Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Investitsiyalarniig rentabelligi usuli



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə46/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Investitsiyalarniig rentabelligi usuli (RI) - diskontlashtirilgan daromadlarning diskontlashtirilgan investitsiya harajatlariga nisbatini hisoblab topishga asoslangan. Bu qanday holatda investor boyligi о‘sishi mumkinligini kо‘rsatib beradi va quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda I0 - boshlang‘ich investitsiyalar, SG‘-t davrda olingan pul tushumlari.


Investitsiya rentabelligi kо‘rsatkichi firma (yoki investor) mablag‘lari 1 sо‘m hisobida qanday hollarda о‘sishini aniqlash imkonini beradi.
Agar investitsiya sarflari turli davrlarda (uzoq amalga oshirilsa, (RI) ni aniqlash formulasi quyidagicha bо‘ladi:
bu yerda, It – t yildagi investitsiyalar.
Investitsiyalarning rentabelligi va sof joriy qiymat kо‘rsatkichlarini taqqoslama baholash shuni kо‘rsatadiki, sof joriy qiymati о‘sishi bilan investitsiyalar rentabelligi ham о‘sadi va aksincha.
Agar rentabellik kо‘rsatkichi «1» ga teng yoki undan kichik bо‘lsa, loyiha rad etilishi kerak, chunki u qо‘shimcha foyda keltirmaydi.
NPV=0 da investitsiyalarning rentabelligi hamisha 1ga teng bо‘ladi.
Oddiy bо‘lib kо‘rinishiga qaramasdan, loyihalarning rentabelligini aniqlash muammosi muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir. Bu hol, ayniqsa, investitsiyalar turli xil valyuta, turli xil vaqtda, ya’ni bir qancha yillar oralig‘ida amalga oshirilganda uni aniqlash muammosi paydo bо‘ladi.
Investitsiyalarning rentabellik kо‘rsatkichi avvallari qо‘llanilgan kapital qо‘yilmalarning samaradorligi koeffitsiyentidan shunisi bilan farq qiladiki, bunda daromad sifatida baholash jarayonida joriy qiymatga keltirilgan pul oqimi qatnashadi.
Invetitsiyalar rentabelligi kо‘rsatkichi, nafaqat taqqoslama baholash uchun, shuningdek loyihani amalga oshirishga qabul qilishdagi mezon sifatida ham qо‘llaniladi.
Investitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlashning qoplash muddati usulini an’anaviy (oddiy) baholash usullarida kо‘rib о‘tdik. Lekin mazkur usulning kelgusi davrlardagi pul tushumlarining qiymatini hisobga olmasligi uni diskontlashtirilgan usullar yordamida ham hisoblash zarurligini taqozo qiladi.
Buning uchun diskontlashtirishni hisobga olgan holda investitsiyalarni qoplash muddatini (DPP) hisoblash usuli diskontlashtirilgan yillik pul tushumlarini diskontlashtirilgan investitsiyalarga bо‘lish orqali amalga oshiriladi.
Buning uchun RR — investitsiyalarni qoplash muddati hisoblanadi. Sо‘ngra, investitsiyalarning diskontlashtirilgan qoplash muddatini (DPP) hisoblaymiz. U quyidagi for­mula orqali aniqlanadi:
,
bu yerda,
I0 – boshlang‘ich investitsiyalar;
DCF(Σ) – diskontlashtirilgan yillik pul tushumlari.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin