4 – sinf. Lugʻat diktantlar
1. Tabiat, anhor, baland, diktant, dorixona, jonivor, hamroh, madhiya, vagon,
varrak, ziyrak, rahmdil.
(12 soʻz)
2. Xabar, shamol, shaxmat, rassom, yorugʻ, farzand, tarjimon, jadval, ijozat,
choʻqqi, hassa, jahon.
(12 soʻz)
3. Hosildor, tartibli, maqsad, haykal, kitobxon, doʻst, chorvador, bogʻbon,
dasturxon, giyoh, hammom, pahlavon.
(12 soʻz)
4. Uchuvchi, kitobxon, mashhur, qadimiy, navqiron, Buxoro, temiryoʻl,
sayohatchi, yodgorlik, mahalla, shahar, quruvchi, sogʻinch.
(13 soʻz)
5. Yaxmalak, toychoq, shifokor, choynak, saraton, sabzavot, binafsha, qaldirgʻoch,
kuyladi, allaladi, mittigina, horgʻin, chamanzor.
(13 soʻz)
6. Bedana, xoʻroz, oʻrdak, tovuq, tovus, turna, chumchuq, qargʻa, baliq, baqa,
maymun, yoʻlbars, boʻri, tulki.
(14 soʻz)
7. Asr, qasr, aql, qadr, sharf, daraxt, mard, izzat, mehr, harf, katta, sa’va, ma’no,
da’vo.
(14 soʻz)
8. Taassurot, taalluqli, ma’rifat, shabada, madhiya, manfaat, dastlab, daromad,
dorixona, mehribon, mashaqqat, qahramon, hovuz, dehqon.
(14 soʻz)
9. Palapon, payvand, qumursqa, xiyobon, sayyoh, soʻqmoq, sirk, xavf, ta’til, yassi,
shaxmat, quduq, muqaddas, harbiy, oltinrang.
(
15 soʻz)
10. Majnuntol, terak, qayragʻoch, chinor, buta, daraxt, oʻsimlik, barg, ildiz, poya,
yaproq, koʻsa, paxta, tut, bugʻdoy.
(15 soʻz)
12
Boshlangʻich sinflar uchun tekshirish diktant namunalari
1-sinf
Tekshirish diktantlar
1. Ona
Onamiz eng katta boyligimiz. Onalar farzand uchun jonini berishga
tayyor yagona insondir. Onalarni ardoqlang.
(15 soʻz)
2. Paxta
Paxta – oʻzbek xalqining milliy boyligidir. Paxtadan ip, yogʻ, sovun,
mato kabi juda kerakli narsalar olinadi.
(16 soʻz)
3. Tinchlik
Tinchlik – katta boylik. Barcha insonlar tinchlikni istashadi. Yashash
va oʻqish uchun avvalo tinchlik kerak.
(15 soʻz)
4. Bahor
Fasllar ichida eng yoqimlisi bahor faslidir. Bahorda tabiat uygʻonadi.
Daraxtlar gullaydi, bahor gullari ochiladi. Eng chiroyli bayramlar boʻladi.
(18 soʻz)
Dostları ilə paylaş: |