’ektga nisbatan munosabatda bo’lishini ko’zda tutadi.
    Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, o’smirlar, Yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi natijasida:

    • tarbiya ijtimoiylashuv obekti bo’lmish inson qay darajada g’ayri ijtimoiy qadriyatlarni emas, balki ijobiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirishini aniqlaydi;

    • tarbiya inson o’zini ijtimoiylashuv sub’ekti sifatida his qilishi, o’z sub’ektivligining namoyon qilishi va taraqqiy etishi uchun sharoit yaratadi;

    • tarbiya inson uchun jamiyatga moslashuv darajasini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi;

    • tarbiya insonni muayyan Yosh bosqichlarida xavflar bilan to’qnash kelishiga yo’l qoymasligi yoki insonning ijtimoiylashuv qurboniga aylanishi ehtimolini kamaytirishi mumkin.


    Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish tarbiyalanuvchida refleksiya va o’z-o’zini tartibga solishni rivojlantirishga, uning tashqi olam bilan munosabatlarini shakllanishiga, g’urur hissining oshishiga, jamiyatda demokratik va gumanistik munosabatlarni tashuvchisi bo’lgan insonning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yanada kengroq ma’noda insonparvarlashuv tamoyilining amalga oshishi insonlar orasidagi aloqalarning yaxshilanishi, ijtimoiy taraqqiyot uchun kurashda insonlarning birlashishiga ko’maklashadi.
    Tarbiyaning tabiat bilan uyg‟unligi tamoyili. Tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi haqidagi g’oya antik davrlarda paydo bo’lgan va bizgacha Demokrit, Aflotun, Arastu asarlari orqali yetib kelgan. Tarbiyaning tabiat bilan uygunligi haqidagi tamoyilni XVII asrda Yan Amos Komenskiy
    ta’riflagan va u XVIII-XIX asrlarda pedagogikada keng rivojlangan. XX asrda tabiat va inson haqidagi fanlarning rivojlanishi tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyilini ancha boyitdi. Bunda rus olimi V.I.Vernadskiy tomonidan noosfera haqidagi ta’limotning yaratilishi ham muhim rol oynadi. Noosfera – rivojlanishning shunday bosqichini aks etadigan tushunchaki, u bosqichda insonning ongli faoliyati global muammolarning paydo bo’lishi va hal etilishiga ta’sir qiladi. Tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyili tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning o’zaro aloqasini ilmiy tushunishga, inson va tabiat taraqqiyoti rivojlanishning umumiy qonunlari bilan mos kelishiga, insonning yoshi va jinsini hisobga olgan holda tarbiyalashga, shuningdek uni o’z rivojlanishiga o’zini javobgar etib tarbiyalashga va noosferaning kelajakdagi taraqqiyotini shakllantirish uchun mas’ul ekanligini ko’zda tutadi.




    inson:
    Yuqoridagilarga asoslangan holda tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyiliga ko’ra





    • o’zini borliqning bir bo’lagi deb sezishini;

    • roy berayotgan planetar jarayonlarni va undagi mavjud global muammolarni

    tushunishini;

      • o’zida noosfera uchun mas’uliyatni sezishini;

      • o’zini noosferani yaratgan sub’ekt sifatida bilishini hamda tabiat, planeta va biosferaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirilishi kerakligini ko’zda tutadi.

    Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili. Tarbiyaning madaniylashuvi zaruriyati g’oyasi ingliz pedagogi Jon Lok (XVIIIasr), fransuz mutafakkiri Klod Gelvetsiy (XVIIIasr) va shvetsariyalik pedagog Iogann Pestalotstsi asarlarida yaqqol namoyon bo’ladi. XIX asrda nemis



    pedagogi Fridrix Disterverg tomonidan berilgan ta’rifga asosan tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili madaniyatning umuminsoniy qadriyatlariga asoslanishi, u yoki bu milliy madaniyatlarning qadriyatlari va me’yorlariga mos bunyod etilishini ko’zda tutadi.
    Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili o’z oldiga bolalar va o’smirlarga xalq hamda jamiyat madaniyatining turli yo’nalishlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rgatishni maqsad qilib qoyadi. Bunda madaniyatning maishiy, jismoniy, ma’naviy, aqliy, moddiy, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yo’nalishlari nazarda tutilmoqda.
    Tarbiyaning madaniylashuvi tamoyilining amalga oshirilishi umuminsoniy xarakterdagi madaniy qadriyatlarning turli jamiyatlarda farqlanishi sababli qiyinchiliklarga duchor bo’lmoqda. Bizning davlatda shahar va qishloq aholisi o’rtasida, shaharda esa turli ijtimoiy kasbiy guruhlar orasida farqlar mavjud. Shu bilan bir vaqtda turli madaniyat va submadaniyatlardagi qadriyatlar o’rtasidagi muvozanatni saqlash tarbiya samaradorligining shartlaridan biridir.

    Tarbiyaning variativligi tamoyili. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan aniqlanadi. Tarbiya variativligi tamoyili insonning mintaqaviy va lokal darajada umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va lokal sharoitlarni inobatga olib, insoniy, yosh, differentsial va individual yondashuvlar asosida manaviy qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilining ta’rifini XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab roy bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sababli asoslash imkoniyati yaratildi. Bu o’zgarishlar insonning jamoaviy guruhlar hamda jamiyatning yosh va ijtimoiy guruhlari maqsadlari bilan bir qatorda individual maqsadlarini tan olish, ta’limning etnik xususiyatlar va mintaqaviy sharoitlarga mos qilib isloh qilish uchun sharoitlar yaratish kabilar bilan izohlanadi.
    Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarurdir:

      • turli yoshdagi shaxslarning manfaatlari va ehtiyojlarini, turli etnik qatlamlarning ijtimoiy-kasbiy talablarini, hududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini qondirish uchun turli xildagi tarbiya muassasalarini tashkil etish;

      • ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va munitsipial tizimlarini tashkil etish;

      • mahalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish;

      • inson tomonidan o’zining rivojlanish strategiyalari, hayotiy va kasbiy yo’llarini tanlashdagi imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratish.


    Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Bolaning ijtimoiylashuvi mikroomillarning ta’sirida, tengdoshlari va kattalar (oila, qo’shnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan o’zaro munosabatlarida roy beradi. Ijtimoiy tarbiya bir tomondan jamoalarda amalga oshiriladi, boshqa tomondan esa bolalar va o’smirlar jamoa hayotiga ob’ektiv zaruriyat sifatida kirib boradi. Jamoa tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g’oya juda qadimda paydo bo’lgan, uning nazariy asoslari esa XIX asrdan boshlab pedagogik nuqtai nazardan jadallik bilan ishlab chiqilgan. Jamiyatning hozirgi rivojlanish bosqichida real hayotdagi inson ijtimoiylashuvi muammolari va insonning o’zgarib turuvchi dunyoga kirishi jamoaviy tamoyilni ijtimoiy tarbiyaning yetakchi tashkiliy asosi deb hisoblashga zamin yaratadi. Jamoaviylik tamoyilining zamonaviy ta’rifiga ko’ra ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa jamiyatga ko’nikish tajribasini qo’lga kiritish imkonini beradi.
    Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat ekanligi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi suhbatning zarurligi g’oyasi qadimgi Elladada paydo bo’lib, o’rta asrlar ta’lim metodlarida, keyinchalik esa bir qator pedagoglarining asarlarida o’ziga xos rivojlanishga erishdi. So’nggi o’n yilliklarda tarbiyaga sub’ekt-ob’ekt jarayoni sifatida qarash, keyinchalik esa, bu yondashuvni pedagogik amaliyotda tarqatish bu tamoyilni pedagogika uchun eng muhim tamoyilga aylanishiga olib keldi.


    Yüklə 4,45 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin