3. Salom berish odobi
Assalomu alaykum – sizga sogʻlik, salomatlik, tinchlik tilayman
demakdir.
Siz kim kimga salom berish kerakligini bilasizmi? Kim oldin salom
berishi lozim?
Koʻpchilikka yolgʻiz kishi salom beradi. Otliq yoki mashinadagi kishi
piyodaga salom berishi kerak. Yurgan kishi oʻtirganga, oʻtirgan kishi, yotgan
kishiga salom beradi. Oʻzingizdan kattaga salom berishni unutmang!
(50 soʻz)
16
4. Kuz
Bu yil kuz fasli erta tushdi. Qovun palagi qurimasdan, havoda mezon
shamoli uchdi. Kechalari osmonda turnalarning horgʻin nolasi eshitilmoqda.
Bu yil qish qattiq keladiganga oʻxshaydi, teraklar bargini erta toʻkdi. Oktabr
oyining boshi boʻlishiga qaramasdan havo sovib, tez-tez yomgʻir yogʻmoqda.
Paxtakorlar ham shoshib qolishdi, dalalarda paxtalar chamandek ochilib
turibdi.
(50 soʻz)
5. Chumolilar
Chumolilarning turi juda koʻp. Ular dalalarda, oʻrmonlarda, qirlarda,
hovlilarda oila boʻlib yashaydi. Insonlar yashaydigan joylarda asosan sariq,
jigarrang, qora chumolilar uchraydi.
Chumolilar juda mehnatkash va foydali hasharotdir. Ular bahor
faslining boshlanishidan, kuz faslining soʻhggi kunlarigacha mehnat qilib,
oziq-ovqat yegʻadi.
Chumolilar mevali bogʻlarda, dalalarda, paxtazorlarda uchraydigan
zararli hasharotlarga qiron keltirib, insonlarga katta yordam beradi.
(55 soʻz)
6. Registon
Samarqanddagi
Registon
ansambli
dunyoga
mashhur
tarixiy
yodgorlikdir. Chet ellardan kelgan sayyohlar Registonni koʻrmay ketmaydi.
Registon ansambli uchta salobatli binodan tashkil topgan. Bular:
Ulugʻbek, Sherdor, Tillakori madrasalaridir.
Ulugʻbek madrasasi 1471-yil barpo etilgan. Madrasada diniy ilmdan
tashqari, dunyoviy fanlar ham oʻqitilgan. Bu yer Mirzo Ulugʻbek davrida
ilm-fanning markazi boʻlgan. Madrasada Ulugʻbekning oʻzi ham dars bergan.
(55 soʻz)
|