JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS http://www.newjournal.org/ Volume–18_Issue 4_December_2022 66 tashkil topadi. Shu davrdan boshlab O'rta Osiyoda shahar madaniyati uzluksiz, jadal
sur'atlar bilan rivojlanib boradi.
Sirdaryo va Amudaryo oralig'ida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida qadimgi
so'g'd elati va o'troq dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Qashqadaryoda miloddan
avvalgi birinchi asrning boshidan ikkita asosiy voha - Qarshi va Shahrisabz vohalari
shakllanadi. Aleksandr Makedonskiy bilan birga yurtimizga kelgan yunon tarixchilari
milodning IV asri oxirida Qashqadaryo vodiysidagi ikkita tarixiy-madaniy viloyat -
Nautaka va Nikshapani eslab o'tishadi.
Qarshi vohasining qadimiy poytaxti - Yerqo'rg'on shahristoni hozirgi Qarshi
shahri Shayxali mahallasidan 2 kilometr shimolda joylashgan tuproq qal'a bo'lgan.
Yerqo'rg'on 50-60-yillarda dastavval S.Kabanov va M.Masson tomonidan o'rganilgan.
XX asrning 70-80-yillarida esa O'zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya
institutining ekspeditsiyasi tomonidan buerda ilmiy arxeologik tadqikotlar olib
borilgan. Yerqo'rg'on hududi turli hajmdagi tepaliklar bilan qoplangan bo'lib, ular sobiq
shahar vayronalaridir. Eng yirik tepalik hukmdor saroyi ekani aniqlangan. Shuningdek,
qazuv ishlari davomida shahar butxonasi, maqbara, zardushtiylik dahmasi,
hunarmandlar mahallalari topilgan. Yerqo'rg'ondagi shahar taxminan VI asrning
ikkinchi yarmida Turk xokonligi va Sosoniylarning birlashgan kuchlari tomonidan
eftalitlar davlatini yakson qilish paytida vayron qilingan.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o'rtalarida shahar kengayib boradi. U
35 gektarlik maydonni egallaydi. Taxminan miloddan avvalgi VI asrda qurilgan yangi
mudofaa devorining balandligi 8 metr, poydevori 3 metr kenglikda bo'lgan. U shaharni
sak chavandozlaridan himoya kilgan. Vaqt o'tishi bilan u bir necha marta ta'mirlangan
va kengaytirilgan, IV asrning o'rtalariga kelib, uning qalinligi 20 metrgaetgan.
Miloddan avvalgi III-II asrlarda Yerqo'rg'on o'rnidagi shahar rivojlanib borgan, buni
arxeologik topilmalar tasdiklaydi. Jumladan, sopol buyumlarning shakli o'zgara
boshlagan. Bular nafis jomlar, ovqat solinadigan idishlar, laganlardir, ayni paytda bu
davrda vohada koroplastika san'ati vujudga kela boshlaydi. Bu davrdagi noyob
terrakota rasmlar va bezaklar ellincha usulda yasalgan. Qazilmalar mobaynida topilgan
momaqaldiroq xudosi Zevs tasviri tushirilgan miloddan avvalgi V-IV asrlarga mansub
etruskcha gemmaintaliya ham shu davrga oiddir. Soqolli yalang'och mavjudot yarim
burilgan holda chap qo'lida Zevsning hamrohi - burgut qo'ngan asoni ushlab turgan
tarzda tasvirlangan.
Qashqadaryo vohasida topilgan ilk temir davriga oid birinchi yodgorlik
Chiroqchi manzilgohi bo‘lib, keyinchalik Erqo‘rg‘on qishlog‘i madaniy yotqiziqlari
negizida ilk temir davri qatlamlari topilgan, so‘nggi yillarda esa Toshkent davlat
universiteti arxeologiya kafedrasi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘
tumanida ilk temir davriga oid o‘ndan ortiq manzilgohlar aniqlandi. Ularning dastlabki
tipologik tadqiqini A.S.Sagdullayev olib bordi (Sagdullayev A.S., 1984).