Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə57/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

2-savol bayoni. Aksiyalarni maydalash aksiyalar sonini proporsional tarzda oshirish jarayonida ularning nominal qiymatini pasaytirishni о‘zida aks ettiradi. Bunda xususiy kapital, firma qiymati va aksiyador mulki о‘zgarishi kuzatilmaydi.
Aksiyalarni maydalashdan asosiy maqsad likvidlilikni va investorlar uchun aksiyalarning jalb qiluvchanligini oshirish hisoblanadi. Muomaladagi aksiyalar sonini keskin oshirish va bir dona aksiya qiymatini mos ravishda pasaytirish natijasida mayda investorlar uchun ham qulaylik yuzaga keladi. Likvidlilikni oshirish о‘z navbatida, aksiyalar kursining kelajakdagi о‘sishiga va talabning oshishiga imkon beradi.
Nazariy jihatdan dividendlarni aksiya shaklida tо‘lash va aksiyalarni maydalash operatsiyalari bir xil. Masalan aksiyalarni 3/2 sxemasida maydalash dividendlarni 50% о‘lchamda aksiyalar shaklida tо‘lash bilan bir xil. YA’ni, har yuzta aksiyaga egalik qiluvchi aksiyador qо‘shimcha 50 ta aksiyani qо‘lga kiritadi.
Yana bir misol kо‘rib chiqamiz.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali har birining nominal bahosi 84 birlikka teng bо‘lgan 250 000 dona oddiy aksiyadan tashkil topgan. Firmaning yil yakunlari bо‘yicha sof foydasi 750 000 birlik. Firma о‘z aksiyalarini 3/2 sxemada maydalashni rejalashtirgan. Aksiyaning bahosi va mulkdorning aksiyalarga egalik qilish holati qanday о‘zgaradi?
Bitta aksiyaga tо‘g‘ri keladigan joriy daromad miqdorini aniqlaymiz:
EPS = NP/NS= 750 000 / 250 000 = 3 birlik.
Bundan P/E kо‘rsatkichi miqdori 84/3=28 ga teng.
Maydalash natijasida muomaladagi aksiyalar soni va EPS kо‘rsatkichi miqdori quyidagiga teng bо‘ladi:
NS=250 000x1,5=375000
EPS=750 000 /375000 = 2.
Mos ravishda bitta aksiyaning qiymati quyidagiga teng bо‘ladi:
P/2=28, bundan P=56 birlik.
Bu kо‘rsatkich boshqa bir usul bilan ham aniqlanishi mumkin:
P=84/1,5=56 birlik.
Shu tarzda 84 birlik qiymatga ega bо‘lgan aksiyalardan 100 tasiga egalik qiluvchi aksiyador maydalash amalga oshirilgandan sо‘ng 56 birlik qiymatga (1,5 marta arzon) ega bо‘lgan 150 ta (1,5 marta kо‘p) aksiyalar paketiga egalik qiladi. Kо‘rinib turganidek, mazkur holatda mulkdor holati va firma qiymati о‘zgarmaydi.
Aksiyalarni maydalash operatsiyasi firma qiymatiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatmasada amaliyotda qisqa muddatli istiqbolda mayda va portfel investorlar qiziqishining о‘sishi hisobiga aksiyalar kursi qisman bо‘lsada oshib boradi.
Firma tomonidan dividendlarni pul shaklida tо‘lashning yana bir muqobil varianti sifatida xususiy aksiyalarning bir qismini qaytarib sotib olish yо‘li bilan mulkdorlar о‘rtasida daromadni taqsimlash mexanizmini keltirish mumkin. Buning natijasida muomaladagi aksiyalar soni kamayadi, boshqa tomondan bitta aksiyaga tо‘g‘ri keladigan foyda (EPS) miqdori oshadi.
Bu amaliyot qolgan aksiyalar bо‘yicha dividend miqdorining avtomatik tarzda ortishi va oldindagi davr bо‘yicha dividend tо‘lovlari koeffitsienti о‘sishi imkonini beradi. Bundan tashqari xususiy aksiyalarni sotib olish odatda, kapitalning qо‘shimcha о‘sishi shaklida aksiyadorga qо‘shimcha daromad keltiradigan aksiya kursi о‘sishiga olib keladi.
Misol kо‘rib chiqamiz.
Aksiyadorlik jamiyatining taqsimlash mumkin bо‘lgan bо‘sh pul mablag‘lari 50 000 000 birlikni tashkil etadi. Muomaladagi aksiyalar soni 10 000 000 dona. Bitta aksiyaning joriy qiymati 25 birlikka teng. Bitta aksiya bо‘yicha kutilayotgan daromadlilik 2,5 birlikka teng. Bitta aksiya bо‘yicha rejalashtirilayotgan dividend 5 birlik. Dividendlarni tо‘lashning muqobil varianti sifatida bozordan joriy narx bо‘yicha xususiy aksiyalarni sotib olish varianti mavjud. Mulkdorlar holati qabul qilingan qarorga bog‘liq ravishda qanday tartibda о‘zgaradi?
1. Dividendlarni pul shaklida tо‘lash amaliyoti qо‘llanilsa aksiyadorlar har bir aksiya bо‘yicha 5 birlikdan daromad oladi. Reyestr yopilish sanasiga aksiya qiymati dividend miqdoriga kamayadi va 25 – 5 = 20 birlikka teng bо‘ladi. Mos ravishda dividend tо‘langandan sо‘ng mulkdor bitta aksiya bо‘yicha
P + DIV = 20 + 5 = 25 birlikka egalik qiladi.
2. Aksiyadorlik jamiyati mavjud mablag‘ga xususiy aksiyalarni qayta sotib olish holatida
50 000 000 / 25 = 2 000 000
Qayta sotib olish operatsiyasidan keyin bitta aksiya qiymati:

Shunday qilib, aksiyadorlar holati о‘zgarmaydi. Birinchi holatda aksiyador 5 birlik miqdorida dividendga va 20 birlik miqdorida aksiyaga egalik qilsa, ikkinchi holatda aksiya qiymati 25 birlikligicha qoladi.


Qayta sotib olingan aksiyalar xazinaviy aksiyalar (treasure stock) deb ataladi va ular aksiyadorlarga va yangi investorlarga qaytadan sotilishi mumkin. Shuningdek, konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar muomalaga chiqarish yoki xorijiy bozorlarga joylashtirish uchun zaxira vazifasini bajarishi ham mumkin. Qayta sotib olingan aksiyalar ovoz berish jarayonida hisobga olinmaydi va dividendlar hisoblanmaydi.
Aksiyalarni qayta sotib olish keragidan ortiq bо‘sh pul mablag‘larini qisqartiradi, kapital tarkibini optimallashtirish imkonini beradi. Eng asosiysi о‘zaro ahil bо‘lmagan birlashishlardan himoyalash vositasi bо‘lib hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarni qayta sotib olish maqsadi bozor uchun ijobiy signal sifatida baholanadi. U odatda, quyidagi asosiy usullar bо‘yicha amalga oshiriladi:
- ochiq bozordan sotib olish;
- inctitusional investorlardan aksiyalar paketini sotib olish;
- aksiyadorlardan maxsus narxlarda sotib olish bо‘yicha tender e’lon qilish.
Aksiyalarni qayta sotib olish xorijiy mamlakatlar amaliyotida dividend tо‘lashning ommabop shakli sifatida kо‘zga tashlanadi.
Dividendlarga soliq solish soliq tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish bо‘yicha imtiyozlar belgilanishi mumkin. 2019 yilda investitsiya muhitining jozibadorligini oshirishda ahamiyatga ega bо‘lgan dividendlar va foizlar kо‘rinishidagi daromadlar bо‘yicha tо‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasi 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirildi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin