Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə60/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Oltinchi bosqich – moliyaviy va soliq hisobini yuritishda asos
boʻlib xizmat qiluvchi tipik xoʻjalik operatsiyalarini tuzish bosqichi.
Bunda soliq boʻyicha har xil vaziyatlar, mumkin boʻlgan yoʻqotishlar,
shartli jarimalar va boshqa sanksiyalar natijasidagi moliyaviy
koʻrsatkichlar tarkibi tahlil qilinadi va rejalashtiriladi.
Yettinchi bosqich soliqlarni hisoblash va toʻlashning toʻgʻriligi
boʻyicha kam xarajatli soliq hisobi va nazoratini tashkil etish bilan
bevosita bogʻliq. Xatolarga yoʻl qoʻyish bilan bogʻliq risklarni
kamaytirishning asosiy usuli soliq hisob-kitoblarini ichki nazorat
qilish texnologiyasidan foydalanishdir.
Soliqlarni strategik rejalashtirish, joriy rejalashtirish, operativ
rejalashtirish hamda rejalashtirish boʻyicha samaradorlikni baholash
oʻziga xos yoʻnalishlari quyidagi rasmda keltirilgan (20.2-rasm).
Yuqorida soliqlarni rejalashtirish orqali korxonalarda soliqlarni
qonun doirasida kamaytirish elementlari, yoʻnalishlari haqida fikr
yuritdik. Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishning samarali amal
qilishi davlat byudjeti daromadlarining qisqarishiga ham sabab
boʻladi. Bunday holatda korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni
chegaralash boʻyicha davlat tomonidan ham qator chora-tadbirlar
amalga oshiriladi. Qator mamlakatlarda soliqlarni toʻlashdan
qochishning oldini olish uchun, shuningdek, soliqlarni
rejalashtirishning qoʻllanish doirasini chegaralash imkonini beruvchi
maxsus metodlar ishlab chiqilgan. AQSH, Buyuk Britaniya va
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida “antitransfert”, “antioffshor” va
“antidemping” qonunchiligi nihoyatda qattiq amal qiladi. Shuning
uchun korxona tomonidan soliqlarni kamaytirish faqat amaldagi
chegaralangan tizim doirasida amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda soliq toʻlovchilarning soliqlarni qonuniy kamaytirish
imkoniyatlarini pasaytirish maqsadida davlat tomonidan qoʻllaniladigan
chora-tadbirlar sifatida quyidagilarini koʻrsatish mumkin:
- qonunchilikdagi boʻshliqlarni toʻldirish;
- qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish;
- ma’muriy ta’sir etish chora-tadbirlarini qoʻllash;
Davlat qonunchilik hujjatlaridagi doimiy oʻzgarishlar sharoitida
qonunchilikdagi boʻshliqlarni doimiy toʻldirib borishga hamda
soliqlarni pasaytirishga imkon tugʻdiruvchi holatlarni bartaraf etish
boʻyicha soliq qonunchiligiga tuzatishlar kiritishga harakat qiladi.
Aynan shuning uchun uzoq muddat davomida soliqlarni
rejalashtirishni mazkur usul (soliq qonunchiligidagi boʻshliqlardan
foydalangan holda soliqlarni rejalashtirish usuli)da amalga
oshirishning imkoniyati chegaralangan.
Mamlakatimiz soliq qonunchiligiga soliq prezumpsiyasi tamoyili
kiritilishi natijasida soliq toʻlovchilar huquqi yuqori baholanishi joriy
etilganligi sababli qonun chiqaruvchi organ tomonidan
qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor
qaratiladi.
Soliqlarni rejalashtirishni chegaralashning ma’muriy ta’sir etish
chora-tadbirlarida soliq toʻlovchining soliqlarni joriy rejalashtirishi
chegaralanadi. Soliq organlari soliqlarni oʻz vaqtida va toʻliq
toʻlashni, zarur hujjatlarni taqdim etishni, tushuntirishlarni talab qilish
huquqiga ega. Ular tekshiruvlar oʻtkazish va tegishli sanksiyalarni
qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Misol sifatida yagona
soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisob-kitobini soliqlar va ularga
tenglashtirilgan toʻlovlar toʻgʻrisidagi qonunchilikda oʻrnatilgan
tartibda taqdim etmaslik holatida subektning javobgarlikka tortilishi
boʻyicha soliq organlarining huquqini keltirish mumkin.
Soliqlarni qonun doirasida kamaytirishning oldini olish
maqsadida davlat tomonidan qoʻllaniladigan chora-tadbirlar soliq
qonunchiligining takomillashuviga va oʻz navbatida, byudjet
daromadlarining oʻz vaqtida shakllanishiga xizmat qiladi.
Umuman, korxonalarda soliqlar boʻyicha pul oqimlarini
boshqarishda soliqlarni rejalashtirishga qarama-qarshi ravishda davlat
tomonidan qoʻllaniladigan chora-tadbirlarni ham inobatga olish lozim.
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni samarali tashkil etishda
mazkur jarayonni zarur axborot bilan ta’minlash ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda soliqlarni rejalashtirish
jarayoni ishtirokchilarini ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq.
Bular birinchidan, asosiy (hal qiluvchi) qatnashchilar: buxgalteriya,
moliya, ichki audit xizmati, yuridik, reja boʻlimlari; ikkinchidan,
yordamchi qatnashchilar: ishlab chiqarish, ta’minot savdo, marketing
va boshqa boʻlimlar (20.3-rasm). Bunda soliqlarni rejalashtirish
jarayonining bevosita ishtirokchisi sifatida u xoh asosiy qatnashchilar
boʻlsin, xoh yordamchi ishtirokchilar boʻlsin oʻzining muhim oʻrniga
ega hisoblanadi. Bu jarayonda koʻrsatib oʻtilayotgan biror bir
boʻlimning ishtirok etmasligi korxona uchun soliq borasida jiddiy
moliyaviy yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin.
Soliqlarni rejalashtirish jarayonida turli xil modellardan ham foydalaniladi.
Bunday modellardan biri imitatsion modellardir. Imitatsion
modellarning mohiyati soliq toʻlovchilarning soliqqa tortish tartiblaridan
afzalini tanlagan holda faoliyat yuritishlarida namoyon boʻladi.
Xususan, faoliyat sohasi va belgilangan mezonlarga javob berganda
korxonaning umumbelgilangan tartibda barcha soliqlarni toʻlashdan
soddalashtirilgan tartibda soliq toʻlashga oʻtishlarida aniq hisobkitoblarga
asoslanishi yoki soddalashtirilgan tartibda soliq toʻlashga
oʻtish uchun faoliyatni qayta tashkil etish boʻyicha ishlab chiqilgan
modelni anglatadi.
Faraz qilaylik, korxona soliqlar boʻyicha xarajatlar yuqori
boʻlganligi uchun oʻz biznes faoliyatini qonunchilikda belgilangan
tartibda boʻlinish orqali qayta tashkil etgan. Boshqaruv shakli
boʻyicha tarkibiy boʻlinmalarni mustaqil yuridik shaxs sifatida ajratish
hisobiga xarajatlarni pasaytirish mumkin. Ya’ni bunda soliqqa
tortishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash hisobiga korxona
rentabelligi oshishiga erishish mumkin.
Kompaniya boʻlinish jarayonida oʻzining tarkibini kichik
korxonalar sifatida tashkil etish orqali va soliqqa tortish jarayonida
soddalashtirilgan tartibda soliqqa tortish tizimiga oʻtishi uchun,
avvalambor, faoliyat sohasi va soddalashtirilgan tartibda soliqqa
tortish rejimiga oʻtish mezoni boʻyicha talablarga javob berishi lozim.
Mamlakatimizda soddalashtirilgan tartibda soliqqa tortish tizimi
ayrim faoliyat sohalariga, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining 350-moddasiga asosan aksiz soligʻi toʻlanadigan
mahsulot ishlab chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi
mikrofirmalar va kichik korxonalarga, mahsulot taqsimotiga oid
bitimlar ishtirokchisi boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga
tatbiq etilmaydi.
Yagona soliq toʻloviga oʻtish mumkin boʻlgan mikrofirmalar va
kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni boʻyicha qonun
hujjatlarida belgilangan mezonga mos keladigan yuridik shaxslar
kiradi.
Bunda:
- xodimlarning soni hisobot yili uchun xodimlarning oʻrtacha
yillik sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
- xodimlarning oʻrtacha yillik sonini aniqlashda oʻrindoshlik,
pudrat shartnomalari va boshqa fuqarolik-huquqiy tusdagi
shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek,
unitar (shoʻba) korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda
ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi;
- yuridik shaxslarni mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga
kiritishda yuridik shaxsning asosiy faoliyat (ixtisosligi) turiga toʻgʻri
keladigan xodimlar sonining mezoni qabul qilinadi.
Ayni vaqtda, amaliyotda koʻplab tadbirkorlik subektlarida
qonunchilikda belgilangan xodimlar soni boʻyicha chegara doirasida
faoliyat yuritishni ta’minlash bir muncha murakkab jarayon boʻlib
hisoblanadi. Natijada bunday kompaniyalar oʻz biznes faoliyatini
boʻlishga majbur boʻladilar. Shunda har bir boʻlinma maxsus soliq
rejimi mezonlari boʻyicha soddalashtirilgan soliqqa tortish rejimiga
oʻtish uchun oʻrnatilgan mezonlarga muvofiq ravishda faoliyat
yuritishi ta’minlanadi.
Koʻpchilik holatlarda bunday boʻlinish va soliqqa tortishning
soddalashtirilgan tizimiga oʻtish iqtisodiy jihatdan korxona uchun
foydali. Lekin, korxona rahbariyatini amaldagi tashkiliy tuzilmani
boʻlishning real yoʻllari, soddalashtirilgan soliqqa tortish rejimining
salbiy oqibatlari kabi muammolar bezovta qiladi. Shuning uchun qaror
qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish zarur:
- kompaniya biznes strukturasining yuridik jihatdan asosli
ekanligini, ya’ni faoliyat sohasining va ishchi xodimlar sonining
soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtish uchun
qonunchilikda oʻrnatilgan meyorlarga mos kelishi aniqlanadi;
- firma ichidagi va firmalar oʻrtasidagi aloqalarning huquqiy
yoʻnalishlarini oʻrnatish. Bunda tashkil etilayotgan kichik korxonalar
oʻrtasida oʻzaro aloqalar chizmalarini yaratish biznes jarayonini
boshqarishni va soliqlarni pasaytirishning qonuniy yoʻllarini joriy
etishdagi muammolarni bir vaqtning oʻzida hal qilish uchun qabul
qilinishi zarur;
- soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllashdagi
risklarni, shu jumladan, qonunchilikdagi shartli noaniqliklar boʻyicha
risklarni baholash.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda biznes faoliyatini boʻlish
va soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtishni boshlash
uchun keltirib oʻtilgan muammolarni huquqiy jihatdan oʻrganish talab
qilinadi hamda bu jarayon soliq risklarini pasaytirish maqsadida
chuqurroq koʻrib chiqish uchun yetarli hisoblanadi.
Aytaylik, birinchi navbatda, koʻrsatilgan barcha savollar taxminan
hal qilingan. Bunda korxonani qayta tashkil etish natijasida iqtisodiy
samara boʻyicha savollar paydo boʻladi. Bunda erishilgan natija butun
faoliyat boʻyicha soliq yukining qay darajada pasayganligida
namoyon boʻladi. Shuning uchun korxona toʻlaydigan soliq summalari
hamda yangi tarkibiy boʻlinmalar toʻlaydigan soliq summalari
taqqoslanadi.
Bunda soliqlarning umumiy pasayish darajasi (birinchi navbatda
yagona ijtimoiy toʻlov va foyda soligʻi) baholanishi kerak.
Shuningdek, iqtisodiy tahlil jarayonida quyidagilarga ham e’tibor
qaratish kerak:
- sof tushum boʻyicha soliqqa tortishning soddalashtirilgan
tizimiga oʻtish varianti va daromaddan xarajatlarni chegirish orqali
soliq toʻlash tizimini solishtirish;
- soliq toʻlovchi soliq davri davomida toʻlanadigan pensiya
fondiga majburiy sugʻurta badallarini ham hisoblash;
- iqtisodiy subekt rentabelligi tahlilini oʻtkazish;
- hisob-kitoblarda soliqlarni kamaytirishning boshqa imkoniyatlarini
koʻrib chiqish (masalan, jismoniy shaxslar daromadiga soliqni
kamaytirishning dividend chizmasini qabul qilish hisobiga).
Soliqlarni rejalashtirish jarayonida korxonaning oʻz biznes
maqsadidan kelib chiqqan holda tashkiliy strukturasini belgilash
soliqqa tortish tartibini belgilashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman amal qilayotgan strukturani qayta tashkil etish yoki
boʻlish jarayonida imitatsion modeldan foydalanish quyidagi maqsadlarlarda
tashkil etiladi:
- soliqqa tortish koʻrsatkichlari va parametrlarini oʻzgartirish;
- kompaniyaning turli tarkibiy tuzilmalardagi rentabellikni
oshirish;
- yangi tashkil etilayotgan tarkibiy boʻlinmalar oʻrtasidagi
faoliyatning tashkiliy chizmalari yaratish natijasida narx orqali ham
soliqlarni kamaytirish.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin