Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə35/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

R – qarz mablag‘ining tо‘liq qiymati (mazkur tо‘lovlar oqimlari bо‘yicha daromadlilikning ichki meyori, IRR);
N – tо‘lovlar umumiy soni;
D0 – t = 0 davrda jalb qilingan qarz mablag‘i miqdori;
TC – qarz mablag‘ini olish bilan bog‘liq jami xarajatlar miqdori.
Umumiy holatda har qanday qarz mablag‘ining muhim xususiyatlaridan biri sifatida qarz mablag‘lari bо‘yicha tо‘lanadagigan foiz tо‘lovlarining foyda solig‘i bо‘yicha soliqqa tortiladigan bazadan chegirilishi yoki mahsulot tannarxiga kiritilishini keltirish mumkin. Shuning uchun 1-formuladan olingan R miqdor mazkur natijani aks ettirish maqsadida (1 – T) kо‘paytuvchiga tо‘g‘rilanadi.
Shunday qilib, qarz kapitalining yakuniy bahosi tо‘lanadigan foyda solig‘i ta’sirini hisobga olgan holda quyidagicha aniqlanadi:
cD = R x (1 – T)
bu yerda, cD qarz kapitali bahosi;
T – foyda solig‘i stavkasi.
Misol kо‘rib chiqamiz.
Korxona nominal qiymati 1000 birlikka teng, qoplash muddati 10 yil, yillik kupon stavkasi 10% va bir yilda bir marta tо‘lanadigan obligatsiya muomalaga chiqardi. Emissiya hajmi – 100 000 dona. Obligatsiyalar nominalga nisbatan 93,2% kurs bо‘yicha joylashtirilgan. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish bо‘yicha xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Foyda solig‘i stavkasi 20%. Qarz mablag‘i qiymatini aniqlang.
Masala ma’lumotlarini 1-formulaga qо‘yib chiqamiz

Mazkur tenglikni echish 0,1210 ga teng bо‘lgan miqdorni beradi (tekshirib kо‘rish kerak). Shunda foyda solig‘ini hisobga olgan holda obligatsion qarz qiymati 2-formulaga asosan


cD = 0,1210 x (1 – 0,2) = 0,0968 = 9,68%.
1-formuladan va keltirilgan misoldan kо‘rinib turibdiki, soliqni hisobga olmasdan obligatsiyaning oldingi bahosi amaliy jihatdan uning haqiqiy bahosiga va istisno ravishda aniqlanadigan pul oqimiga bog‘liqlik kasb etmaydi. О‘z navbatida, 2-formulaga muvofiq obligatsiyaning haqiqiy bahosi amaliyotda uni jalb qilishga ketgan xarajatlarni ham hisobga olgan holda nominaldan (kapital egasi talab qiladigan nominaldan ham) past narxda bо‘lib kо‘rinadi. Qarz kapitali qiymatini pasaytirishning kо‘rib chiqilayotgan ta’sir natijasi “soliq orqali himoya” deb yuritiladi. Lekin agarda firma zarar bilan ishlayotgan bо‘lsa, qarz kapitali bahosi moliyaviy xarajatlarga mustasno ravishda real imkoniyatlar yо‘qligi sababli о‘zgarmaydi.
Qarz mablag‘lari jalb qilish orqali moliyalashtirishda kapital bahosini aniqlashda 1-formulaga universal yondashuv sifatida qaraladi. Shuning uchun lizing, veksel, kreditlar bо‘yicha ham kapital qiymatini baholashda 1-formuladan foydalanish mumkin. Qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishning murakkab instrumentlari hisoblangan konversiyalanadigan yoki chaqirib olinadigan obligatsiyalar va boshqalar bо‘yicha kapital qiymatini baholash birmuncha murakkab jarayon hisoblanadi.
Kredit bahosi haqida sо‘z yuritganda qarz oluvchi tomonidan kredit jalb qilish va undan foydalanish uchun tо‘lanadigan barcha xarajatlarni nazarda tutish lozim. Boshqacha aytganda, kredit bahosi tarkibiy jihatdan kredit shartnomasida belgilangan kredit foiz stavkasi va bank tomonidan belgilangan qо‘shimcha tо‘lovlar, biznesni rejalashtirish bо‘yicha boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Bank tomonidan joriy etilgan kredit bо‘yicha tо‘lovlarga kredit buyurtmasini kо‘rib chiqish va kreditni rasmiylashtirish uchun haq, kredit berganlik uchun vositachilik haqi, kredit hisobvarag‘ini yuritish va uni boshqarish uchun tо‘lov, kredit bо‘yicha о‘tkaziladigan tо‘lovlar bо‘yicha komission haq, mijoz majburiyatlari о‘z vaqtida tо‘liq bajarilmagan holatlarda tо‘lanadigan penya kabilarni kiritish mumkin.
Kredit bahosiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar sifatida mamlakatdagi (hududdagi) ijtimoiy-siyosiy holat, Markaziy bankning pul-kredit siyosati, qayta moliyalash stavkasining о‘zgarishi, banklararo raqobat muhiti, kreditga bо‘lgan talab darajasi (iqtisodiyotda kreditning tutgan о‘rni), inflyatsiya darajasi, budjet-soliq siyosati (soliq yuki darajasi) va boshqalarni keltirish mumkin. Ichki omillar sifatida esa tijorat banklarining kredit siyosati, foiz siyosati, jalb qilingan moliyaviy resurslarning miqdori va qiymati, qarz oluvchining moliyaviy holati va kredit tarixi, kredit ta’minoti, risklilik darajasi, kredit muddati va tо‘lash shartlari, kredit berilayotgan valyuta, kredit miqdori va boshqa shu kabilarni keltirish mumkin16.
5-savol bayoni. Mamlakatimizda lizing munosabatlari О‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Lizing tо‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Lizing – moliyaviy ijaraning alohida turi bо‘lib, unda lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig‘iga binoan sotuvchidan lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun о‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:


- lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki bо‘lib о‘tishi;
- lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiqni tashkil etishi yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining yigirma foizidan kam bо‘lishi;
- lizing shartnomasi davri uchun lizing tо‘lovlarining joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymati lizing obyektining lizingga topshirish paytidagi joriy qiymatining tо‘qson foizidan ortiq bо‘lishi. Joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymat buxgalteriya hisobi tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Lizing uch taraflama (sotuvchi – lizing beruvchi – lizing oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing beruvchi – lizing oluvchi) lizing shartnomasi bо‘yicha amalga oshiriladi.
Lizing beruvchi va sotuvchi о‘rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganida qо‘shimcha ravishda lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan, korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa kо‘char va kо‘chmas mulk lizing obyektlari bо‘lishi mumkin.
Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bо‘lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bо‘lishi mumkin emas.
Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing subyektlaridir.
Lizing obyekti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing obyektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish kо‘rishiga yо‘l qо‘yilmaydi.
Lizing uning uchta subyekti ishtirok etadigan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bо‘lib bir shaxsning о‘zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bо‘lib qolgani holda, lizing shartnomasi bо‘yicha olgan lizing obyektini lizing beruvchining yozma roziligi bilan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga qо‘shimcha lizingga topshirishga haqli. Bunda amaldagi qoidalar qо‘shimcha lizing shartnomasida qо‘shimcha lizing beruvchiga, qо‘shimcha lizing oluvchiga va sotuvchiga nisbatan muvofiq ravishda lizing beruvchiga, lizing oluvchiga va sotuvchiga bо‘lganidek qо‘llaniladi.
Qо‘shimcha lizing shartnomasining amal qilish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan ortiq bо‘lishi mumkin emas.
Lizing obyekti lizing oluvchi balansida hisobga olinadi va lizing muddati davomida amaldagi soliq qonunchiligiga kо‘ra yuridik shaxslar mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
Lizing faoliyati lizing beruvchi tomonidan о‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan lizing obyektining sotib olinishi va uni lizing shartnomasi bо‘yicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi investitsiya faoliyati turidir.
Lizing shartnomasi yozma shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi. О‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobida shartnomalarni tuzish tartibi nazarda tutilgan.
Lizing shartnomasi shartnoma taraflaridan birining talabiga kо‘ra, lizing obyekti bо‘yicha tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim. Bunda О‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq avtomototransport vositalari va kо‘chmas mulk bilan bog‘liq alohida bitimlarning notarial tasdiqlanishi talab etiladi.
Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi:
- lizing obyektining tavsiflanishi (lizing obyektining miqdori, sifati, rо‘yxati, shartnoma qiymati va boshqa kо‘rsatkichlari) va shartnoma umumiy summasining kо‘rsatilishi;
- taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bog‘liq majburiyatlari;
- lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
- lizing tо‘lovlarini tо‘lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;
- lizing obyektidan foydalanish, uni saqlab turish va ta’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
- shartnomaning amal qilish muddati;
- sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun mas’ul tarafning kо‘rsatilishi.
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:
- lizing obyektini sotib olish tartibi va muddatlari;
- lizing shartnomasini о‘zgartirish va bekor qilish;
- lizing obyektini sug‘urta qilish;
- fors-major holatlar;
- lizing beruvchi tomonidan qо‘shimcha xizmatlar kо‘rsatish bilan bog‘liq holatlar;
- lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi va boshqalar.
Lizing shartnomasini о‘zgartirish va bekor qilish qonunchilikda belgilangan tartibda tomonlar kelishuviga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Lizing amaliyotida lizing beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
- lizing oluvchining lizing obyektidan qanday sharoitlarda foydalanayotganligini va uni belgilangan maqsadiga muvofiq ishlatayotganligini lizing shartnomasi shartlariga muvofiq nazorat qilish;
- lizing oluvchining roziligi bilan lizing obyekti va uning sotuvchisini tanlash;
- qonun hujjatlarida yoki lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obyektini talab qilib olish;
- lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzgan taqdirda barcha lizing tо‘lovlarini muddatidan ilgari tо‘lashni yoxud yetkazilgan zararni undirib olish yoki lizing obyektini qaytib olgan tarzda shartnomani bekor qilishni talab etish.
Agar lizing obyekti lizing beruvchining aybi bilan yetkazib berilmagan bо‘lsa yoki lizing shartnomasi shartlariga nomuvofiq bо‘lsa, lizing beruvchi lizing oluvchining roziligi bilan о‘zi lozim darajada bajarmagan lizing shartnomasi shartlarini tuzatib bajarishga yoki lizing oluvchiga boshqa lizing obyektini taklif etishga haqli.
Lizing beruvchi о‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni olishi shart:
- lizing shartnomasi bо‘yicha mol-mulkni olishi va uni lizing oluvchiga egalik qilish hamda foydalanish uchun berishi;
- lizing oluvchi uchun mol-mulk olayotganda mol-mulk muayyan shaxsga lizingga berishga mо‘ljallanganligini sotuvchiga ma’lum qilishi;
- lizing obyektini, agar shartnomada shunday shartlar nazarda tutilgan bо‘lsa, saqlab turish, ta’mirlash va unga texnik xizmat kо‘rsatish bо‘yicha lizing oluvchi oldida о‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni о‘z vaqtida va tо‘liq bajarishi.
О‘z navbatida, lizing oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
- lizing obyektini mustaqil aniqlash va sotuvchini tanlash;
- lizing beruvchidan lizing shartnomasini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish;
- sotuvchiga lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi talablarni, jumladan uning sifati va butligi, topshirish muddati, kafolatli ta’mirlashi va hokazolar xususida talablar qо‘yish;
- lizing obyekti yetkazib berilmagan, tо‘liq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati о‘tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bо‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bо‘lmasa, lizing tо‘lovlari tо‘lashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;
- lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, о‘zi ilgari avans sifatida tо‘lagan tо‘lovlarni lizing obyektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda, qaytarib berishni talab qilish.
Uchinchi shaxs undiruvni lizing obyektiga qaratganda lizing oluvchi lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini mulk qilib olish bilan bir paytda lizing shartnomasi bо‘yicha tegishli lizing tо‘lovlari qoldig‘ini lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda bir yо‘la tо‘lashga haqli.
Lizing oluvchi:
- lizing obyektini qabul qilib olishi va undan lozim darajada foydalanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi;
- lizing tо‘lovlarini о‘z vaqtida tо‘lab turishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bо‘lsa, lizing obyektini о‘z hisobidan joriy ta’mirlashi, uni saqlab turishga doir boshqa xarajatlar qilishi shart.
Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing obyektini lizing beruvchidan qanday holatda olgan bо‘lsa, shunday holatda, normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan о‘zgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishi shart.
Lizing oluvchining lizing obyektini ta’mirlash va unga texnik xizmat kо‘rsatishga doir huquqi va majburiyati sotuvchi bilan alohida tuzilgan shartnomada belgilanishi mumkin.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.11.00.00 Мажбуриятларнинг алоҳида турлари / 03.11.01.00 Олди-сотди / 03.11.01.01 Умумий масалалар]
Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi о‘rtasida tuzilib, unga kо‘ra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig‘iga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun о‘z mulki qilib oladi.
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.08.00.00 Мулк ҳуқуқи ва бошқа ашёвий ҳуқуқлар / 03.08.02.00 Мулк ҳуқуқининг вужудга келиши ва унинг бекор бўлиши]
Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing tо‘lovlari lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda tо‘langan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bо‘lmasa, lizing obyektiga bо‘lgan mulk huquqi lizing oluvchiga о‘tishi mumkin.
Lizing oluvchi bankrot bо‘lgan va uning mol-mulki davlat organlari tomonidan rо‘yxatga olingan yoki musodara qilingan taqdirda, lizing obyekti lizing oluvchining umumiy mol-mulkidan ajratiladi va lizing beruvchiga qaytarilishi lozim, u mol-mulkni о‘z xohishiga kо‘ra tasarruf etishi mumkin.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.11.00.00 Мажбуриятларнинг алоҳида турлари / 03.11.22.00 Суғурта / 03.11.22.03 Ихтиёрий суғурта]
Yо‘qolish, о‘g‘irlash, shikastlanish, buzilish va barvaqt eskirish xavfi bilan bog‘liq bо‘lgan tarzdagi har qanday yetkazilishi mumkin bо‘lgan zarardan lizing obyektini sug‘urtalash taraflarning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Bunday kelishuv bо‘lmagan taqdirda, lizing oluvchi lizing obyekti sug‘urtasi uchun javobgar bо‘ladi.
Lizing obyekti bilan bog‘liq barcha xavflar, shu jumladan, uning tasodifan yо‘qolishi yoki tasodifan buzilishi, shuningdek, о‘g‘irlanishi, barvaqt eskirishi, shikastlanishi xavflari lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizing oluvchiga о‘tadi. Xavflar lizing oluvchiga о‘tgan daqiqadan e’tiboran lizing oluvchi lizing obyekti har qanday tarzda yо‘qolishi yoki shikastlanishi uchun lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bо‘ladi.
Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas. О‘z navbatida, lizing oluvchi ham lizing obyektini garov sifatida ishlatishga haqli emas.
Lizing tо‘lovlari lizing beruvchiga lizing obyekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan, shuningdek, lizing beruvchining foizli daromadidan iborat bо‘ladi.
Lizing tо‘lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bо‘lib-bо‘lib tо‘lanadi. Lizing tо‘lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi.
Lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchidan pul summasini talab qilib olish va lizing obyektini olib qо‘yish tartibi ham mavjud bо‘lib, bunday holat shartnoma shartlari bajarilmagan holatlarda yuzaga kelishi mumkin.
Lizingga oid masalalar О‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 587-599 moddalarida ham aks ettirilgan.
6-savol bayoni. Xususiy kapitalni tashkil etuvchi oddiy va imtiyozli aksiyalar, taqsimlanmagan foyda va unga tenglashtirilgan vositalar korxonalarni moliyalashtirishning о‘z manbalari hisoblanadi.

Nazariy jihatdan xususiy kapital bahosi korxona mulkdorlari tomonidan talab qilinadigan daromadlilikka teng deb olinadi va dividend tо‘lanish darajasidan kelib chiqqan holda aniqlanishi mumkin. Lekin amaliyotda xususiy kapital elementlari bahosini aniqlash yetarli darajada murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Muammoli tomoni shundaki, xususiy kapital elementlarining umumiy iqtisodiy mohiyati bir-biridan farqli xususiyatlarga ega. Buni quyidagi ikki jihat bilan izohlash mumkin.


Birinchidan, oddiy va imtiyozli aksiyalar manbasiga kо‘ra xо‘jalik faoliyatini yuritish natijasida shakllanadigan foyda kabi jalb qilishda qо‘shimcha xarajatlar talab qilmaydigan tashqi yoki jalb qilingan hisoblanadi.
Ikkinchidan, oddiy va imtiyozli aksiyalar о‘rtasida farq ham mavjud. Korxona tomonidan imtiyozli aksiyalardan foydalanish natijasida ustavda yoki emissiya prospektida belgilangan miqdorda dividend tо‘lash bо‘yicha majburiyat paydo bо‘ladi. Mazkur xususiyatiga kо‘ra imtiyozli aksiyalarni qarz instrumentlariga о‘xshatish mumkin. Bu holat bir tomondan investorlar uchun risk darajasini pastligi ta’minlaydi, boshqa tomondan esa mos ravishda aksiya bо‘yicha kamroq daromad olishga roziligini bildiradi. Shuning uchun bunday manbaning qiymatini baholash, odatda, oddiy aksiyalarni baholash va qarz manbalarini baholash о‘rtasidagi oraliq holat sifatida kо‘rib chiqiladi. Keltirilgan bu jihat oddiy va imtiyozli aksiyalar, shuningdek, taqsimlanmagan foyda qiymatini aniqlashda turli xil yondashuvlarning qо‘llanilishini shart qilib qо‘yadi.
Agar aksiyadorlik jamiyati imtiyozli aksiyalar (preferred stokk – PS) muomalaga chiqargan, Pps kurs bо‘yicha joylashtirgan va DIVps miqdorda qat’iy belgilangan dividend tо‘lashni rejalashtirgan bо‘lsa, emissiya bо‘yicha barcha xarajatlarni (fc) hisobga olgan holda muddatsiz renta daromadliligi sifatida kapital bahosini quyidagi usulda aniqlash qulay:
bu yerda fc – emissiya bо‘yicha xarajatlar, foizda.
Misol kо‘rib chiqamiz.
Kompaniya nominal qiymati 750 birlik bо‘lgan jami 30 000 birlikka teng imtiyozli aksiya muomalaga chiqardi. Imtiyozli aksiya bо‘yicha dividend miqdori bir yilga 80 birlik qat’iy belgilab qо‘yilgan. Bitta aksiyani muomalaga chiqarish uchun xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Aksiyalar nominal qiymati bо‘yicha joylashtirilgan. Mazkur kapital bahosini aniqlang.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin