Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə41/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Invayronmentalizm prinsipi. Konstitusionalizm (tashkilotning tashqi muhit bilan investitsion munosabatlari yopiqligi)ga qarama-qarshi ravishda invayronmentalizm korxonaga tashqi investitsion muhit bilan faol о‘zaro munosabatga kirishuvchi, о‘z-о‘zini tashkil etishga qodir, ya’ni о‘ziga xos makon, zamon va funksional tuzilmalarga ega ochiq tizim sifatida qaraydi. Bu korxona investitsion strategiyasini shakllantirish darajasining ba’zi sifatlarini ta’minlaydi.
Muvofiqlik prinsipi. Korxona iqtisodiy rivojlanishining umumiy qismida birinchi navbatda operatsion faoliyat rivojlanishini ta’minlovchi investitsion strategiya umumiy strategiyaga nisbatan bо‘ysunchan xarakterga ega. Shuning uchun investitsion strategiyada strategik maqsadlar operatsion faoliyat yо‘nalishlari bilan о‘zaro muvofiqlashtirilgan bо‘lishi lozim. Bunda investitsion strategiyaga korxona operatsion faoliyati strategik rivojlanishiga jiddiy ta’sir kо‘rsatuvchi korxona samarali rivojlanishini ta’minlashning asosiy omillaridan biri sifatida qaraladi.
Investitsion strategiyani amalga oshirishni ta’minlovchi operatsion faoliyat bazaviy strategiyalari quyidagilardir:
  • cheklangan о‘sish strategiyasi;


  • jadallashgan о‘sish strategiyasi;


  • qisqartirish (siqish) strategiyasi;


  • birlashtirish (kombinatsiyalash) strategiyasi.


Cheklangan о‘sish strategiyasida mahsulotlar assortimenti barqarorligi va ishlab chiqarish texnologiyalariga ilmiy-texnik taraqqiyot natijalaridan juda past darajada foydalaniladi. Odatda bu strategiya bozor konyukturasining nisbatan kuchsiz tebranishi va raqobat pozitsiyasining barqarorligi sharoitida tanlanib, investitsion strategiya birinchi navbatda, mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining cheklangan о‘sishini ta’minlovchi takror ishlab chiqarish jarayoni va aktivlar о‘sishini samarali ta’minlashga yо‘naltiriladi.


Jadallashgan о‘sish strategiyasi korxona tomonidan о‘z faoliyatida yuqori sur’atlarda taraqqiy etayotgan sohalarda ilmiy-texnik taraqqiyot natijalarining yuqori darajada qо‘llanilishini о‘zida aks ettiradi. Bunday bazaviy strategiya asosidagi investitsion strategiya investitsion faoliyatni rivojlantirishning yuqori sur’atlarini ta’minlashning zarurligini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Shuningdek, investitsion faoliyatni turli shakllarda va yо‘nalishlarda hududlar va tarmoqlar (sohalar) bо‘yicha diversifikatsiyalashga harakat qilinadi.
Qisqartirish (siqish) strategiyasiga korxonaning hayotiy sikli sо‘nggi bosqichlarida, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning inqiroz fazasida kо‘proq e’tibor qaratiladi. О‘z mohiyati bо‘yicha bu strategiya ortiqcha faoliyatlardan voz kechishni anglatadi. U ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi va assortimentini qisqartish, bozorning alohida segmentidan chiqish va boshqalarni nazarda tutadi. Bunday sharoitda investitsion strategiya bо‘shayotgan kapital uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi investitsiyalash obyektlarida foydalanish asosida yuqori aylanuvchanlikni ta’minlashi lozim.
Birlashtirish (kombinatsiyalash) strategiyasidan yirik korxonalarning investitsion faoliyatni tarmoq va hududlar bо‘yicha keng diversifikatsiyalashida foydalaniladi. U turli tipdagi xо‘jalik yuritishning strategik zonalari yoki strategik xо‘jalik markazlari alohida strategiyalarini о‘zida birlashtiradi. Korxona investitsion strategiyasi strategik boshqaruvning alohida obyektlari bо‘yicha ularni rivojlantirishning strategik maqsadlari bilan bog‘liqlikda tabaqalashtiriladi.
Kombinatsiyalash prinsipi. Bu prinsip investitsion faoliyatni strategik, joriy va operativ boshqarishning о‘zaro yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi. Korxona tomonidan ishlab chiqilgan investitsion strategiyaning investitsion faoliyatni strategik boshqarish jarayonidagi muhimligidan kelib chiqqan holda strategik rejalashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Investitsion faoliyatni strategik boshqarish asosida korxona investitsion portfelini shakllantirishga qaratilgan taktik (joriy) boshqaruv shakllantiriladi. О‘z navbatida, taktik boshqaruv alohida real investitsion loyihalarni amalga oshirish va moliyaviy instrumentlar portfelini qayta tarkiblash yо‘lida investitsion faoliyatni operativ boshqarishning bazasi hisoblanadi.
Investitsion portfelni shakllantirish о‘rta muddatli boshqaruv jarayoni bо‘lib, strategik qarorlar va korxonaning joriy investitsion imkoniyatlari doirasida amalga oshiriladi.
Real investitsion loyihalarni amalga oshirish va moliyaviy instrumentlar portfelini qayta tarkiblashni operativ boshqarish qisqa muddatli boshqaruv jarayoni hisoblanadi va alohida investitsion loyihalar va moliyaviy instrumentlar bо‘yicha operativ qarorlar ishlab chiqish va qabul qilishni, zarur hollarda investitsion portfelni qayta kо‘rib chiqish haqida qarorlar tayyorlash nazarda tutadi.
Strategik boshqaruvni asosan tadbirkorlik stiliga yо‘naltirish prinsipi. Korxonaning istiqbolga yо‘naltirilgan investitsion xatti-harakatlari ikkita stil bо‘yicha о‘zaro farqlanadi: konservativ stil va tadbirkorlik (agressiv) stili.
Konservativ stil qabul qilinadigan strategik investitsion qarorlarning mumkin bо‘lgan variantlarini minimallashtirish orqali investitsion faoliyat bо‘yicha strategik maqsadlar qо‘yilishini о‘zida ifodalaydi. YA’ni bunda investitsion faoliyat yо‘nalishlari va shakllarining muhim о‘zgarishlari faqatgina operatsion faoliyatni о‘zgartirish jarayonida amalga oshiriladi. Konservativ о‘sish stili korxona faoliyatini yuqori risklilik sharoitida yuqori foyda olishga yо‘naltirishni inkor etadi va minimal foydani ta’minlovchi operatsion faoliyatga qaratiladi.
Investitsion faoliyatning tadbirkorlik stili asosini korxona tomonidan doimiy ravishda investitsion faoliyat barcha yо‘nalishlari va shakllari bо‘yicha samarali investitsion qarorlar qabul qilish tashkil etadi. Mazkur stil qо‘llanilganda investitsion faoliyatni amalga oshirishning yо‘nalishlari, shakllari va metodlari tashqi investitsion muhit omillarining о‘zgarishini inobatga olgan holda doimiy almashtirib boriladi.
Investitsion moslashuvchanlik va muqobillik prinsipi. Investitsion strategiya tashqi investitsion muhit omillarining о‘zgarishiga moslashuvchanlikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bо‘lishi lozim. Bundan tashqari strategik investitsion qarorlar asosida investitsion faoliyatni amalga oshirishning yо‘nalishlari, shakllari va metodlarining mumkin bо‘lgan (muqobil) variantlarini doimiy qidirish, ulardan eng yaxshisini tanlash va shu asosda umumiy investitsion strategiyani qurish hamda uni samarali amalga oshirish mexanizmini shakllantirish yotishi kerak.
Innovatsion faoliyat. Investitsion strategiyani shakllantirishda investitsion faoliyat orqali korxonaning bozordagi raqobat pozitsiyasini oshirishni ta’minlovchi texnologik yangiliklarni joriy etishga bosh mexanizm sifatida qaraladi. Nafaqat investitsion strategiyani, shu bilan birga, korxonaning strategik rivojlanish umumiy maqsadlarini amalga oshirishda ham ilmiy-texnik taraqqiyotning sо‘nggi natijalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur prinsip aynan yuqoridagilar bilan izohlanadi.
Investitsion risklarni minimallashtirish prinsipi. Amaliy jihatdan korxonada investitsion strategiyani shakllantirish jarayonida qabul qilingan barcha investitsion qarorlar investitsion risklarga duch keladi. Har bir korxonada investitsion strategiyani ishlab chiqish jarayonida riskka munosabat bо‘yicha turli investitsion xatti-harakatlar bilan bog‘liqlikda ularga yо‘l qо‘yishning mumkin bо‘lgan darajasi tabaqalashtirilgan holda о‘rnatilishi lozim.
Asoslanganlik prinsipi. Investitsion strategiyalarning alohida parametrlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni nafaqat bilim, shu bilan birga malaka va boshqaruv tajribasiga, shuningdek, investitsion madaniyatga ega, professional mutaxassislar – moliyaviy menejerlar ta’minlashi lozim.
3-savol bayoni. Kapital tarkibi korporatsiya menejerlari va mulkdorlariga investitsion qarorlar qabul qilishda bevosita ta’sir kо‘rsatadi.

Agarda ular ustav kapitalini oshirish bо‘yicha qaror qabul qiladigan bо‘lsalar, unda qо‘shimcha aksiyalarni muomalaga chiqarish bо‘yicha qaror qabul qilishadi.


Korporativ tuzilmalarda taqsimlanmagan foydaning shakllanishi esa aksiyanerlarga dividendlarni tо‘lash hamda asosiy kapitalni kengaytirish maqsadida unga investitsiya kiritishga undaydi.
Uzoq muddatli majburiyatlar esa uzoq muddatli aktivlarni moliyalashtirish bо‘yicha qarorlarni qabul qilishga undasa, qisqa muddatli majburiyatlar esa aylanma aktivlarni shakllantirish bо‘yicha qaror qabul qilishga undaydi.
Odatda, moliyaviy va investitsion qarorlar farqlanadi.
Moliyaviy qarorlar deganda foydalanilayotgan pul mablag‘lari (о‘z va qarz mablag‘lari)ning tarkibi va hajmi bо‘yicha qaror qabul qilish tushunilib, bunda asosiy e’tibor aylanma va uzoq muddatli aktivlarni joriy moliyalashtirishga yо‘naltiriladi. Moliyaviy qarorlarga aniq misollar tariqasida pul oqimlarini joriy boshqarish, soliqlarni rejalashtirish, daromad va xarajatlarni byudjetlashtirish kabilarni keltirish mumkin.
Investitsion qarorlar deganda kelajakda foyda olish maqsadida pul mablag‘larini ma’lum bir aktivlar (kapital, nomoddiy va moliyaviy aktivlar)ga joylashtirish bо‘yicha qaror qabul qilish tushuniladi. Bunday qarorlarni qabul qilishda aktivlarni baholashni, kutilayotgan va talab etilayotgan daromadlilikni о‘rganishni hamda investitsion portfeldagi aktivlar bо‘yicha risklarni minimallashtirish va daromadlilikni oshirish maqsadida ularni diversifikatsiyalash talab etiladi.
Korporatsiyalarning investitsion imkoniyatlari quyidagi tenglik orqali ifodalanadi:

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin