67
Mana shu jarayonlar to‘liq bajarib bo‘linganidan so‘nggina guruh
ishlash uchun tayyor hisoblanadi va trener asosiy mashg‘ulotlarni
boshlashi mumkin. Ya’ni ishni olib borish bosqichiga o‘tish mumkin
buladi.
Ishni olib borish bosqichi.
Ishni olib borish bosqichi – bu trening jarayonini va
mashg‘ulotlarning qanday olib borilishi, ularning turlari, trening jarayonida
qo‘llaniladigan usullardan iboratdir.
Trening jarayonida trener sportchi shaxsilararo munosabatlarni
yaxshilash uchun mo‘ljallangan o‘yin
va mashqlar, baxs-munozaralarni
taklif etishi uchun aynan muloqot haqida, shuningdek bu boradagi
psixologik bilimlarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Sportchi shaxsilararo
munosabatlar psixologiyaning eng murakkab va asosiy yo‘nalishi bo‘lib,
buni bilmasdan turib trening jarayonini tashkil etish va uning samarasini
ta’minlash mumkin emas.
Odatda o‘zaro munosabatda bo‘layotgan odamlar — muloqot
ishtirokchilari turli xil pozitsiyalardan kelib chiqqan holda o‘zaro
munosabatlarda bo‘ladilar. Bu pozitsiyalar ko‘p jihatdan muloqot
ishtirokchilarining o‘zaro
holatiga, muloqot natijasiga ta’sir etadi va
keyingi munosabatlar mazmunini ham belgilab beradi. Demak, aytish
mumkinki, birgalikdagi faoliyat va hayotga, ya’ni
muloqotga halaqit
beruvchi to‘siq hamda noxushliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga intilish
kerak. Buning uchun eng yaxshi usul — unutishdir. Unutish vazifasini esa
vaqt bajarishi mumkin, ya’ni vaqt o‘tishi bilan biz nizoli vaziyatlarni, kim
bilandir o‘rtamizda paydo bo‘lgan noxush vaziyatlarni unuta boshlaymiz.
Lekin hozirgi jadal taraqqiyot davrida vaqtga ishongandan ko‘ra, faol
harakat qilib nizoli vaziyatlar natijasi bo‘lgan noxushliklarni ixtiyoriy
ravishda bartaraf etish samaraliroq natijalar berishi mumkin. Buning uchun
esa shu maqsadda tashkil etiladigan treninglar yaxshi natija beradi.
Sportchi shaxslararo muloqotlilik ko‘nikmalarini hosil qilish uchun
tashkil etishga mo‘ljallangan trening davomida
quyidagi mashq albatta
o‘tkazilishi kerak.
Har bir ishtirokchi “Qarshimdagi odam kim?” degan savolga javob
oladigan savollarni bilishi lozim. Umuman sportchi shaxsi o‘z qarshisidagi
odam, ya’ni suhbatdoshi haqida imkon darajasida ko‘proq ma’lumotga ega
bo‘lishi lozim. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, hech
bo‘lmaganda muloqotga kirishayotgan odam haqida 7 ta ma’lumotga ega
bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Bu ma’lumotlar suhbatdoshning:
–
68
– ismi;
– mutaxassiligi;
– oilaviy ahvoli;
– sog‘lig‘i haqida ma’lumotlar;
– kasbining o‘ziga yoqadigan va yoqmaydigan tomonlari;
– u qadrlaydigan insoniy sifatlar;
– qiziqishi yoki xobbisi.
Bu ma’lumotlar qatori qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, chunki
suhbatdoshi haqida ma’lumotlarning ko‘pligi samarali muloqot o‘rnatish
kafoloti hisoblanadi.
Demak, har qanday odam muvaffaqiyatli muloqotga kirishish uchun
suhbatdoshi haqida ko‘proq ma’lumot bilishi talab etiladi.
Samarali muloqotni tashkil qilishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan
yana bir holat shundan iboratki, bunda trening ishtirokchilari "Qarshimdagi
odam qanday holatda?" degan savolga javob berishlari talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: