15
3-sinf
1. Maktab
Maktab – uyimiz kabi muqaddasdir. Oʻquvchilarning koʻp
vaqti
maktabda oʻtadi. Shunday ekan, maktabni toza va ozoda saqlash kerak.
Bolalar, maktabda odob saqlang. Ustozlaringizni, sinfdoshlaringizni
hurmat qiling.
Maktab hovlisini, sinfxonalarni iflos boʻlishiga yoʻl
qoʻymang. Maktab hovlisidagi daraxtlarni, gullarni parvarish qiling.
Oʻzingizni xulqingiz bilan kichiklarga oʻrnak boʻling.
(45 soʻz)
2. Samarqand
Samarqand – katta shahar. Shaharda koʻrkam binolar bor. Ular pishiq
gʻishtdan qurilgan.
Mustaqillik sharofati bilan katta-katta binolar qad koʻtardi. Shaharning
koʻrkam jamolini koʻrgan kishi xursand boʻladi.
Samarqand tarixiy yodgorliklarga boy shahardir.
Ayniqsa Registon
maydoni dunyoga juda mashhur. Chet ellardan keladigan sayyohlar
Registonni koʻrmasdan ketishmaydi.
(45 soʻz)
Dostları ilə paylaş: