Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


SF = (EBIT – I) x (1 – T) + DA x T – DIV



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə31/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

SF = (EBIT – I) x (1 – T) + DA x T – DIV
Bu yerda:
EBIT – foiz va soliqlar tо‘langunga qadar foyda;
I – qarzlarga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha xarajatlar (foiz tо‘lovlari);
T – foyda solig‘i stavkasi;
DA – amortizatsiya;
DIV – mulkdorlarga dividend tо‘lovlari.
Yuqoridagi formuladan kо‘rinib turibdiki, korxonaning о‘z-о‘zini moliyalashtirish qobiliyatiga moliyaviy-xо‘jalik faoliyati davomida amalga oshiriladigan qarz, amortizatsiya va dividend siyosati bevosita ta’sir kо‘rsatadi.
Moliyalashtirishning ichki manbalari afzalliklariga qaramasdan, ular miqdor jihatdan korxona moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini kengaytirishga, investitsion loyihalarni amalga oshirishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga va boshqalarga yetarli emas. Shundan kelib chiqqan holda tashqi manbalar hisobiga о‘z moliyaviy resurslarini qо‘shimcha shakllantirish zarurati yuzaga keladi.
Korxona ta’sischilarning qо‘shimcha badallari va qо‘shimcha aksiyalar chiqarish hisobiga ustav kapitalini oshirish yо‘li bilan о‘z mablag‘larini shakllantirish mumkin. Qо‘shimcha xususiy kapital jalb qilish imkoniyatlari va usullari biznesni tashkil etishning huquqiy shakliga bevosita bog‘liq. MCHJlar ustav kapitali uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatlaridan tarkib topadi. Bunda ustav kapitalining minimal miqdori jamiyatni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi eng kam oylik ish haqining qirq baravaridan kam bо‘lmasligi lozim.
MCHJning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav kapitaliga о‘z hissasini tо‘liq kiritishi kerak. Agarda MCHJ faqat kredit tashkiloti sifatida davlat rо‘yxatidan о‘tkazilayotgan bо‘lsa, rо‘yxatdan о‘tish sanasiga qadar har bir ta’sischi ta’sis hujjatlarida kо‘rsatilgan jamiyatning ustav kapitalidagi о‘z hissasining kamida о‘ttiz foizini kiritishi shart.
Naqd pul yoki naqd pulda ma’lum bir bahosiga ega bо‘lgan boshqa mol-mulklar MCHJlarning ustav kapitaliga qо‘shiladigan hissalar bо‘lishi mumkin. MCHJ ta’sischilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qо‘shiladigan mol-mulklarning naqd puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishida barcha ta’sischilar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qaror bilan tasdiqlanishi lozimligi belgilab qо‘yilgan.
MCHJ ustav kapitali tо‘liq shakllantirilgandan sо‘ng ustav kapitalini oshirish tо‘g‘risida qaror qabul qilish mumkin. Ustav kapitalini oshirish quyidagi yо‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- jamiyatning mol-mulki hisobiga;
- ta’sischi yoki mulkdorlarning qо‘shimcha hissalari hisobiga;
- jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va О‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi.
Muomalaga chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bо‘ladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek, imtiyozli aksiyalarni ham joylashtirish imkoniyatiga ham egalar. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav kapitalining yigirma foizidan oshmasligi kerak. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining eng kam miqdori jamiyat davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan sanada 1,6 milliard sо‘mdan kamni tashkil etmasligi kerak. Jamiyatning ustav kapitalini jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng kо‘p muddati jamiyat davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoki qо‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yо‘li bilan kо‘paytirilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalini aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yо‘li bilan kо‘paytirish tо‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli о‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qarorlar qabul qilish vakolati berilgan bо‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi. Qо‘shimcha aksiyalar e’lon qilingan jamiyat ustavida belgilangan aksiyalarning soni doirasidagina jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin. Jamiyatning ustav kapitalini qо‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yо‘li bilan kо‘paytirish tо‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli о‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qarorlar qabul qilish huquqi tegishli bо‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning ustav kapitalini qо‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yо‘li bilan kо‘paytirish tо‘g‘risidagi qarorda joylashtiriladigan qо‘shimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari va shartlari belgilangan bо‘lishi kerak.
Jamiyatning ustav kapitalini aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yо‘li bilan kо‘paytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat jamiyatning о‘z kapitali hisobidan amalga oshiriladi.
Ustav kapitalini qо‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yо‘li bilan oshirish esa jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning о‘z kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ustav kapitalini aksiyadorlik jamiyatining о‘z kapitali hisobidan qо‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yо‘li bilan kо‘paytirishda bu aksiyalar barcha aksiyadorlar о‘rtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli bо‘lsa, ayni о‘sha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Ustav kapitalining oshirilishi natijasida kо‘paytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta’minlanmaydigan bо‘lsa, jamiyatning ustav kapitalini kо‘paytirishga yо‘l qо‘yilmaydi.
Aksiyalarning nominal qiymati besh ming sо‘mdan ortiq bо‘lishi mumkin emas.
Aksiyalarini joylashtirish chog‘ida ularga haq tо‘lash pul va boshqa tо‘lov vositalari, mol-mulk, shuningdek, pulda ifodalanadigan bahoga ega bо‘lgan huquqlar (shu jumladan, mulkiy huquqlar) orqali amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish chog‘ida uning aksiyalariga haq tо‘lash tartibi jamiyatni tashkil etish tо‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida yoki jamiyat ustavida, qо‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga haq tо‘lash esa, ularni chiqarish tо‘g‘risidagi qarorda belgilab qо‘yiladi.
Jamiyatning qо‘shimcha aksiyalariga ushbu aksiyalarni chiqarish tо‘g‘risidagi qarorda kо‘rsatilgan joylashtirish muddati ichida haq tо‘lanishi lozim.
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini tо‘lash majburiyatini bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatni ta’sis etishda aksiyalarga tо‘lanadigan haq sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalanadigan bahosi muassislar о‘rtasidagi shartnomaga muvofiq chiqariladi.
Agar jamiyatning puldan о‘zga vositalar bilan haqi tо‘lanayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kо‘pni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan chiqarilishi zarur.
Aksiyadorlik jamiyatlari ustavida nazarda tutilgan, ammo uning ustav kapitalining о‘n besh foizidan kam bо‘lmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bо‘lmasligi kerak. Zaxira fondi boshqa mablag‘lar mavjud bо‘lmagan holatda aksiyadorlik jamiyati zararlari о‘rnini qoplash, korporativ obligatsiyalarni muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bо‘yicha dividendlar tо‘lash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun mо‘ljallanadi. Zaxira fondidan boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas.
Investitsiyaga talabdan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jami yatlari ochiq yoki yopiq tartibda qо‘shimcha aksiyalarni joylashtirishni amalga oshirishlari mumkin.
2-savol bayoni. Xususiy kapitalning samaradorligini aniqlash uchun korporativ tuzilmalarda bir qator kо‘rsatkichlarni aniqlash talab etiladi. Bu kо‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritamiz:




  1. Yüklə 0,63 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin