Iqtisodiy baholash esa, investitsiyaning potensial qobiliyati, shu loyihaga qо‘yilgan mablag‘larning qiymatini saqlab qolishda va ularning о‘sishi sur’atini yetarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi.
Инвестициялар рентабеллигини аниқлаш
Дисконтлан-ган қопланиш муддатини аниқлаш
1-rasm. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash22.
Investitsiyaning iqtisodiy samaradorligini baholashda qо‘llaniladigan qoplash muddati va rentabellik darajasi usullari ham avvaldan ma’lum bо‘lib, ular milliy va chet el amaliyotida to pul tushumlarining diskontlanishiga asoslangan usullarning keng qо‘llanilishiga qadar asosiy kо‘rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu usullarning soddaligi va tushunarliligi va maxsus iqtisodiy bilimga, kо‘nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega bо‘lmagan xodimlar о‘rtasida ham qо‘llanilishiga sabab bо‘ladi. Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari salohiyatli qarz oluvchilarga investitsion resurslarni taqsimlash shartlarini ma’lum qilishda, odatda, ushbu ikkita usuldan, ya’ni qoplash muddati va rentabellik darajasi kо‘rsatkichlaridan foydalanmoqdalar.
Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bо‘lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga kо‘ra, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bо‘lsak, bu loyihani yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bо‘lgandagi davrga tengdir.
Uni hisoblash formulasi quyidagichadir:
,
bu yerda, I0 - boshlang‘ich investitsiyalar; - investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va harajat (X) о‘rtasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi.
Qoplash muddatida ikkinchi yondashuv, bu investitsiyalarning boshlang‘ich summasi yillik tushumlarning (о‘rtacha yillik) miqdoriga bо‘linadi. Bu kо‘rsatkich pul tushumlari yillar bо‘yicha teng bо‘lgan hollarda qо‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |