Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

Raqobat usuli — muloqot jarayonidagi bir tomonning ikkinchi 
tomon ustidan hukmronligini namoyon qilgan holda muloqot vaziyatini 
boshqarishga va butun jarayonni o‘z qo‘liga olishga harakat qilishini 
anglatadi. Odatda, katta yoshlilar va kichiklar o‘rtasida, murabbiy va unga 
tobe xodim munosabatlarida shunday manzarani kuzatishimiz mumkin. 
Bunda birinchi tomon o‘z ustunligidan foydalangani holda ikkinchisining 
ustidan o‘z erkini namoyon etadi. Tabiiyki, muloqotdan muloqotga tomon 
o‘zini tobe deb his etayotgan odamda ichki noqulaylik va zo‘riqishlar 
yig‘ilib boradi. Bunday holatni psixologik til bilan ifodalanganda “yashirin 
nizo yig‘ilib boradi” deyish mumkin. Bu esa o‘zaro munosabatlarning 
keskinlashuvi va vaqti kelib kattaroq nizolarning paydo bo‘lishiga olib 
keladi. 
Yon berish — yuqorida aytilgan holatga o‘xshashroq, biroq undan 
ko‘ra farqliroq holat hisoblanadi. Bunda sportchi shaxsi muloqot 
jarayonida yon berishga majbur emas, lekin u yon berishga burchliman deb 
hisoblaydi. Bunda kishi o‘zidan yoshi, mansabi, mavqei jihatdan katta 
kishi oldida o‘z manfaat va istaklarini to‘la ifoda etolmay o‘zini tobe his
etadi. Agar yuqoridagi misolda tobelik o‘zga kishi tazyiqi ostida vujudga 
kelsa, yon berish pozitsiyasida sportchi shaxsi o‘z ixtiyori bilan shu xil 
munosabat tarafdori bo‘ladi. Lekin ma’lum vaqt va natijalardan so‘ng unda 
ichki qoniqmaslik hislari paydo bo‘la boshlaydi. Bunday qoniqmaslik 
hislari ortib borishi natijasida esa yon berayotgan kishisiga nisbatan ichki 
norozilik kelib chiqadi. Yon berish insonni passivlikka undaydi, uning 
ichki tashabbusini bo‘g‘ib qo‘yadi va erkinligini cheklaydi. Ko‘p jihatdan 
bu pozitsiya ham muqarrar nizolarga olib keladi. 
Passivlik — biron masalani hal etish lozim bo‘lgan vaziyatlardan 
sportchi shaxsining o‘zini olib qochishi, turli bahonalar bilan qarorni 
orqaga surishini anglatadi. Ko‘pincha bu xil harakat nizoli vaziyatlarni hal 
etish jarayonida namoyon bo‘lishi mumkin. Aytish mumkinki, passivlik — 
nizodan qochish emas, balki masalani uzil-kesil hal etishdan qochishdir. 


61 
Muammoni issig‘ida hal qilish kerak, uni hal qilishni cho‘zib yurish kerak 
emas. Chunki nizoni hal etishdan qochganimiz bilan nizo o‘z-o‘zidan hal 
bo‘lib qolmaydi. Bu o‘rinda o‘quvchida "Kelishmasdan qolgan yoki 
orasida nizo paydo bo‘lgan ikki kishi vaqt o‘tishi bilan bir-birini kechirib 
ketishi ham mumkin-ku, buni qanday tushunish mumkin?" kabi e’tiroz 
tug‘ilishi ham mumkin. Bu e’tiroz tashqi tomondan qaraganda to‘g‘ri, lekin
psixologik jihatdan tahlil qilinsa, atrofdagilar nazarida ular bir-birini 
kechirgandek ko‘rinsalarda, aslida ma’lum muddatgacha bir-birlariga 
nisbatan ichki norozilik holatida qolaveradilar. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin