5
Oʻquvchilarni toʻgʻri va chiroyli yozuvga oʻrgatishda
diktantlardan foydalanish
Diktant oʻquvchining savodxonligini tekshirishni va olingan bilimlarni
mustahkamlash maqsadida kundalik hamda koʻpgina oraliq nazorat shaklida
oʻtkaziladi.
Diktant oʻtkazishda oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini,
bilim
darajalarini hisobga olish, soddadan murakkabga
borish muhim ahamiyatga
egadir. Shuningdek, oʻquvchilarni oʻz-oʻzini tekshirishga oʻrgatish kerak.
Oʻquvchi diktant yozganda soʻzning harfiy ifodasini koʻrmay,
eshitish
orqali tovushlar majmuasini tasavvur etadi,
tovushlarni harflar bilan
almashtirib yozadi.
Bunda ruhiy va jismoniy jarayonlarning birgalikda mustahkamlanib
borishga imkon beradi. Shuning uchun ham diktant imlo oʻrgatishga oʻz
tabiatiga koʻra toʻla ahamiyatga egadir.
Diktant maqsadga koʻra ikki turga boʻlinadi.
Dostları ilə paylaş: