4– LABORATORIYA ISHI KIMYOVIY KINETIKA. KIMYOVIY MUVOZANAT Mashg‘ulot rejasi: 1. Kimyoviy reaksiya tezligi.
2. Konsentratsiya tushunchasi
3. Gulberg va Vaage qonuni
4. Vant-Goff qonuni.
5. Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog‘liqligi
6. Gaz moddalar orasidagi kimyoviy reaksiya tezligi
Mashg‘ulot maqsadi: Kimyoviy reaksiya tezligini tempratura va konsentratsiyaga bog‘liqligini sulfat kislota, natriy tiosulfat tuzi eritmasi reaksiyalari orqali aniqlash.
Tayanch iboralar: Konsentratsiya, katalizator, gomogen, geterogen sistemalar, faza tushunchalari, promotor, initsiator, ingibitor tushunchalari.
Kerakli jihozlar va reaktivlar Sulfat kislotasi, natriy tiosulfat tuzi eritmasi, suv, probirka, termometr, stakan, о‘lchov silindrlari, Temir (III) – xloridning suyultirilgan eritmasi, suyultirilgan ammaoniy rodanid eritmasi, temir (III) – xlorid tuzi.
Mashg‘ulot mazmuni
NAZARIY MA‘LUMOT Kinetika – kimyoviy jarayonlarning tezligi, mexanizmlari va unga tasir etuvchi omillarni o’rganadi.
Kimyoviy reaksiya tezligi – kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar konsentratsiyasini vaqt birligi ichida o’zgarishi kimyoviy reaksiya tezligi deyiladi.
Masalan; kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddaning dastlabki konsentratsiyasi 1 mol/l ga teng. Reaksiya 10 sekund davom etgandan so’ng ushbu moddani konsentratsiyasi 0,4 mol/l ga teng bo’lsa, reaksiya tezligini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanib topamiz.
Bu yerda;
C1 – C2 ∆C C1 – moddani dastlabki konsentratsiyasi
v = yoki C2 – reaksiyadan keyingi konsentratsiyasi
t1 – t2 ∆t t1 va t2 dastlabki va reaksiyadan keyingi vaqt
1 – 0,4 0,6
v = = 0,06 mol/l*sek
10 sek10 Demak shu raksiyani tezligi 0,06 mol/l ga teng ekan.