Foydaning ichki meyori usuli (IRR) - bu pul tushumlarining diskont qiymati pul chiqimlarining diskont yetavkasiga teng bо‘lgandagi daromadlilik darajasi yoki bо‘lmasa loyihadan olingan sof tushumlarning diskontlangan qiymati investitsiyalarniig diskontlangan qiymatiga, sof joriy qiymat esa nolga teng bо‘lgandagi diskont meyoridir. Bu kо‘rsatkichni aniqlash uchun sof joriy qiymatni aniqlashda ishlatilgan formuladan foydalaniladi va sof joriy qiymat nolga tenglashadigan minimal foiz stavkasi topiladi. Aynan shu foiz stavkasi foydaning ichki meyori usuli deb nomlanadi. Bu usul iqtisodiyotda rentabellikning ichki meyori, qoplash yoki samaradorlik koeffitsiyenti, kapital qо‘yilmalarning chegaraviy samaradorligi deb ham yuritiladi.
Foydaning ichki meyorini aniqlash vazifasi birmuncha qiyin bо‘lib, investitsiyalarning bir yoki undan kо‘p marta amalga oshirilishiga, loyihadan olingan pul tushumlarining, xech bо‘lmasa, bir marta yoki boshida salbiy bо‘lishligiga va ushbu pul tushumlarining miqdoran bir xil bо‘lmasligiga asoslanadi.
Uni hisoblash formulasini quyidagi tenglamada ifodalash mumkin:
,
Agar investitsiya loyihasi bir necha yillar davomida moliyaviy resurslarning ketma-ket moliyalanishini talab etsa, unda (IRR)ni quyidagi formulada ifodalash mumkin:
,
Bu yerda d miqdorini topish lozim bо‘ladi. Topilgan miqdor foydaning ichki meyori deb nomlanadi. Bu meyor sof joriy qiymat nolga teng bо‘lib, investitsiya loyihasining samaradorligini baholashda IRR miqdori qо‘llanilganida, firmaning boyligi о‘sishini ta’minlamasligini va uning kamayishiga ham yо‘l qо‘ymasligini kо‘rsatadi.
IRR loyihadan kutilayotgan daromadlilikni kо‘rsatadi va qilinishi mumkin bо‘lgan maksimal harajatlar chegarasini belgilab beradi, ya’ni IRR olinayotgan kredit bо‘yicha bank foiz stavkasini yuqori chegarasini kо‘rsatadi, ayni shu foiz chegarasidan yuqori miqdorga ega bо‘linganda loyiha daromad keltiradi.
Shunday holatlar ham bо‘lishi mumkinki, investorning о‘zi investitsiya loyihasini moliyalash uchun biror subyektdan muayyan foiz ostida kredit olishi mumkin. Bu paytda loyihadan kutiladigan natija kredit uchun foizdan, albatta yuqori bо‘lishi lozim yoki investor о‘zining maqsad qilgan foydasini olish darajasini ham bilishi kerak. Mana shu holatlar, ya’ni kredit uchun foiz yoki foyda olish darajasi, odatda baryerli (tо‘siqli) koeffitsiyent (hurdle rate) (HR) deb ham nomlanadi. Bu kо‘rsatkich foydaning ichki meyori bilan solishtiriladi (taqqoslanadi).
IRR va HR larni taqqoslash natijasida ular orasida quyidagi bog‘liq hosil bо‘ladi:
agar IRR>HR, loyiha samarali hisoblanadi va u foydalanish uchun qabul qilinadi;
agar IRR
agar IRR=HR, ixtiyoriy yechimni qabul qilish mumkin, ya’ni loyihani amalga oshirishdan zarar ham, foyda ham kо‘rilmaydi.
Ushbu kо‘rsatkich yordamida:
investitsiya summalari teng bо‘lgan;
davomiyligi bir xil bо‘lgan;
risk darajasi teng bо‘lgan;
pul tushumlarining shakllanish sxemasi bir xil bо‘lgan hollarda loyihalarni foydalilik darajasi bо‘yicha taqqoslash tо‘g‘ri yechim qabul qilishni yengillashtiradi. Bu kо‘rsatkich qanchalik yuqori bо‘lsa, loyiha shunchalik samarali deb topiladi.
Foydaning ichki meyorini boshqacha kо‘rinishda, ya’ni interpolyatsiya usuli orqlai ham ifodalash mumkin:
bu yerda, NPV1 – d1 diskont meyori stavkasidagi sof joriy qiymatning ijobiy miqdori; NPV2 – d2 diskont meyori stavkasidagi sof joriy qiymatning salbiy miqdori.
Foydaning ichki meyorini aniqlashda d1 va d2 kо‘rsatkichlar miqdori asosiy о‘rinni egallaydi. Ularning ta’siri natijasida sof joriy qiymatning о‘zgarishini va buning oqibatida esa foydaning ichki meyori ham о‘zgarishini kuzatish mumkin. Shunga kо‘ra:
- d1 – bu NPVning ijobiy qiymatinini minimallashtiruvchi foiz stavkasi;
d2 – bu NPVning salbiy qiymatini maksimallashtiruvchi foiz stavkasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |