Qoʻshib olishlar (Acquisitions) natijasida bir kompaniyaning
boshqa bir kompaniyani oʻz nazorati ostiga olishi, unga boʻlgan
mutlaq yoki qisman egalik huquqini qoʻlga kiritgan holda uni
boshqarishi, aksariyat holatlarda qoʻshib olinadigan kompaniyaning
bozordagi aksiyalarini sotib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Korporativ qoʻshib olishlarning tasniflanishi Moliyaviy tahlilchilar kompaniyalar oʻrtasidagi integratsiyadan
kelib chiqqan holda korporativ birlashish va qoʻshib olishlarni odatda,
uchta tipga ajratadilar:
1. Gorizontal birlashish va qoʻshib olish. Bu tipga bitta tarmoqda
faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro birlashishi yoki qoʻshib
olinishi holatlarini kiritish mumkin. Bunday kompaniyalar bozorda
oʻzaro raqobatchilar hisoblanadi. Bunga 2005-yilda
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va “Zaminbank”ning oʻzaro birlashishini
misol sifatida keltirish mumkin.
2. Vertikal qoʻshib olish. Vertikal qoʻshib olish oʻzaro bogʻliq
tarmoqlarda yirik kompaniya tomonidan biznesning turli
bosqichlaridagi kompaniyalarni oʻziga jalb etish orqali faoliyatni
tashkil etishni koʻzda tutadi. Masalan, aviakompaniyalarning turizm
agentliklarini oʻziga qoʻshib olishini vertikal qoʻshib olish sifatida
keltirish mumkin.
3. Konglomerat qoʻshib olish. Faoliyat yoʻnalishlari oʻzaro
bogʻliq boʻlmagan kompaniyalarning biri tomonidan ikkinchisining
qoʻshib olinishi konglomerat qoʻshib olishni anglatadi. Bunga misol
sifatida kompyuterlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning ichimlik
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyani qoʻshib olishini keltirish
mumkin.
Yuqoridagilar asosida kompaniyalar oʻrtasidagi integratsiyadan
kelib chiqqan holda korporativ birlashish va qoʻshib olishlar tasnifini
quyidagi rasmda keltirib oʻtamiz (21.1-rasm).
21.1-rasm. Kompaniyalar oʻrtasidagi integratsiyadan kelib chiqqan holda