Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

* “Faollik”. Ya’ni guruhning har bir a’zosi bajaradigan 
mashg‘ulotlarda o‘z faolligini namoyon etishi lozim. 
Bulardan tashqari trener tomonidan guruh ishtirokchilariga nisbatan 
bilib olishi uchun quyidagilar alohida ta’kidlab o‘tilishi shart: 
 Birovning fikrini umuman noto‘g‘ri deb hisoblagan yoki unga 
qo‘shilmagan taqdirda ham uni to‘xtatib qo‘yish yoki uning ustidan 
kulishga hech kimning haqqi yo‘q. 
 Ishtirokchilar bir-birini masxaralashi yoki g‘ururiga tegadigan gaplar 
aytishi mumkin emas. 
 Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning sportchi shaxsiy 
hayotiga tegishli bo‘lsa, javob bermaslik huquqiga ega. 
 Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati 
yaratilishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini 
bermasligi, ya’ni boshlovchining sportchi shaxsiyatiga tegish kabilarga 
yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanishi kerak. 
Normalarni mashg‘ulot o‘tkazishdan avvalroq katta qog‘ozga yozib, 
xonaga osib qo‘yish yoki guruh a’zolari bilan birgalikda "Aqliy hujum" 
usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq. 
Bu trener va ishtirokchilar orasidagi birinchi guruhiy kelishuv 
hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta 
eshitish, nima uchun bu tamoyilga hayrixohligi yoki noroziligini 
izohlashini so‘rash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qo‘yish 
kerakmas. Chunki agar kimdir guruhning fikriga norozi bo‘ladigan bo‘lsa, 
uni ko‘ndirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim 
bo‘ladi. Uning fikrini inobatga olmaslik esa guruhdagi pisixologik iqlimga 
salbiy ta’sir etishi aniq. Ya’ni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida 
norozilik holati paydo bo‘ladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki 
davomida noroziligini namoyon qilib, qolganlarga halaqit berishi mumkin. 


65 
Bundan tashqari agar bu sportchi shaxsi o‘zini past baholovchi sportchi 
shaxsi bo‘lsa, unda ruhiy tushkunlik, o‘z-o‘zini baholashning pasayishi va 
h.k.lar ham paydo bo‘lish ehtimolini tug‘diradi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin