69
Emotsional hissiy zo‘riqishlarni bartaraf etish
bilan bog‘liq treninglar.
Sportchi shaxsi hayotida kutilmagan yoki ba’zan kutilgan holatlarda
ham noxush, kishini salbiy emotsiyalarga beriluvchanligini oshiruvchi
vaziyatlar yuzaga kelishi – hayotda ko‘p kuzatiladi. Ayniqsa, sportchi
shaxsi uchun kutilmagan holatlar sifatida — avariya holatiga tushish yoki
bu holatning ko‘z oldida sodir bo‘lishi, yaqin kishisini yo‘qotish
va uni
unuta olmaslik kabi salbiy hissiyotlar uyg‘otuvchi voqealar sportchi
shaxsida emotsional hissiy zo‘riqishlarni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari,
yoqtirmagan odamini uchratib qolish, kimgadir ozor berib qo‘yib,
vijdon
azobida azoblanish kabilar ham sportchi shaxsida noxush xislarni paydo
bo‘lishiga asos bo‘ladi. Lekin sportchi shaxsi oddiy holatda bunday
hissiyotlarni chiqarib yubora olmaydi. Bunday holat esa kishiga juda katta
ichki ruhiy zo‘riqish beradi va buni chiqarib yubora olmaganligi natijasida
turli salbiy, ruhiy o‘zgarishlar — stress, nevroz, depressiya holatlari kelib
chiqadi. Ko‘pincha bunday kishilar o‘sha paytda
his qilgan narsalarini
gapirib bera olmayman, deyishadi. Ma’lumki, bunday holatlar sportchi
shaxsi psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Trening natijasida sportchi shaxsini shunday voqealarni, hissiyotlarni
unutishga yoki buni to‘g‘ri qabul qilishga o‘rgatiladi. Emotsional sohadagi
treningning maqsadi — sportchi shaxsidagi
noxush holatlardagi
hissiyotlarni gapirtira olishdan iboratdir. Agar trening jarayonida sportchi
shaxsi hujayralarining har bir joyida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni va
ruhiy kechinmalarni gapirtirishga erishilsa – bu treningnig
samaradorligidan darak beradi. Demak, bu treningni maqsadi — o‘z
hissiyotlarini tasvirlab, gapirishga o‘rgatish orqali
salbiy hislarni sportchi
shaxsi psixikasidan chiqarib yuborishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: