Kapital tarkibi va uning bahosi
Reja:
Kapitalning iqtisodiy xususiyati (tushuncha va tasnifi).
Kapitalning jalb qilish usullari va manbalari. Kapital shakllanishiga metodik yondoshuv.
Kapitalning о‘rtacha va chegaraviy qiymati (bahosi). Kapitalning optimal tuzilmasini hisoblash metodlari.
Kredit bahosini aniqlash va unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar. Obligatsiyalar bahosini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillar.
Lizing bо‘yicha kapital bahosini aniqlash tartibi va unga ta’sir etuvchi omillar.
Imtiyozli aksiyalar bahosini aniqlash. Oddiy aksiyalar bahosini aniqlash modellari.
1-savol bayoni. Moliyaviy menejment jihatidan kapital korporatsiyaning aktivlariga yо‘naltirilgan pul, moddiy va nomoddiy kо‘rinishdagi barcha resurslarning umumiy qiymatini ifodalaydi. Korporativ moliya jihatidan kapital uni shakllantirish va ishlatish jarayonida korporatsiya bilan boshqa subyektlar о‘rtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarning asosiy turlari hisoblangan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarsiz tadbirkorlik faoliyatini yuritish mumkin emas. Bu resurslar, о‘z navbatida, tekin emas. Ularni qidirib topish, jalb qilish, boshqarish va boshqa jihatlar ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi. О‘xshash xarajatlarni ratsional va samarali boshqarish kо‘p jihatdan korxona moliyaviy faoliyati yakuniy natijalarini oldindan belgilab beradi. Foydalanilgan resurslarning qiymatini oshirish orqali loyihalarni amalga oshirish natijasida daromad olingan holatlarda korxonada qо‘shimcha qiymat yaratiladi va samarali ishlayotgan hisoblanadi.
Moliyaviy resurslar ham bundan mustasno emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ moliyada turli xil moliyalashtirish manbalaridan keng doirada foydalanish imkoniyati mavjud. Bunda korporativ moliyaviy boshqaruvning asosiy vazifasi korxona bozor qiymatini maksimallashtirish va mulkdorlar moliyaviy barqarorligi yanada о‘sishini ta’minlovchi faoliyatni moliyalashtirish manbalarining optimal variantini topish hisoblanadi. Shuning uchun korxona moliyaviy-xо‘jalik faoliyati uchun zarur moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularning optimal tarkibini belgilash, foydalanish uchun tо‘lovlar borasida qaror qabul qilish masalalari bugungi kun korporativ moliya nazariyasi va amaliyotining keng qamrovli masalalaridan biri sanaladi.
Qayd etib о‘tish kerakki, korporativ tuzilmalarning moliyaviy strukturasini shakllantirishga doir turli xil nazariyalar, konsepsiya va yondashuvlar amal qilsada, bu borada yagona xulosaga hali-hamon kelinmagan. Lekin boshqa tomondan, kapital tarkibi nazariyasining asosiy qoidalarini bilish biznesni moliyalashtirish va qо‘shimcha qiymat yaratish prinsiplarini chuqur anglash kapital tarkibini optimallashtirish bо‘yicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi.
2-savol bayoni. Korxona о‘z faoliyati uchun turli manbalardan zaruriy kapitalni oladi. Bu jarayonda foydalaniladigan kapital manbalari jalb qilish shakli va bahosi bо‘yicha о‘zaro farqlanadi. Shunga qaramasdan, о‘xshash jihatlariga kо‘ra kapital manbalari umumiy holatda xususiy va qarz kapitaliga bо‘linadi. Bunday bog‘liqlikdan kapital tarkibi tushunchasi korxonani moliyalashtirishda xususiy kapital va qarz kapitali о‘rtasidagi о‘zaro nisbatni anglatadi.
Kapitalni jalb qilish uchun tо‘lov keng qamrovga ega hisoblanadi. Biror bir korxonaga mablag‘ qо‘yishda mulkdorlar belgilangan daromadlarni dividend kо‘rinishida olish yoki kapital о‘sib borishini hisob-kitob qiladilar. О‘z navbatida, kreditorlar olinadigan foizli daromadlarni hisob-kitob qiladilar. Hattoki, mavjud mablag‘lardan foydalanish rad etilganda ham korxona tomonidan mablag‘larni qayta joylashtirish qо‘shimcha xarajatlarning yuzaga kelishiga sabab bо‘ladi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida tekin kapital manbalari bо‘lmaydi.
Ma’lumki, real sektor korxonalari iqtisodida, ayniqsa uning moliyaviy sohasida kapital tushunchasi kо‘p qо‘llaniladi. Ushbu terminni sermazmun hamda kо‘pqirrali ekanligini turli nomlar bilan atalishidan ham bilib olsa bо‘ladi. Misol uchun, korxona kapitali, xususiy kapital, rezerv kapital, qо‘shilgan kapital, ishchi kapital, qarz kapitali, asosiy kapital, aylanma kapital va shu kabilar. Bularning har biri korxona iqtisodiy munosabatida о‘z о‘rni va ahamiyatiga ega. Kapital kо‘rsatkichlarini qanday qiymatda bо‘lishi, ularni ijobiy о‘zgarishi, qaytim olib kelishi yoki tо‘lanishi xо‘jalik yurituvchi subyektlarini iqtisodiy ahvolini, potensialini, moliyaviy holatini, moddiy va moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kо‘rsatib beradi. Bu esa, korxonani о‘tgan ishlarga baho berish, navbatdagilarni taktik va strategik rejalashtirish uchun zarur15.
О‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalaridan ma’lum bо‘ldiki, korxona moliyaviy tizimida moddiy va moliyaviy mablag‘laridan foydalanishda ayrim kapital kо‘rsatkichlari va ular bilan bog‘liq bо‘lgan kо‘plab muhim imkoniyatlarga yetarlicha e’tibor berilmagan holatlari kо‘zga tashlandi. Shu bilan birga mazkur masala sohaga oid nazariy manbalarda ham keng kо‘lamda yoritib berilmaganligi ma’lum bо‘ldi. Vaholanki, aynan ana shu terminlarni ahamiyati va dolzarbligi hozirgi davr iqtisodida nihoyatda oshgan. Misol uchun, korxona kapitali qiymati tushunchasi. Aytib о‘tishimiz kerakki, mazkur kо‘rsatkich iqtisodi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan har jihatdan о‘rganiladi.
Biroq, milliy iqtisodiyotimizga tegishli adabiyotlarda, sohaga oid olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda korxona kapitali qiymati tushunchasi davr talablari asosida yoritib berilmagan yoki tо‘liq о‘rganilmagan. Mazkur tushuncha bо‘yicha qisqa ma’lumotlar berilgan, xolos. Bu esa, xо‘jalik faoliyatida korxona kapitali qiymati va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishda о‘z salbiy ta’sirini kо‘rsatmoqda. Shuning uchun ham biz ushbu masalaga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.
3-savol bayoni. Amaldagi buxgalteriya balansining moliyalashtirish (passiv) tomonidagi moddalar kapital komponentlarini tashkil qiladi. Kapitalning asosiy komponentlari - oddiy aksiyalar qiymati, imtiyozli aksiyalar qiymati, qarz mablag‘lari (faqat moliyalashtirish maqsadida jalb etilgan), bо‘lib hisoblanadi. Korxona faoliyatida boshqa omillar singari kapitalning ham о‘z qiymati va qaytimi bor. Investorlar kapitalni biror-bir maqsadga yо‘naltirishdan oldin uni zimmaga tushgan xarajatlar bо‘yicha о‘rganadi.Chunki, investorlar oldida kapitaldan foydalanishning kо‘p imkoniyatlari majud bо‘ladi. Bu holatda benchmark kо‘rsatkichi tanlanadi va u boshqa muqobil manbalardan ustun deb qaraladi. (Benchmark – etalaon va maqsad kо‘rsatkichi bо‘lib, investitsiyani shu asosga yо‘naltirilishi investor uchun eng maqsadga muvofiq imkoniyat hisoblanadi). Aynan, benchmark kapital qiymatini aniqlab beradi. Korxonaning kapital qiymati u tomonidan jalb etilgan turli kapital komponentlarining о‘rtacha qiymatidan tashkil topadi. Ushbu korxona kapitalining о‘rtacha qaytimi kо‘rsatkichi investorlar uchun muhim hisoblanadi. Aynan, о‘rtacha qaytim kо‘rsatkichi holatidan kelib chiqib investorlar о‘z kapitallarini korxona faoliyatiga yо‘naltirish yoki yо‘naltirmaslik bо‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qiladilar.
Real sektor korxonalarida moliyaviy mablag‘larni samarali jalb etish va maqsadli foydalanishdagi markaziy jihatlardan biri korxona kapitali qiymati kо‘rsatkichi hisoblanadi. U investitsiya loyihalarini baholashda, kapital strukturasini belgilashda, lizing munosabatlarida, baholarni belgilashda va boshq bir qator munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, korxona kapitali qiymati turli moliyaviy manbalar, ya’ni oddiy aksiyalar, imtiyozli aksiyalar hamda majburiyatlardan tashkil topgan о‘rtacha tortilgan qiymatdir. U quyidagicha hisoblanadi:
Korxonada oddiy aksiyalar, imtiyozli aksiyalar va majburiyatlar quyidagi mutfnosiblikda foydalanilgan: 50, 10 va 40. Oddiy, imtiyozli va majburiyatlarning qaytimi esa 16 foiz, 12 foiz va 8 foizdir. Bu holatda о‘rtacha tortilgan kapital qiymati quyidagicha bо‘ladi:
Dostları ilə paylaş: |